Mavzu: shahar yo‘llarini saqlash va ta’mirlash. Reja
Download 0.7 Mb.
|
3 mavzu Шахар йўлларини таъмирлаш ва сақлаш1
MAVZU: SHAHAR YO‘LLARINI SAQLASH VA TA’MIRLASH. Reja: 1.Transport vositalarining yo‘l to‘shamasiga ta’siri 2.Shahar yo‘llari to‘shamalaridagi deformatsiya turlari 3.Shahar yo‘llarini saqlash va ta’mirlash turlari 4.Shahar yo‘llarida qishki mavsumda bajariladigan tadbirlar 5.Shahar hududida transport shovqiniga qarshi chora tadbirlar. Shahar ko‘chalari va yo‘llarining mustahkamligi va turg‘unligi, asosan undagi suv issiqlik rejimiga bog‘liq. Suv issiqlik holati deb, yo‘l poyini turli nuqtalarida temperatura va namlikni davriy o‘zgarishlariga aytiladi. Suv issiqlik rejimi yo‘l iqlim zonalari xususiyatlariga qarab farqlanibgina qolmay avtomobil yo‘llarining joylashuvi, ya’ni yo‘l poyi konstruksiyalari ko‘ratma yoki o‘ymadan o‘tishga atmosfera yog‘inlariga, muzlash chuqurligiga va boshqa faktorlarga bog‘liq, agar bu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi chegaradan o‘tsa, yo‘l poyi o‘z mustahkamligini va turg‘unligini yo‘qotadi, u holda keskin havo temperaturaning o‘zgarishi va namlikni ortishi suniy inshootlarni qurish zarurligini ko‘rsatadi. Atmosfera yog‘inlari yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘lib, silliq va suv o‘tkazmaydigan qoplamadan yo‘l yoqasiga oqib, so‘ng yon qiyalik yon ariqlarga tushadi. Agar yomg‘ir jadal yog‘sa yo‘l yoqasi va yon qiyaliklarni yuvib, yon ariqlardan toshib oqadi va yo‘l poyiga shimiladi. Quyosh ta’sirida gruntga shimilgan suvlar yuqoriga qarab harakatlanadi, bu esa o‘z navbatida yo‘l poyini ko‘tarilishiga, to‘shamani buzilishiga sabab bo‘ladi. Iqlim va ob-havo tabiat faktorlarining asosiy qismi bo‘lib, yo‘lning transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga, avtomobillarning harakat rejimi va harakat xavfsizligiga hamda ularning ishlash qobiliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shahar ko‘cha yo‘lari turli xil ta’sirlar va tabiiy omillar ostida ishlaydi. Bu ta’sir etuvchilar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi. 1. Yo‘l poyi va to‘shamasini mustahkamlik va xizmat muddatiga ta’siri; 2. Yo‘lning qoplama yuzasida bo‘ladigan o‘zgarishlari, g‘ildirak bilan qoplamani ilashish xususiyatlarini pasayishiga olib keladi. To‘shama konstruksiyalariga ta’sir etuvchi asosiy namliklar: -Atmosfera suvlari, qoplama yoriqlari, yo‘l yoqasiga singadigan, qatnov qismi va yo‘l yoqasi birlashadigan yerlarida; -qoplama usti, kyuvetlarda turib qoladigan suvlar; -yer osti suvlari, ayniqsa yer yuzasiga yaqin suvlar; -bug‘ shaklidagi, issiq qatlamlardan sovuq qatlamlarga o‘tib yuruvchi suvlar. Yo‘l poyining mustahkamligi va turg‘unligi, asosan undagi suv issiqlik rejimiga bog‘liq. Suv issiqlik holati deb, yo‘l poyini turli nuqtalarida temperatura va namlikni davriy o‘zgarishlariga aytiladi. Suv issiqlik rejimi yo‘l iqlim zonalari xususiyatlariga qarab farqlanibgina qolmay avtomobil yo‘llarining joylashuvi, ya’ni yo‘l poyi konstruksiyalari ko‘tarma yoki o‘ymadan o‘tishga atmosfera yog‘inlariga, muzlash chuqurligiga va boshqa faktorlarga bog‘liq, agar bu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi chegaradan o‘tsa, yo‘l poyi o‘z mustahkamligini va turg‘unligini yo‘qotadi, u holda keskin havo temperaturaning o‘zgarishi va namlikni ortishi sun’iy inshootlarni qurish zarurligini ko‘rsatadi. Atmosfera yog‘inlari yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘lib, suv o‘tkazmaydigan qoplamadan yo‘l yoqasiga oqib, so‘ng yon qiyalik yon ariqlarga tushadi. Agar yomg‘ir jadal yog‘sa yo‘l yoqasi va yon qiyaliklarni yuvib, yon ariqlardan toshib oqadi va yo‘l poyiga shimiladi, yo‘l poyini va to‘shamasini namligini oshiradi. Bo‘ylama qiyaligi bo‘lgan yo‘llarda oqimni ta’siri kuchayishi evaziga yo‘l to‘shamasining cheti va yo‘l yoqasining yuvilishi, ulardan suv oqib o‘tgan joylarda ko‘tarmani yuvilishi ro‘y beradi. Quyosh ta’sirida gruntga shimilgan suvlar yuqoriga qarab harakatlanadi, bu esa o‘z navbatida yo‘l poyini ko‘tarilishiga, to‘shamani buzilishiga sabab bo‘ladi. Yo‘l poyi va to‘shamasini yuzasi mustahkamlanadi va suv qochiruvchi ariqlar quriladi. O‘ymalarda suv atrof joylardan oqib keladi, bu yo‘l yoqasini yuvib, surilish hosil qilishi mumkin. Qish vaqtida grunt g‘ovagini to‘ldiruvchi suv muzlaganida hajmi oshadi va yo‘l poyini shishiradi, bu holat yo‘l poyida muzlashdan ko‘pchish, erigandan so‘ng buzilishlarni yuzaga keltiradi. Yo‘l poyi gruntini muzlashdan ko‘pchishi yoki hajmini ruxsat berilgandan oshishi yo‘l to‘shamasini buzilishiga olib keladi. Yo‘l poyini yuqori qismi gruntini namlanishi suv o‘tkazmaydigan yo‘l to‘shamasini pastki yuzasida kondensatsiyadanadigan bug‘ holatdagi suv bilan namlanishlarni yuzaga keltiradi. Muzlash darajasi chuqur bo‘lgan joylarda yo‘l to‘shamasining ko‘tarilib qolishiga olib keladi. Yo‘l to‘shamasining kapilyar va kondensatsiyalangan suvlar bilan namlanishdan saqlash va yo‘l poyi turg‘unligini ta’minlash uchun unga bug‘ va suv o‘tkazmaydigan qatlam quriladi. Organik material bilan ishlangan yoki sintetik materiallar ko‘rinishidagi qatlamlar suvni kapilyarlar orqali ko‘tarilishiga va yo‘l poyini yuqori qatlamida hamda yo‘l to‘shamasida yig‘ilishiga qarshilik qiladi. Yo‘l to‘shamasini suv-isssiqlik tartibini yaxshilashga qaratilgan ishlar yo‘l to‘shamasini qurish davrida amalga oshiriladi. Masalan: drenaj, issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam va boshqalar. Suv qochiruvchi inshootlar asosan quritish va yo‘l to‘shamasini suv-issiqlik tartibini yaxshilashga mo‘ljallangan, poyini qurib bo‘lgandan so‘ng yo‘l to‘shamasini qurilishida quriladi. Ularga drenaj va issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam, shuningdek qumli drenajli qatlamni quritish uchun drenajlar kiradi. Qoplama mustahkamligi yo‘l qoplamasining ravonligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, harakat tezligining ta’minlanishiga va transporti vositalarinidan foydalanish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qoplamada asta-sekin mustaxkamlik pasayishi sababli qoplamada har xil deformatsiya va buzilishlar paydo bo‘ladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling