Mavzu: Sertifikatlangan sifat tizimini mahsulotning hayotiy sikliga taʼsiri reja kirish
Download 0.78 Mb.
|
kurs ish2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-BOB . Sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish
- XULOSA ILOVALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
Mavzu: Sertifikatlangan sifat tizimini mahsulotning hayotiy sikliga taʼsiri REJA KIRISH 1-BOB. Sifatni boshqarishning uslubiy asoslari Sifatni boshqarish mexanizmi Sifatni boshqarish uchun shart-sharoitlar Sifatni boshqarish bosqichlari 2-BOB. Sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idoralariga qo‘yilgan talablar. Sifat menejmentini sertifikatlashtirishda ekspertauditorlarning vazifalari va ularga qo‘yilgan talablar. Sifat menejmentini sertifikatlashtirish bosqichlari XULOSA ILOVALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH O’zbekistonda keyingi yillarda barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari ta’minlanmoqda va hukumat tomonidan uni mustahkamlash borasida yangi ustuvor vazifalar belgilanmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo’lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir . Ma’lumki, har qanday davlat iqtisodiy muhitni tashkil etuvchi ma’lum bir institutlar doirasida faoliyat yuritadi va o’zgarib boradi. O’zbekistonda bosqichmabosqich amalga oshirilgan islohotlar jarayonida iqtisodiyotning yangi xo’jalik yurituvchi sub’ektlari – yirik aksiyadorlik jamiyatlari, xolding kompaniyalar va xususiy mulkchilikning turli shaklidagi korxonalar barpo etilmoqda. Shu bilan bir vaqtda ular faoliyat yuritishini belgilovchi me’yoriy hujjatlar (konstitutsiya, qonunlar, farmonlar va boshqalar)ni va norasmiy cheklovlarni o’z ichiga oluvchi institutsional muhit yaratilmoqda. Ana shu muhit jamiyatda mulkchilik, ishlab chiqarish va taqsimot munosabatlarini takomillashuviga, moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim: – ochiq iqtisodiyot, sog’lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; – iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini ko’paytirish; – iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlash; – “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; – valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; – iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro’yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash. Yuqorida keltirilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda iqtisodiy muhitni faollashtirish, faoliyat ko’rsatayotgan iqtisodiyotni rivojlantirish qonuniyatlarini belgilashning samarali vositasi zarur. Ana shunday vosita bo’lib tadbirkorlik sohasini, jumladan korxonalar iqtisodiyotini tashkil etish va ularni boshqarish hisoblanadi. Shuningdek, iqtisodiy jarayonlar takomillashib borayotgan xozirgi davrda zamonaviy mutaxassis keng qamrovli bilimlarga ega bo’lishi, nazariy bilimlarni amaliy vazifalar bilan bog’lay olishi va o’z tanlagan sohasi bo’yicha haqiqiy bilimdon bo’lishi lozim. Jumladan, bozor iqtisodiyotida samarali faoliyat ko’rsata oladigan va inqirozga qarshi boshqaruv ko’nikmalarini chuqur egallagan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash O’zbekistonning buyuk kelejak sari dadil odimlarini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan omillardan biri sanaladi. Bu oliy maqsadga erishish talabalardan o’z ustida tinmay ishlashni, nazariy va amaliy bilimlarni doimiy ravishda boyitib borishni, ishlab chiqarish iqtisodiyotini, uni oqilona tashkil etish va boshqarish ko’nikmalarini chuqur o’zlashtirishni talab qiladi. Тashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun maxsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiyiqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lib, menejment maqsadlarini belgilaydi. Тashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish ularni ijtimoiy ximoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta’minlash va axolining kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir. Mamlakatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to’g’risidagi Parlamentga Murojaatnomasida quyidagi asosiy maqsad va vazifalarni keltiradi: Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim: – ochiq iqtisodiyot, sog’lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; – iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini ko’paytirish; – iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlash; – “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; – valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; – iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro’yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling