Mavzu: Schyotlar haqida tushuncha. Buxgalteriya hisobining schyotlari va uning tuzilishi


Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi


Download 34.66 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi34.66 Kb.
#1408297
1   2   3   4
Bog'liq
Schyotlar haqida tushuncha.Buxgalteriya hisobining schyotlari va uning tuzilishi.

Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi 
Korxonalarda ko‘p miqdorda xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lib, xo‘jalik 
mablag‘lari doimo harakatda bo‘ladi. Korxonaga rahbarlik qilish uchun xo‘jalik 
mablag‘larining harakati to‘g‘risida umumlashgan ma’lumotlarni olish talab 
qilinadi. Bunday ma’lumotlarni balans yordamida olish mumkin emas. Shuning 
uchun bu maqsadda buxgalteriya hisobining schyotlari qo‘llaniladi. 
Buxgalteriya hisobi schyotlari– mol-mulkni uning tarkibi, joylashtirilishi va 
shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash 
hamda nazorat qilish usulidir. 
Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari yoki 
ularning manbalarining boshlang‘ich holati hisobga olinadi, keyingi bo‘ladigan 
joriy o‘zgarishlar o‘z vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada schyotlardan ayrim 
turdagi aktivlar yoki passivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni istalgan paytda olish 
mumkin bo‘ladi. 
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo‘lgan jadval 
shaklida bo‘ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi. Ushbu 
jadvalning chap qismi “Debet” (D-t), o‘ng qismi “Kredit” (K-T) deb ataladi. 
“Debet” va “Kredit” so‘zlari buxgalteriya hisobiga uning rivojlanish davri 
boshlanishida kiritilgan bo‘lib, bu so‘zlar XII asrlarda sotuvchi va bankir o‘rtasidagi 
hisob-kitob hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan. 
“Debet” so‘zi lotincha bo‘lib “u qarzdor”, “Credit” so‘zi esa “ishondi” degan 
ma’noni bildiradi.
Schyotning tashqi ko‘rinishi 
Schyotlarda mol-mulk va uning manbasining hisobot davri boshi hamda 
oxiridagi holati aks ettiriladi. Schyotlarga hisobot davrining boshiga ma’lumotlari 
buxgalteriya balansining aktiv va passiv qismlari moddalaridan olib yoziladi. Ushbu 
ma’lumotlar qoldiq yoki saldo deb ataladi. Ayrim hollarda ba’zi bir schyotlarda 
saldo bo‘lmasligi ham mumkin. Debet va kreditda aktiv yoki passsivlarning 
tarkibidagi o‘zgarishlar aks ettiriladi. Hisobot davri ichida schyotning debet qismida 
yozilgan summalar debet oborot, kredit qismiga yozilgan summalarni kredit oborot 
deb ataladi. 
Buxgalteriya hisobi schyotlarini turkumlashdan asosiy maqsad amalga 
oshirilgan xo‘jalik muomalalarini umumlashtirish, olinadigan ma’lumotlarni 
soddalashtirishdan iboratdir. Shu bilan birga mablag‘lar harakati yuzasidan nazorat 
ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishni ta’minlashdir. 
uxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy 
tuzilishini, uning xo‘jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab 
beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 - 
sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy 
standarti (21-BHMS) «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy - xo‘jalik 
faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ni 
tasdiqladi va u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 
oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi. 
Ushbu standart, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk 
shakllaridan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2004 yil 
1-yanvardan boshlab ijro etila boshladi. 
Ushbu schyotlar rejasini tizimga keltirilgan schyotlar ro‘yxati deb ta’riflash 
mumkin. 
Yangi schyotlar rejasi jami bo‘lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari 
schyotlardan iborat bo‘lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan.
Barcha schyotlar oltita qism bo‘yicha tizimga keltirilgan: 
I.
Uzoq muddatli aktivlar; 
II.
Joriy aktivlar; 
III.
Majburiyatlar; 
IV.
Joriy kapital; 
V.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi; 
VI.
Balansdan tashqari schyotlar. 
Birinchi to‘rt qism schyotlarining majburiyatlariga asosan moliyaviy 

hisobotning I-shakliga balans tuziladi. Beshinchi qism «Moliyaviy natijalarning 
shakllanishi va ishlatilishi» schyotlarning ma’lumotlariga asosan moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisobot ( 2- shakl ) tuziladi. 
Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo‘limda quyidagi tizimda keltirilib 
ko‘rsatilgan: 
1-bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar; 
2-bo‘lim. Tovar-moddiy zahiralar; 
3-bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar - joriy 
qismi; 
4-bo‘lim. Olinadigan schyotlar-joriy qismi; 

5-bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy 
aktivlar; 
6-bo‘lim. Joriy majburiyatlar; 
7-bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar; 
8-bo‘lim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar; 
9-bo‘lim. Daromadlar va xarajatlar. 
Birinchidan sakkizinchi bo‘limgacha bo‘lgan schyotlar balans tuzilishiga mos 
kelsa, 9-bo‘lim schyotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga mos 
keladi. 
Schyotlar rejasining birinchi qismi bir bo‘lim (1- bo‘lim) dan iborat bo‘lsa, 
ikkinchi qismi to‘rt bo‘lim (2, 3, 4, va 5)lardan, uchinchi qismi ikki (6 va 7) 
bo‘limlardan, to‘rtinchi qism bir (8-bo‘lim) bo‘limdan va beshinchi qism bir (9- 
bo‘lim) bo‘limdan iborat. 
Yangi schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo‘lib ko‘rsatilgan. 
Schyotlarni buxgalterlar tomonidan eslab qolishni osonlashtirish va 
axborotlarni avtomatlashtirish zaruriyati schyotlarga nomerlar berkitishni taqozo 
etadi. Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega. 
Schyotning nomi - bu tub ma’noda schyotning o‘zidir. Chunonchi, har bir shaxsning 
familiyasi, uning o‘zini ramzi bo‘lganidek, schyotning nomi o‘zini anglatadi. 
Schyotlar bilan ish olib borganda asosan ularning tayinlanishi va foydalanish 
tamoyillarini bilish zarur. Hisob subyektlari tomonidan qo‘llaniladigan 
schyotlarning to‘liq ro‘yxati schyotlar rejasidir. Ayrim subyektlar tomonidan 
qo‘llaniladigan schyotlar ro‘yxatida farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar rejasini 
taqozo etadi: birinchisi-namunali, qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasi
ikkinchisi-buxgalteriya hisobining ish schyotlar rejasi. Har bir korxona umumiy 
qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga asosan o‘z ish schyotlar rejasini 
tuzib olishlari kerak. Ish schyotlar rejasida tanlab olingan schyotlar miqdori xo‘jalik 
faoliyati turiga qarab barcha qo‘llaniladigan xo‘jalik muomalalari hisobini 
ta’minlashi kerak. 
Hisobning barcha subyektlari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga 
majbur. Schyotlar rejasida ko‘rsatilmagan schyotlarni qo‘llash faqat O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi

Download 34.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling