Mavzu: Sertifikatlashtirish tartibi. Sertifikatlashtirish sxemalari
Download 33.63 Kb.
|
Sertifikatlashtirish sxemalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi sxema
- Ikkinchi sxema
- Uchinchi sxema.
- To‘rtinchi sxema
- Beshinchi sxema
- Oltinchi sxema
2. Sertifikatlashtirish sxemalari
Sertifikatlashtirish sxemalari va ularning mohiyati Sertifikatlashtirish bo‘yicha ISO tarkibidagi qo‘mita tomonidan tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon amalga oshiradigan sertifikatlashtirishning sakkizta sxemasi berilgan bo‘lib, respublikamizda ham aynan shu sxemalar asosida va unga qo‘shimcha bitta, jami 9 ta sxema tatbiq etilgan. Birinchi sxema. Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari turlarini standartlar talablariga muvofiqligi maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o‘tkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan namunaning belgilangan talablargamuvofiqligi tasdiqlanadi, xolos. Bu yo‘l o‘zining soddaligi va unga ko‘p xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va xalqaro savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan. Ikkinchi sxema. Bu sxemada mahsulotning namuna turlari maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra uning sifatini savdo shoxobchalaridan vaqt-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baholash bilan birga seriyali chiqayotgan mahsulotning sifatini ham baholash imkonini beradi. Usulning afzalligi uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar natijasiga ko‘ra, agar mahsulot standart talablariga nomuvofiqligi aniqlansa, uni baribir savdo shoxobchalaridan chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaydi yoki uni chiqarib tashlash uchun birmuncha qiyinchiliklar tug‘iladi. Uchinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o‘tkazish, so‘ngra sotuvchi yoki iste’molchiga yubormasdan turib vaqt-vaqti bilan namunalarning tekshiruvini nazorat qilishga asoslanadi. Ikkinchi sxemadan farqli tomoni shuki, mahsulot savdo shoxobchalariga tushmasdan turib, sinov nazorati o‘tkaziladi va standartga nomuvofiqligi aniqlansa, mahsulotning iste’molchiga jo‘natilishi to‘xtatiladi. To‘rtinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini xuddi 1—3-sxemalardek sinovdan o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, so‘ngra savdo shoxobchasidagi hamda ishlab chiqarishdan olingan namunalarni tekshirish nazoratini vaqt-vaqti bilan o‘tkazish orqali mahsulotning sifati hisobga olinadi. Bu holda mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning chiqarilishiga ma’lum xarajatlar bo‘lgandan keyin standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanadi. Beshinchi sxema. Bu sxema mahsulot namuna turlarini tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o ‘tkazish va mahsulot ishlab chiqarishning sifatini baholashga asoslangan bo‘lib, savdo shoxobchasi va ishlab chiqarishda namunalar sifati vaqt-vaqti bilan tekshirilib nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli faqat mahsulotning sifatini nazorat qilibgina qolmay, balki korxonada chiqa riladigan mahsulot sifatining kerakli darajada bo‘lishini ham nazorat qiladi. Tabiiyki, korxonadagi mahsulot sifatini ta’minlashda, tizimning baholanishida uning mezonini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu usul sanoati rivojlangan mamlakatlar hamda xalqaro sertifikatlashtirish tizimlarida eng ko‘p tarqalgan sxemadir. 1—4-sxemalarga qaraganda bu sxema eng murakkab va nisbatan qimmatroq sxema bo‘lib, uning afzalligi — iste’molchi mahsulot sifat darajasining yuqori ekanligiga ishonch hosil qiladi, bu esa asosiy mezon hisoblanadi. Oltinchi sxema faqat korxonadagi mahsulotning sifatini ta’minlash bilan tizimning baholanishini o ‘tkazishga mo‘ljallangan. Bu usul ayrim vaqtda korxona-tayyorlovchini attestatsiyalash deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat korxonaning belgilangan sifat darajadagi mahsulotni chiqarish qobiliyati baholanadi. Download 33.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling