Mavzu: Sertifikatlash va shu boradagi yangiliklar


Mahsulotni sertifikatlash


Download 42.12 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi42.12 Kb.
#1587409
1   2   3   4
Bog'liq
Metro2

Mahsulotni sertifikatlash


Sertifikatlashtirishning har bir turi, masalan: mahsulotni ixtiyoriy sertifikatlash va mahsulotni majburiy sertifikatlash muayyan sharoitlarda amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sertifikatlash, mahsulotning meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini, fuqarolarning salomatligi va xavfsizligini himoyalashni, atrof-muhitni himoya qilishni kafolatlaydigan asosiy vosita hisoblanadi.
Sertifikatlashni tashkil etish va o‘tkazish «O‘zstandart» agentligi tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan bir hil mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sertifikatlash davomida, mahsulotni talablarga muvofiqligini tasdiqlash ishlari amalga oshiriladi va bu, meʼyoriy hujjatlar bilan sertifaktlashtirishdan o‘tkaziladigan mahsulotlar uchun o‘rnatilgan talab bo‘lib, u, hususiyatlari (ko‘rsatkichlar) ro‘yxatini, sertifikatlash paytida tekshiruvdan o‘tkaziladigan, nazorat va sinov usullarini o‘z ichiga oladi.
Sertifikatlash davomida, muayyan mahsulot uchun o‘rnatilgan meʼyoriy hujjatlardan tashqari, mahsulotga majburiy talabni belgilovchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va MH tomonidan rasman nashr qilingan boshqa hujjatlarga ham amal qilish kerak bo‘ladi.
Sertifikatlashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
hayot uchun, inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar sotilishini nazorat qilish;
jahon bozorida mahsulotning raqobatdoshligini taʼminlash;
mahalliy va qo‘shma korxonalarning, tadbirkorlarning xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorligi uchun va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratish;
isteʼmolchilarni ishlab chiqaruvchining (sotuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) insofsizligidan himoya qilish;
ishlab chiqaruvchining (sotuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) arizasi asosida, mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlab berish.

Majburiy sertifikatlashni yuritish


Majburiy tarzda sertifikatlanadigan mahsulotlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122-sonli qarori).
Yuridik va jismoniy shaxslarning hayotiga, salomatligiga, mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish, ulardan foydalanish, transportirovka qilish yoki saqlash xavfsizligini taʼminlaydigan talablar mavjud bo‘lmagan holatlarda, «O‘zstandart» agentligi tegishli davlat organlari bilan birgalikda, bunday talablarni kechiktirmagan holda ishlab chiqilishini va amalga kiritishini taʼminlaydi.
Majburiy sertifikatlash, ishlab chiqarishni (seriyali sertifikatlashda)tekshirish, mahsulotning xarakteristikalari meʼyoriy hujjatlar talablariga javob berishi uchun sinovdan o‘tkazishni, sertifikatlangan mahsulotni tekshirish va nazorat qilishni o‘z ichiga oladi.

Download 42.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling