Mavzu: Seleksiya yutuqlari va ularning muhofaza hujjatlari


Download 89.56 Kb.
bet2/2
Sana10.12.2020
Hajmi89.56 Kb.
#163340
1   2
Bog'liq
Seleksiya yutuqlari

Seleksiya yutuqlari

Xorazm Ma'mun akademiyasining seleksioner olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida g'o'zaning yangi "Niyat" navi yaratilgan edi.

Ushbu nav tolasining texnologik ko'rsatkichlari O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi "Agrosanoat majmuida xizmat ko'rsatish markazi" unitar korxonasi laboratoriyasida tahlil qilindi.

Laboratoriyaga 2018 yilda yetishtirilgan paxta hosilidan tola namunalari yetkazib berildi. Paxta tolasi namunalari sifat ko'rsatkichlari laboratoriyada HVI tizimi orqali sinovdan o'tkazildi.

Tahlillarning ko'rsatishicha, ushbu yaratilgan yangi navlar tolasining sifati unga sanoat ishlab chiqarishi tomonidan qo'yilgan talablarga javob beradi. Niyat g'o'za navini 2019 yilda Xorazm viloyatining ayrim tumanlarida sinov sharti bilan ekishga ruxsat berildi.

Intellektual mulk agentligi tomonidan Ma'mun akademiyasiga NAP 00205-raqamli o'simlik navi uchun patent berildi, ushbu nav mualliflari D. Akkujin, Sh. Kadirov, I. Abdullaev, F. Jumaniyazov, U.Abduraximov, R. Masharipova, B. O'rinovlardan iborat.


2.1. Seleksiya yutug‘i uchun patent rasmiylashtirish


14.09.2017 yildagi O‘RQ-446-son Qonun bilan intellektual mulk obektlarini huquqiy muhofaza qilish va foydalanish sohasida ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Tuzatishlar e'lon qilingandan so‘ng yarim yildan keyin kuchga kiradi. Bu haqda Norma.uzxabar bermoqda.

Foydali model nima degani?

“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunga foydali model ta'rifi kiritildi. Bu har qanday sohada:

• mahsulotga (xususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlariga);

• usulga (moddiy vositalar yordamida moddiy obekt ustida xatti-harakatlarni amalga oshirish jarayoniga) taalluqli bo‘lgan texnik yechim.

Huquq egasi qanday belgilanadi?

Ilgari ish beruvchi va muallif o‘rtasida tuzilgan shartnomada xodim tomonidan o‘z xizmat vazifalarini yoki aniq topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratilgan sanoat mulki obektining patentiga bo‘lgan ish beruvchining huquqi nazarda tutilmagan bo‘lsa, u holda muallif talabnoma topshirish va patentni o‘z nomiga olishga haqli ekanligi belgilangan edi.

Tuzatishlar bilan muallif xuddi shunday tarzda yo‘l tutishga haqli bo‘lgan yana bir holat kiritildi. Agar shartnomada ish beruvchining patentga bo‘lgan huquqi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, biroq u yaratilgan sanoat mulki obekti to‘g‘risida muallif tomonidan yozma ravishda xabardor qilingan kundan e'tiboran 4 oy ichida patent berish haqidagi talabnomani topshirmasa, talabnomani topshirish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechmasa va tegishli obektni sir saqlash to‘g‘risida muallifga ma'lum qilmasa.

Ikkala vaziyatda ish beruvchi patent egasiga shartnomada belgilanadigan miqdorda tovon to‘lab, o‘z ishlab chiqarishida tegishli sanoat mulki obektidan foydalanishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi

Muallifga nima to‘lanishi lozim?

Patent egasi bo‘lmagan, o‘z xizmat vazifalarini yoki ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratilgan sanoat mulki obektining muallifi tegishli sanoat mulki obektidan foydalanilganligi yoxud unga oid litsenziya sotilganligi uchun haq olish huquqiga ega.

Sanoat mulki obektidan foydalanilganlik yoki unga oid litsenziyani sotganlik uchun tushayotgan mablag‘lar hisobidan to‘lanadigan haqning miqdori, uni to‘lash shartlari va tartibi muallif hamda ish beruvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilanadi.

Qanday patent haqiqiy emas?

Mavjud asoslarga qo‘shimcha ravishda, agar patentda patent egasi sifatida ko‘rsatilgan shaxsning patent olish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan bo‘lsa, sanoat mulki obektiga patent haqiqiy emas deb e'tirof etilishi mumkin.

Rasmiy ekspertiza va patent berish: qanday muddatlarda?

“Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonunda talabnomaning rasmiy ekspertizasini o‘tkazish va patentning o‘zini berish muddatlariga tuzatish kiritildi.

Belgilanishicha, talabnoma beruvchining iltimosnomasiga binoan rasmiy ekspertiza o‘rnatilgan 2 oy muddat tugashidan oldin boshlanishi mumkin. Bunda agar talabnomaning rasmiy ekspertizasi jarayonida talabnoma qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzgan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa, talabnoma beruvchiga tegishli bildirishnoma yuborilgan sanadan e'tiboran 3 oy muddat ichida yetishmayotgan yoki tuzatilgan hujjatlarni taqdim etish zarurligi to‘g‘risida bildirishnoma yuboriladi.

Patent berish muddati seleksiya yutug‘i ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar e'lon qilingan sanadan e'tiboran 6 oydan 10 ish kuni o‘tgachgacha qisqartirildi. Patent berilishiga e'tirozlar qabul qilinmaydi.

Seleksiya yutug‘i uchun patent qanday tiklanadi

Patentning amal qilishini saqlab turganlik uchun patent bojlari belgilangan muddatda to‘lanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan seleksiya yutug‘i patentining amal qilishi patent egasining iltimosnomasiga ko‘ra tiklanishi mumkin. U patentning amal qilishi tugatilgan sanadan e'tiboran 3 yil ichida, biroq patentning Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugaguniga qadar Intellektual mulk agentligiga (IMA) topshiriladi.

Iltimosnomaga patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdordagi patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

Seleksiya yutug‘i patentining amal qilish muddati tugatilgan sana bilan patentning amal qilishi tiklanganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar e'lon qilingan sana oralig‘idagi davrda seleksiya yutug‘idan foydalanishni boshlagan yoki buning uchun zarur tayyorgarlik ko‘rgan shaxs undan kelgusida bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi.

Muddatlar qanday hisoblanadi?

“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunda aniqlashtirilishicha, ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazish IMA tomonidan talabnoma berilgan sanadan e'tiboran 7 oy ichida, biroq kamida 6 oydan keyin o‘tkaziladi.

Quyidagi muddatlar ish kunida hisoblanadi:

tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun (3 ish kuni);

• tovar belgisiga doir guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma berish (10 ish kuni);

• hammaga ma'lum tovar belgisiga guvohnoma berish (10 ish kuni).




Download 89.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling