Mavzu: Serstikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish Reja
Download 231.37 Kb.
|
1 2
Bog'liqSerstikatlashtirish. majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish
3.Sertifikatlashtirish sxemalari
Sertifikatlashtirish bo‘yicha ISO tarkibidagi qo‘mita tomonidan tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan sertifikatlashtirishning 9 ta sxemasi berilgan bo‘lib, respublikamizda ham aynan shu 9 ta sxema tatbiq etilgan.1 Birinchi sxema. Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari turlarini standartlar talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o‘tkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan namunalarning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xolos. Bu yo‘l o‘zining soddaligi va unga ko‘p xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va xalqaro savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan.Ikkinchi sxema. Bu sxemada, mahsulotning namuna turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra uning sifatini savdo shahobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baholash bilan seriyali chiqayotgan mahsulotning ham sifatini baholash imkonini beradi. Usulning afzalligi - uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar natijasiga qarab, agar mahsulot standart talablariga nomuvofiqligi aniqlansa, baribir uni savdo shahobchalaridan chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaydi yoki uni chiqarib tashlash uchun birmuncha qiyinchiliklar tug‘iladi. 1-6 va 9a-10a sxemalar seriyali ishlab chiqariladigan sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi; 7, 8, 9 sxemalar ishlab chiqariladigan buyumlar partiyasini yoki yagona nusxasini sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi; 1-sxemani mahsulotni chegaralangan hajmda sotish va ishlab chiqarishda qo‘llash tavsiya etiladi; 1a, 2a, 3a, 4a, 9a va 10a sxemalarni 1, 2, 3, 4, 9 va 10 sxemalarning o‘rniga qo‘llash tavsiya qilinadi, agarda sertifikatlovchi organ (idora)da tayyorlovchining mahsulot xarakteristikasining barqarorligini ta’minlash imkoniyati to‘g‘risida axboroti bo‘lmasa; sxema qat’iy sxema hisoblanadi. Ushbu sxema ishlab chiqariluvchi mahsulotning xarakteristikalariga oshirilgan talablar o‘rnatilgan hollarda qo‘llaniladi. 3 a, 4a va 5 sxemalardan ixtiyoriy sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishda foydalaniladi. 9-10a sxemalar xorijdagi sertifikatlashtirish tajribalari asosida yaqindagina kiritilgan. Agar, bayonotdagi sertifikatlashtirishdan tashqarida bo‘lgan hujjatlar bevosita va bilvosita ravishda mahsulotning o‘rnatilgan talablarga muvofiqlikni tasdiqlasa, u holda, sertifikatlovchi organ (idora) taqdim qilingan hujjatlar va muvofiqlik bayonoti asosida qo‘shimcha sinovlarni o‘tkazmasdan sertifikat berishi mumkin. Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati Asosiy adabiyotlar 1. Muxamedov B.E. Metrologiya, texnologik parametrlarni o‘lchash usullari va asboblari. Darslik. Toshkent. «O‘qituvchi», 1991. -250 b. 2. Ismatullayev P.R.va boshqalar. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Darslik. -T.: «O‘zbekiston», 2001. -360 b. 3. Ismatullayev P.R. va boshqalar. “Metrologiya asoslari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, «Fan va texnologiya», 2012. -250 b. 1 Abduvaliev A.A., Latipov V.B., Umarov A.S., Alimov M.N., va b. «Standartlashtirish, Metrologiya, Sertifikatlashtirish, Sifat.» - T.: SMSITI, 2008. - 267 b. Download 231.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling