Mavzu; Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi. Reja


Download 86 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi86 Kb.
#1452945
  1   2
Bog'liq
Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi


Mavzu; Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi.
Reja;

1.Seminar mashg’uloti tipologiyasi.


2.Seminar mashg’ulotini tashkil etish va tayyorlanish.


3.Maruza


Turlari bo’yicha seminar mashg’ulotlarini taxlil qilish
Tayanch tushunchalar: o‘quv mashg‘uloti, seminar, seminar mashg‘ulotining turlari, amaliy mashg‘ulot, amaliy mashg‘ulotlarning turlari, laboratoriya mashg‘uloti, laboratoriya mashg‘ulotlarining turlari.
Seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish.Ta’limning seminar shakli qadimgi Yunon va Rim maktablarida paydo bo‘lgan. Keyinchalik G‘arbiy Yevropa universitetlarida rivojlantirilgan. Bu universitetlarda seminar asosan, talabalarning adabiyotlar, manba ustida ishlash vazifasini o‘tagan. XX asr boshlarida seminar mashg‘ulotlari talabalrning umumiy ilmiy duyoqarashani kengaytirishda, ularni muayyan fan, tarixidagi muhim muammo va tadqiqotlar bilan tanishtirishda katta rol o‘ynay boshlagan.
Ilmiy davrlarda ham olib borilgan tadqiqotning avtoreferati , hisobotlari, ilmiy ma’ruza va ocherklar ham seminar shaklida tashkil etiladigan anjumanlarda soha mutaxassislari e’tiboriga havola etiladi. Bu kabi seminarlarda, odatda, olimlar o‘rtasida ilmiy munozaralar tashkil etiladi. Masalan, 1874 yildan 1875 yilgacha Kiev-Mogilyan akademiyasida professori M.Avenariusius tashabbusi bilan seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar keng qo‘llanila boshlandi.

Seminar (lot. “seminarium” – 1) bilimlarni ko‘chirib o‘tkazish; 2) manba, maskan) – OTM tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlarining muhim shakllaridan biri


U o‘quv fani bo‘yicha dasturda belgilangan mavzu bo‘yicha talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida muhim, bir qadar murakkab masalalarning muhokamasini tashkil etish maqsadida o‘tkaziladi. Seminar mashg‘ulotlari chog‘ida talabalarning nazariy bilimlari boyiydi, ularda mustaqil fikrlash, axborotlarni izlash va tahlil qilish , bahs-munozaraga kirishish, muammo yuzasidan to‘g‘ri xulosalarga kelish, o‘z fikrini ilgari surish va uni himoya qilish qobiliyatlari rivojlanadi.

Seminar mashg‘ulotining maqsadi talabalarning chuqur bilim olishini ta’minlash, olgan bilimini real hayotda qo‘llashga o‘rgatishdan iborat. Shu sababli seminar mashg‘ulotlari talabalarni ta’lim jarayonida faol qatnashishga jalb etish imkoniyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Mashg‘ulot maqsadiga erishish uni tashkil etish jarayonida qator vazifalar hal etilishi lozim. Ular seminar mashg‘ulotining funktsiyalarida o‘z ifodasini topadi.


O‘quv mashg‘ulotining bu shakli muayyan funktsiyalarni bajaradi. Ya’ni:

nazariy ma’lumotlarni tartibga solish va mustahkamlash


mavjud bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;


amaliy hamda tadqiqot ko‘nikma, malakalarni rivojlantirish;


- talabalarningo‘quv-bilishfaoliyatininazoratqilish


Bu kabi mashg‘ulotlarda pedagog va talabalar o‘rtasidagi faol muloqot asosida mavjud nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay olish uchun talab qilinadigan zarur shart-sharoit ta’minlanadi.


Seminar (lot. seminarium — koʻchatxona; maktab) —1) oliy yoki oʻrta maxsus maktab talaba (oʻquvchi)larining muayyan nazariy kursni qanchalik oʻzlashtirganliklarini aniqlash usuli, mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirilgan oʻquv amaliyotining muhim turlaridan biri.
Talaba tomonidan bajarilgan referat, maʼruza, i.t.ning muhokamasidan iborat. S, albatta, mavzuni ilmiy tadqiq etgan professoroʻqituvchi yoki tegishli mutaxassislar rahbarligida amalga oshiriladi. Oʻquv predmeti harakteri, mashgʻulot maqsadi, oʻquv yurti yoʻnalishiga koʻra ayrim oʻziga xosliklar bilan universitet, institut hamda xalq xoʻjaligi sohalarida keng tarqalgan. Baʼzan maʼruzaga bogʻliq boʻlmagan holda, muayyan mavzudagi mustaqil taʼlim shakli sifatida ham oʻtkaziladi.
Taʼlimning S. shakli darslar, asosan, bahsmunozara tarzida uyushtiriladigan Yunoniston va Qad. Rim maktablarida vujudga kelgan. 17-asrdan boshlab Gʻarbiy Yevropa universitetlarida gumanitar yoʻnalishda oʻqiydigan talabalarning asl manbalar bilan ishlash usuli taʼlimning asosiy shakli sifatida qoʻllanilganligi S.ning taraqqiyoti va hozirgi shaklga kelishida muxim oʻrin tutadi.
Zamonaviy S.lar muayyan predmetni chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan. S. mashgʻulotlari davomida talaba (oʻquvchi)lar ilmiy ish yuritish tajribasi, oʻz xulosalarini ogʻzaki va yozma ravishda ifodalay olish hamda nuqtai nazarlarini asosli himoyalash malakasiga ega boʻladilar. Bu xil mashgʻulotlarning 3 turi mavjud: muayyan kursni chuqurlashtirib oʻrgatishga yoʻnaltirilgan S.; kurs doirasida asosiy va muhim hisoblangan mavzularni oʻrganishga qaratilgan S; ilmiy izlanishga yoʻnaltirilgan, maʼruza mavzusiga aloqador boʻlmagan seminar. S. mashgʻuloti oʻtkazishning asosiy shartlaridan biri barcha ishtirokchilar uchun mavzu yoki mutaxassislikka bogʻliq adabiyotlar, manbalar, arxiv materiallari va qoʻlyozmalardan foydalanishda birdek imkoniyat yaratilishidir. S. mavzulari tegishli professoroʻqituvchilar tomonidan tuzilib, kafedra majlisida tasdiqlanadi. S. mavzusini qiziqishlariga koʻra, talaba (oʻquvchi)larning oʻzlari tanlashlari mumkin. S. rahbari oʻtkaziladigan S.ning maqsadi, mavzumundarijasi, uning metodologik yoʻnalishini maʼruza, maʼruzasuhbatlar vositasida tushuntirib beradi. Undan keyin har bir mavzu boʻyicha aniq talablar belgilab beriladi, adabiyotlar roʻyxati ilova qilinadi. S rahbari esa bunda maslahatchi sifatida ishtirok etadi. S. mashgʻulotlarining mahsuli, odatda, referat boʻladi. Referatlar mashgʻulot davomida tinglanadi va muhokama etiladi. Referatlar mavzuga mos kelishi, metodologik asosi toʻgʻri boʻlishi, mantiqan izchil va aniq ifodalanishi, ilmiy xulosalar asosli hamda amaliyotga aloqador boʻlishi kerak. Muhokama jarayonini fikr almashuv tarzida, barcha savollarga javob topa olish imkonini beradigan darajada tashkil etish S. rahbarining asosiy vazifasidir. S. mavzulari keyinchalik talaba (oʻquvchi)larning kurs, diplom ishlari mavzusiga aylanadi. Ular hatto dissertatsiya mavzusi darajasigacha ham chiqishi mumkin; 2) muayyan agrotexnik tadbir boʻyicha oʻtkaziladigan maslahat yigʻilishi. Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligidagi biror agrotexnik tadbir boʻyicha paydo boʻlgan yangiliklarni tegishli mutaxassislarga tanishtirish maqsadida oʻtkaziladigan S.lar keng yoyilgan. Mas, chigit yoki bugdoy ekish, paxta yoki don hosilini yigʻib olish boʻyicha oʻtkaziladigan S.lar; 3) Oʻzbekistonda nomzodlik yoki drlik ilmiy darajasiga daʼvogarning tayyorgarligini sinab koʻrish uchun i.t. muassasasi va oliy oʻquv yurtlaridagi olimlarni oʻz ichiga oluvchi ilmiy tuzilma. Nazariy S deb ataladigan bu tuzilma majlisida daʼvogar oʻz dissertatsiyasidagi asosiy gʻoyani bayon etib beradi. S aʼzolari esa turli savollar bilan uning tayyorgarlik darajasini sinovdan oʻtkazadilar.
Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish.
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha seminar mashg‘ulotlarida ma’ruzada bayon qilingan nazariy bilimlarni mustahkamlash , fan bo‘yicha olingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va bilish qobiliyatlarini o‘stirish, nazariy o‘qitish jarayonida egallangan bilimlarning amaliyotga tadbiq etilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Seminar mashg‘ulotlari davomida o‘qituvchi va talaba o‘rtasida ikki tomonlama yaqin aloqa o‘rnatiladi, jonli suhbat olib boriladi , o‘zaro fikr almashish va turlicha qarashlarni ifoda etish jarayonida fanning xususiy masalalarini chuqur o‘rganish maqsadini amalga oshiradi. Bunda zamonaviy pedagogik texnologiyaning interfaol usullari qo‘l keladi. Bu usullar yordamida o‘tkazilgan seminar mashg‘ulotlaridan asosiy maqsad – talabalarning faol ishlashi va mustaqil fikrlashi , o‘z-o‘zini baholash va boshqa larning fikrlarini hurmat qilish , mustaqil ishlash hamda guruhda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Seminar mashguloti haqida tushuncha va uning asosiy vazifalari.


Seminar mashguloti – bu ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yonaltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun sharoitni ta’minlovchi, mashgulotni oqitish shaklidir.


Seminar mashguloti darslarini ikki turga ajratish mumkin. Bular ma’ruza darsi mavjud bolgan va ma’ruza darsi mavjud bolmagan fanlardan (masalan, chet tillar) otkaziladigan seminar mashgulotlari. Seminar mashguloti darslari fan dasturlari va ishchi dasturlari hamda kalendar tematik rejalariga qat’iy amal qilingan holda otkaziladi. Seminar mashgulotilarni otkazish boyicha zarur adabiyotlar royxati beriladi. Ma’ruza darsi mavjud bolgan seminar mashgulotilarda asosan ma’ruza darslarida otilgan materiallar mashqlar bajarish yordamida mustahkamlanadi.

Seminar mashguloti quyidagi maqsadlarga erishish uchun qollaniladi:


nazariy materialni tartibga solish.


konikmalarni hosil qilish.


bilimlarni nazorat qilish.


Ta’lim beruvchi seminar mashgulotini samarali otkazish uchun quyidagilarni hisobga olish zarur:


ozining tayyorgarligi, bunda savol va javob texnikasiga ega bolishi;


oquv guruhining holati: uning motivasiyasi, uning tashkil etish xususiyati;


oquv jarayonining texnik jihozlanishi.


Seminar mashguloti darslarida yangi pedagogik texnologiyalar yoki interaktiv usullardan foydalanish uchun imkoniyatlar katta boladi. Oqituvchi darsga kirib, tashkiliy ishlarni otkazadi. Xonaning darsga tayyorgarligi , doskaga yozish va ochirish vositalarining mavjudligi hamda talabalar davomati aniqlanadi. Darsda otiladigan mavzu e’lon qilinib, doskaga yozib qoyiladi. Otgan mavzuning asosiy mazmuni qisqacha bayon qilinib, yangi mavzu rejasi beriladi. Ma’ruza darslari mavjud bolgan fanlardan seminar mashguloti darslari albatta ma’ruza otilgandan keyin otkaziladi. Ma’ruzada otilgan materiallarning asosiy xulosalari tushuntiriladi, ma’ruza bilan seminar mashguloti boglanadi. Seminar mashgulotilar fanning, hattoki mavzularning xususiyatlaridan kelib chiqib, turli xil usullarda otkazilishi mumkin.


Seminar mashguloti darslarida savol javoblar ,diskussiyalar tashkil qilinadi, faol ishtirok etgan talabalar ragbatlantirilib ball qoyiladi. Seminar mashguloti darslarining qat’iy dastur boyicha sifatli otilishini, talabalar bilimining oz vaqtida baholanishini fandan ma’ruza olib boruvchi oqituvchi muntazam nazorat qilib borishi shart. Shuningdek amaliyot oqituvchisi bilan dastur bajarilishi, amaliyot darslarida nimalarga alohida e’tibor qaratilishi, ma’ruzada mavzularni qaysi qismlari kam yoki koproq yoritilganini va boshqa oquv-uslubiy masalalarda maslahatlashib , fikrlashib turishi lozim.
Ma’ruza darslari rejalashtirilmagan, faqat amaliy dars otkaziladigan fanlardan seminar mashgulotilar otkazishda nazariy bilimlar bilan amaliy mashqlar bajarish birgalikda olib boriladi. Dastlab mavzu boyicha nazariy bilimlar beriladi , oqituvchi misol va mashqlar bajarib korsatadi. Shundan song talabalar mustaqil mashqlar bajaradi. Oqituvchi talabalar bilimini baholab boradi. Amaliy darsni o`qituvchi xulosalab yakunlaydi.

Ozbekiston Respublikasida bugungi kunda olib borilayotgan chuqur islohatlar yosh avlodni har tomonlama aqliy, ahloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida kasb hunar kollejlari asosiy orinni egallaydi. Mamlakatimizda yosh avlodni soglom ruhda tarbiyalash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Hurmatli birinchi prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek «Kelajak avlod haqida qaygurish soglom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir». Yurtimizda soglom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, davlat siyosatining ustivor yonalishlaridan biri bolib, millat genafondini asrash, oilada, jamiyatda soglom turmush tarzini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kasb-hunar kollejlarida maxsus fanlar boyicha darslarning sifatini yaxshilash, darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish va ularni samaradorligini oshirish, sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, iqtidorli oquvchilarni tanlash hamda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash dolzarb masalalardan biridir.


O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov alohida ta’kidlaganlaridek,...biz mamlakatimizning istiqboli — yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bolib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotda nechoglik faol munosabatda bolishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bogliq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak». Shu sababli ham birinchi navbatda ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, koikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qluvchi-ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish goyasi kun tartibiga kondalang qilib qoyildi. Mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish va isloh etishga yonaltirilayotgan yillik xarajatlar YаIMning 10–12 foizini tashkil etayotgani va bu sohaning davlat budjeti xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ziyod ekani, bunday korsatkichlarni dunyoning boshqa davlatlarida kamdan-kam uchratish mumkinligi bugungi kunda BMT, YUNISEF, YUNESKO va boshqa nufuzli halqaro tashkilotlar tamonidan etirof etilmoqda.
Ma’ruza bilan birgalikda amaliy mashgulot ham oquv jarayonining muhim shakllariga kiradi. U ta’lim, tarbiya berish hamda nazariyani amaliyot bilan boglash funksiyasini bajaradi. Amaliy mashgulot atamasi pedagogikaga oid adabiyotlarda tor va keng ma’noda talqin etiladi. Amaliy mashgulot keng ma’noda seminar (uning barcha turlari), mashq, laboratoriya ishini umumiy holda ifodalanishidir. Seminar amaliy mashgulotning shakllaridan biri bolib: − ma’ruzada bayon qilingan nazariy qonun-qoidalarni mustahkamlash; − fan boyicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish; − talabalarni ilmiy tadqiqot, bilish qobiliyatlarini ostirish vazifalarini bajaradi.
Seminar darsi talabalarni bilim olishlari, uni puxta o’zlashtirishlari va olgan bilimlarini kelgusida real hayotda qollashni organishlarida alohida orin tutadi. Shuning uchun ham, seminar darsini qiziqarli, talabalarni faol qatnashishlarini ta’minlaydigan metodlarni qollab otish muhim ahamiyatga ega. Ma’ruzada odatda bayon qilish etakchi rol oynaydi. Talabalar ma’ruza tinglashda passiv rol oynaydilar. Seminar darsida esa talabalar faol bolishadi. Darsda turli metodlarni qollab, ularning faolligini ta’minlash imkoniyati keng. Ma’ruza darsi monolog tarzida bayon qilinsa, seminar darsi dialog asosida olib boriladi. Odatda, seminar darsida talabalarning bilimi, oz ustida ishlash darajasi aniqlanadi, nazorat qilinadi.
Seminar asosan oliy oquv yurtlarida, ilmiy togarak, anjumanlarda qollaniladi. Oquv jarayonini tashkil etishda seminar darslari alohida orin tutadi. Seminar oquv jarayonining talabalar bilimlarini mustahkamlashni ta’minlovchi, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qiluvchi shaklidir. Seminar mashgulotlarining maqsadi talabalarning chuqur bilim olishini ta’minlash, olgan bilimni real hayotda qollashga o`rgatishdir.

Buning uchun talaba olgan axborotlarini tahlil qilish, ilmiy-tadqiqot otkazish, taqqoslash, xulosa chiqarishni bilishi kerak.


Seminar darsining oldiga qoyilgan bosh maqsadga erishish uchun dars oldiga qoyilgan qator vazifalarni amalga oshirish kerak. Bu vazifalar seminar darslari bajaradigan funksiyalarda oz ifodasini topadi: − talabalarga professional ta’lim berish va tarbiyalash; − mustaqil ishlash malakasini ostirish; − mantiqiy fikrlashga orgatish; − nutqini ostirish, ilmiy munozaralar olib borishga orgatish; − mustaqil fikr yuritish va oz fikrini ortoqlashishga orgatish; − ortoqlari fikrini tanqidiy baholashga orgatish; − talabalar bilimini nazorat qilish va baholash; − nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan boglash. Inson xotirasi — bu bizning biokompyuterdir.
Odatda, yangi axborotni qabul qilar ekanmiz, avvalgi axborot qisman xotiradan kotariladi. Axborotlar nihoyatda xilma-xil bolib, inson har kuni oz hayotida qabul qiladigan axborotlar miqdori, ularni turlicha qabul qilinishi, xotirada saqlanib qolishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Psixologlarning fikricha, olingan axborot, 1-chizmada tasvirlangandek, goyoki filtrdan otib, saralanib, ma’lum bir jihatlari bilan ajralib turadiganlari xotirada saqlanar ekan. Aytib otganimizdek, olimlarning ilmiy tadqiqotlari shuni korsatadiki, oddiy inson odatda axborotlarni olgan manbasi, shakliga kora turli darajada ozlashtiradi. Chiz. 1. Olingan axborotning filtrdan otishi [3] Olingan axborot 1-chizmada goyo filtrdan otishi korsatilgan. Bu holda axborot qisqa muddat yodda saqlanadi. Qisqa muddat yodda qolgan bilim ikkinchi filtrdan otgach, shu bilimni yodda saqlash, foydalanish, takrorlash tufayli faol bilim zaxirasiga aylanadi. Bu bilimdan foydalanib, takrorlab turilmasa, sust bilim zaxirasiga aylanadi va bora-bora xotiradan kotariladi. Uni quyidagi 2-chizmada korish mumkin. Bulardan shunday xulosa chiqarish mumkin: talabalarning eng avvalo, oquv materialini ozlashtirishi, yodda qolishi uchun olinadigan axborotni iloji boricha eshitish va korish orqaligina emas, balki gapirish, oz faoliyatida sinab korish orqali yetkazish katta ahamiyatga ega. Bunga erishishning yoli seminar darslarini turli-tuman metodlar orqali olib borishdir. Aynan seminar darsida talabalar ma’ruza, kitob, jurnalva hokazolar orqali olgan axborotlari, bilimlarini tushungan holda gapirib berish, uni modellashtirish asosida sinab korish imkoniyatiga ega boladilar. Seminar darsini otkazishda qollanadigan uslublarturli-tuman bolib, u yoki bu uslubni tanlash, organilayotgan fanning xususiyatiga; otilayotgan mavzuga, seminar darsiga qoyilgan maqsadga, tanlangan uslubni qollash imkoniyatiga bogliq. Chiz. 2. Takrorlash Hozirgi paytda iqtisodiy fanlarni o’rganishda nisbatan keng qo’llaniladigan uslublardan: ekspress savol-javob, savollar tizimiga asoslangan muhokama, seminar mashg`uloti rejasi bo’yicha atroflicha suhbat, modellashtiruvchi o’yin, doklad va referatlarni muhokama qilish, masala, mashq, test echish va ularning natijasini muhokama qilish, munozara va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Seminar mavzusi ma’ruza mavzusi bilan bir xil bo’lishi shart emas. Ba’zan mavzudagi ayrim savollar ma’ruzada ko’rib chiqilsa, ayrimlarini seminarda muhokama qilish mumkin. Hozirgi paytda ma’ruzada ko’rilgan mavzu albatta, seminarda ham muhokama qilinadi. Lekin ma’lum sharoitda seminar darsi va uning mavzusiga boshqacha yondashish mumkin. Aytaylik, adabiyotlar, axborot manbalari mavjud bo’lsa, seminarda mustaqil o’rganilgan mavzuni muhokama qilish mumkin. Seminar darsini muvaffaqiyatli o’tkazish uchun asosiy va qo’shimcha adabiyotlarni sinchkovlik bilan o’rganish zarur. Adabiyotlarni o’rganish dars jarayonida talabalarning diqqatini qaratish lozim bo’lgan masalalarni alohida ajratish, mavzuni qaysi usul asosida o’rganishni rejalashtirish va darsga tayyor-lanish imkonini beradi. Savollarni murakkablashtirish hamda savollar tizimiga o’tish orqali mavzu mazmunini chuqur o’zlashtirish mumkin.
Bu esa savolni muhokama qilish jarayonida vujudga kelgan muammoli vaziyatni o’rganib, uni yechish imkoniyatini beradi. Masalan, iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima? — degan savol qo’yilgan. Bu holda talaba iqtisodiyot nazariyasi fanining bosh muammosi -resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish muammosi — deb javob berishi mumkin. Ana shu savolni aytaylik, quyidagicha savollar tizimi asosida ilgari surish mumkin: Iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima? Nima sababdan buni bosh muammo deb ataymiz? Sizningcha, iqtisodiyotda yana qanday muammolar bor? tarzida berish mumkin. Ana shu savollar tizimiga javob berish jarayonida talabalar iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish ekanligini, bunga sabab, iqtisodiyotdagi barcha masalalarni qamrab olishi ekanligi oydinlashadi. Ularga misol qilib, tanlash muammosini, har bir uy xojaligi, firma, davlat o’z oldiga qo’ygan maqsad va unga erishish muammosini va hokazolarni ko’rsatish mumkinki, ularning barchasi resurslarning cheklanganligi bilan bogliq.
Ma'ruza - "birgalikda" ilgari ishlab chiqilgan stsenariyga binoan intellektual va psixologik jihatdan mos keladigan ikki yoki undan ortiq o'qituvchi tomonidan o'tkazilishi mumkin. Ma'ruzaning muammoli masalalari bo'yicha turli xil qarashlarga ega bo'lgan o'qituvchilar muhokamada ishtirok etishadi, ularni faollashtiradi va ilmiy polemikaga namuna bo'lishadi. Ma'ruza-munozara, materialni taqdim etishda mantiqiy bo'limlar oralig'ida erkin fikr almashish tashkil etiladi. Bu o'quv jarayonini jonlantiradi, tinglovchilarning bilim faoliyatini faollashtiradi. MARUZA Ma'ruza-targibot. Kirish qismida ma'ruza mavzusi e'lon qilinadi va taqdim etilgan materialda xatolar mavjudligi haqida xabar beriladi (raqam nomlanmagan). Xatolar turli xil: mantiqiy, xulq-atvorli, tushunchalar, toifalarning ta'riflarida. Ma'ruza davomida barcha rejalashtirilgan xatolarni aniqlab, keyinroq e'lon qilish kerak
Ma'ruza - bu tadqiqot, umumiy bilim vazifasi ta'lim muammosini bir butun sifatida namoyish etish va ularni o'qituvchi bilan birgalikda yanada oshkor qilishni va izlanishni talab qiladigan asosiy masalalarni, mavzu qoidalarini aniqlashga yo'naltirilgan tarzda qo'yiladi. Yakuniy qismda nazorat savollari, mantiqiy va amaliy vazifalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir Teskari aloqa texnikasidan foydalangan holda ma'ruza, bunday ma'ruza paytida har bir talabada o'qituvchi kompyuteriga ulangan shaxsiy kompyuter bor deb faraz qilinib, dasturlashtirilgan o'qitish uchun maxsus jihozlangan o'quv xonalaridan foydalaniladi. Shunday qilib, u texnik vositalar yordamida barcha tinglovchilar guruhidan o'ziga berilgan savolga javob olish imkoniyatini qo'lga kiritadi. MARUZA Vizual ma'ruza o'qilmaydi, aksincha ko'rsatiladi. Bu holda o'qitishning asosiy usuli ravshanlikni namoyish etishdir. Disklardagi film, televidenie va videofilmlar, slaydlar, ma'lumotlar bloklari ma'ruzachi tomonidan izohlanadi
Ma'ruza tayyorlashning xususiyatlari: 1.Ma'ruzani tayyorlash. 2.Tayyorgarlik algoritmi bu ijodkorlik bosqichlari: dars kontseptsiyasi, ushbu kontseptsiyani ishlab chiqish, uni amalga oshirish 3.Ma'ruza mavzusi va maqsadi, mashg'ulot mazmunini aniqlash o'quv materialini tanlash, uni tahlil qilish va tuzish 4. Taqdimot metodologiyasini yaratish, ya'ni o'qitish usullari va uslublarini, ko'rgazmali vositalarni tanlash, muammoli masalalarni hal qilish usullarini aniqlash 5.Namoyish materiallarini tayyorlash va ularni darsda qanday ishlatish. 6.Nazariy qoidalarni aks ettiradigan yoki o'rganilayotgan qonunlar, hodisalar, jarayonlar va hokazolarning tez-tez namoyon bo'lish holatlarini namoyish etadigan misollarni tanlash.
Zamonaviy ma'ruzaga qo'yiladigan asosiy talablar: 1.ilmiy xarakter, 2.mavjudligi, 3.shakl va mazmun birligi, 4. taqdimotning hissiyligi, 5.boshqa mashg'ulotlar turlari bilan uzviy bog'liqlik, 6.kundalik hayot amaliyoti.
1.Amaldagi ma'ruza turining didaktik asosliligi va materialni taqdim etishning tegishli shakllari va usullari; 2. Ma'ruzaning tarkibiy tuzilgan tarkibi: reja, tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati, lekoning kirish, asosiy va yakuniy qismlari mavjudligi; tinglovchilar e'tiborini ma'ruzaning asosiy nuqtalari va suvlariga qaratish; an'anaviy pedagogikaning metodik metodikasi va yangi o'qitish usullarining oqilona kombinatsiyasi (muammo, dastur, kontekstli faoliyat va hk). 3. Taqdimotning izchilligi, dalili va asosliligi; 4.Stajyorlarning tayyorligini hisobga olgan holda materialning ravshanligi va qulayligi; 5.Taqdim etish tezligining talabalar tomonidan uni idrok etish va yozib olish imkoniyatlariga mosligi; Ma'ruza metodikasini baholash mezonlari
6. Talabalar fikrini faollashtirish usullaridan foydalanish; 7. Axborotni konsolidatsiya qilish usullaridan foydalanish (takrorlash, tushunishni tekshirish uchun savollarni kiritish, assimilyatsiya qilish va hk., Har bir savol oxirida, butun ma'ruza oxirida xulosa qilish); 8. Doskadagi yozuvlardan, korgazmali qurollardan foydalanish; 9. Ma'ruza paytida tarqatma materiallardan foydalanish; 10. Texnik o'quv qo'llanmalaridan foydalanish Ma'ruza metodikasini baholash mezonlari.
Ma'ruza va ma'ruzachiga qo’yiladigan pedagogik talablar . Ma'ruzani muvaffaqiyatli o'qish, ma'ruzani ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarini tadbiq etish, ko'p jihatdan ma'ruzachi va talabalar auditoriyasi o'rtasidagi muloqotga bog'liq bo'ladi.
Ma'ruzachi va talabalar o'rtasidagi muloqotni yuzaga keltirish uchun uchta guruh shartlari mavjuddir.
Birinchi guruh sharti ma'ruza mazmuni va tuzilishiga bog'liq bo'ladi. Bularga quyidagilar kiradi:
Ma'ruzalarga ularni o'tkazishga qat'iy talablar qo`yiladi:
1. Ma'ruzani mazmuni va tuzilishi aniq ishlab chiqilgan bo'lishi kerak.
2. Ma'ruza aniq reja asosida tashkil etilishi.
3. Ma'ruza ilmiy faktlar va ma'lum otlarga boy bo'lishi kerak.
4. Ma'ruzada fan-texnikaning eng so'nggi yangiliklari yoritilishi zarur.
5. Ma'ruza uchun materiallar chuqur o'rganilgan holda tanlanishi kerak.

Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling