Mavzu: Servis xizmati yo’nalishi. Umumiy tushunchalar. Asbobo uskunalar va moslamalardan foydalanish. Reja


Asbob uskunalar va moslamalardan foydalanish


Download 179.09 Kb.
bet4/4
Sana08.04.2023
Hajmi179.09 Kb.
#1341887
1   2   3   4
Bog'liq
tmi

Asbob uskunalar va moslamalardan foydalanish
Mehnat vositalari - ishlab chiqarishda mehnat predmetiga taʼsir koʻrsatishda inson foydalanadigan vositalar. Mehnat vositalariga ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur boʻlgan hamma moddiy sharoitlar kiradi (mashina va uskunalar, asbob va moslamalar, korxona binosi, shu bino joylashgan yer, aloqa, yuk tashish vositalari va h. k.). Mehnat vositalaridan eng muhimi ishlab chiqarish qurollari boʻlib, ular mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar va boshqalardan iborat va Mehnat vositalari orasida hal qiluvchi oʻrinda turadi.
Yog‘ochlardan rejalash asboblaridan foydalanib buyumlar yasash Yog‘ochdan yasaladigan uy-ro‘zg‘or buyumlari turli xil bo‘lib, ulardan oshxona buyumlari, mehmonxona, yotoqxona hamda ro‘zg‘orda ishlatiladigan turli asboblar, esdalik uchun sovg‘alar va ramka yasaladi. Uy-ro‘zg‘or buyumlaridan har birini tayyorlashda uning bajariladigan vazifasiga qarab, qanday yog‘och turidan foydalanganda maqsadga muvofiqligi aniqlab olinadi. Unda, asosan, ishlatiladigan yog‘och materialining qattiqligi hamda undan tayyorlanadigan buyumdan foydalanish jarayonida ro‘y beradigan ta’sirlarga chidamlilik darajasi hisobga olinadi. Uy-ro‘zg‘or buyumlaridan rasm uchun ramkani tayyorlashda o‘rtacha qattiqlikdagi yog‘ochlardan foydalaniladi. Bu buyumni tayyorlash uchun yog‘ochni tanlash, unda rejalash chizmasini chizish, arralash, randalash, jilvirlab silliqlash va qismlarni biriktirish ishlari bajariladi. Ushbu ramka yon-atroflarini turli bezaklar bilan bezatiladi. Bunday ko‘rinishdagi ramkalarni oshxona devorlariga, yotoqxona va mehmonxona tokchalariga qo‘yish mumkin. Osib qo‘yishga mo‘ljallangan ramkalarning chetlari chiroyli gulli naqshlar yoki boshqa tasvirlar bilan bezatiladi. Tokchalar uchun mo‘ljallangan ramkalarga oyoqchalar, maxsus tirgaklar qo‘shib tayyorlanadi. Stanoklarning asosiy qismlari va vazifalari. Stanoklar tuzilishidagi umumiylik Yog‘ochga ishlov berish stanoklarining konstruksiyasi ularning bajaradigan ishiga bog‘liq. Ba’zi stanoklar yog‘ochni arralash uchun, yana biri randalash uchun, boshqalari parmalab, teshish va hokazolar uchun ishlatiladi. Biroq stanoklar tuzilishi jihatdan bir-biridan farq qilgani bilan, ularning konstruktiv elementlari bir xil vazifani bajaradi: staninalar, stollar yoki karetkalar detallar uchun baza bo‘lib xizmat qiladi, uzellari esa kesish asbobini mahkamlash va ish vaqtida asbob yoki zagotovkaga harakat uzatish uchun xizmat qiladi. Stanoklarning konstruksiyasini o‘zgartirish ularning elementlari konstruksiyasining prinsipial o‘zgarishiga hamma vaqt ham sabab bo‘lavermaydi. Shunga ko‘ra, stanoklarning qismlarini bilish yangi konstruksiyadagi stanoklar va avtomatik liniyalarni tez o‘zlashtirishga imkon beradi. Stanoklarning elementlari asosiy va yordamchi elementlarga ajratiladi. Asosiy elementlar jumlasiga staninalar, supportlar, ish organlari, surish mexanizmlari, yuritmalar, boshqarish organlari, tayanch va yo‘naltiruvchi qurilmalar, qisqichlar, siqish moslamalari va tirgaklar kiradi. Kesish asbobini charxlash, stanokni sozlash, rostlash va moylash, chiqindidan xalos qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalar yordamchi elementlar bo‘lib hisoblanadi. Ko‘pgina stanoklar stanok yoniga o‘rnatiladigan mexanizmlar – zagotovka bilan ta’minlab turuvchi va taxlash qurilmalari bilan jihozlanadi, biroq aytib o‘tilgan elementlar kompleksi bilan hamma stanoklar ham jihozlanavermaydi. Stanina stanokning asosi bo‘lib, barcha uzellar va detallar staninaga mahkamlanadi. Stanina stanokning ayrim elementlari o‘rtasida ta’sir kuchlarini, titrama yuklamalarni hamda ishlov berilayotgan material yuklamasini qabul qiladi. Staninalar quyib va payvandlab tayyorlangan bo‘ladi. Kesish asboblari aylanadigan stanoklarning ish organlari: shpindellari, pichoqlar va arralar o‘rnatiladigan vallari asboblarni mahkamlash va aylantirish uchun xizmat qiladi. Kesish asbobi ilgarilanma harakat qiladigan stanoklarda ish organ- 29 lari kesish asbobini mahkamlash, to‘g‘ri chiziqli kesish harakatini uzatish, to‘g‘ri yo‘nalishda surish uchun mo‘ljallangan. Xavfsizlik texnikasi qoidalari. Stanokni dastlabki mashqlarda faqat o‘qituvchining zarur tekshiruvlaridan keyin, uning ruxsati bilan, ya’ni nazorati ostida ishlatishga ruxsat beriladi. Bu qoidalarga stanokni boshqarish va unda xavfsiz ishlash ko‘nikmalarini mukammal o‘zlashtirgunga qadar qat’iy rioya qilish shart.
Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Servis xizmati asoslari

  2. Servis xizmati yo’nalishlari

  3. O’zbekistonda servis xizmati jadalligi

  4. Rejalash asboblari qaysilar

  5. Mehnat vositalari nima

  6. Servis xizmati boyicha amaliy malakalar

  7. Xizmat ko’rsatish sohasi qanday soha

Download 179.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling