Mavzu: shahar yo‘llarini saqlash va ta’mirlash. Reja


Download 0.7 Mb.
bet3/3
Sana12.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1265271
1   2   3
Bog'liq
3 mavzu Шахар йўлларини таъмирлаш ва сақлаш1

Siljishlarnotekisliklardan tashkil topib, to‘shama asosi pishiq bo‘lib, kuch ta’sirida qoplamani surilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunday holatlar transport harakatini to‘satdan tormoz berish natijasida (bekat, chorraha, tutashmalarda) ko‘proq hosil bo‘ladi.
Tarnovsimon izlar- transport vositalarini bir izdan ko‘p o‘tib harakatlanishi natijasida hosil bo‘ladi.
Buzilishlar – yo‘l to‘shamalarini yaxlit holda ko‘rilganida unda yoriqlar, chekkalarning bo‘laklanishi, qoplamadagi yoriqlardan sodir bo‘ladi.
Doimo muzlaydigan tumanlarda yo‘l poyi va yo‘l to‘shamasini buzuvchi muzlashlar hosil bo‘ladi. Tekis va uncha baland bo‘lmagan joylarda yog‘in miqdori ko‘p bo‘lganda, quvurlarni olib ketish, ko‘priklarni buzilishi va uni oldida yo‘l poyini yuvilishi mumkin. Yo‘l poyini bunday buzilishga qarshi turish mahsus inshootlarni (selni yo‘nalturuvchi, oqimni bo‘luvchi, ko‘chkiga qarshi, muz surilishiga qarshi va boshqa inshootlar) qurish bilan amalga oshiriladi.
Yo‘l to‘shamasining pastki qatlamlarida bog‘lanmagan yoki kam bog‘langan materiallar bo‘lganligi uchun grunt asosida deformatsiyalar yig‘ilib yo‘l to‘shamasida buzilishlarni yuzaga keladi.
Deformatsiyalarni paydo bo‘lishida TV g‘ildiragidan tushadigan og‘irlik va ob-havo faktorlarining (temperatura va namlik) ta’sir kuchlari hisobidandir. Avtomobil yo‘lining ekspluatatsiya davrida mayda deformatsiyalar va ularni o‘zgarishlari ko‘rinmaydi. Deformatsiyalarni o‘z vaqtida aniqlash uchun yo‘l to‘shamasini mustahkamligini aniqlash bo‘yicha profilaktik nazoratlar o‘tkazish kerak.
Yo‘ldan foydalanishda harakat qatnovi tufayli notekis yedirilishlar sodir bo‘ladi, bu yedirilish harakat tezligiga uzviy bog‘liqdir.
Shahar ko‘chalari – yil davomida yo‘l inshootlarining konstruktiv elementlarini hamda yo‘l uchun ajratilgan ko‘chalarni yaroqli holatda saqlash – muntazam qarovni va nazoratni amalga oshirishda yo‘lning standart talablari ko‘rsatkichlarini takomillashtirish va ushlab turishdan iboratdir.
Shahar yo‘llari – transport vositalarining uzluksiz va xavfsiz harakatlarini va quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni ta’minlashi lozim.
Kunduzi va kechasi transport harakatiga standartda belgilangan sharoitni yaratish hamda yil davomida transport harakatini uzluksizligini ta’minlab berish.
Avtomobil’ yo‘llarini yuqorida aks ettirilgan holatda ushlab turish uchun ekspluatatsiya jarayonida saqlash ishlari quyidagi kompleks vazifalarni o‘z ichiga oladi:

  • yo‘l inshootlarini muntazam nazorat qilib turish va ularni quriqlash;

  • yo‘l inshootlari holatini toza saqlash;

  • yo‘l davomida yo‘lning barcha inshootlarida sodir bo‘lgan jory nuqsonlarni tezda bartaraf etish;

  • shahar ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish va uni saqlab turishni muntazam nazorat qilish;

  • yo‘ldan o‘tuvchilar uchun harakat xavfsizligi va qulaylikni ta’minlash;

  • yo‘l inshootlarining xizmat qilish sharoitini o‘rganish va tahlil qilish.

Shahar yo‘llarida yo‘l to‘shamasi va qoplamasini saqlash va quyidagi ishlar bajariladi:

  • yo‘l qoplamasini doimiy ravishda changdan, loydan, qordan,muzdan tozalash, qoplamaning yemirilishdan hosil bo‘lgan qoldiqlarni yig‘ishtirish va changsizlashtirish hamda qoplamada buzilish natijasida sodir bo‘lgan nuqsonlarni bartaraf etish;

  • qatnov qismidagi muzgarchilik va sirpanchiqni qum va boshqa muzgarchilikka qarshi aralashmalar sepib bartaraf qilish;

  • ayrim dformatsiyalangan va bo‘shliqlar hosil bo‘lib turuvchi hamda ko‘pchish xavfi bo‘lgan yo‘l bo‘laklarida qarovni amalga oshirish (vaqtinchalik to‘siqlar o‘rnatish va qatnovni yopiq shitlar, taxtalar va boshqa buyumlardan foydalangan xolda harakatni tashkil etish, zarur bo‘lganda ularni yig‘ishtirish) yo‘lda hosil bo‘lgan o‘yiq va yoriqlarni ochish va to‘ldirish.

Saqlash ishlarining hajmi va texnologiyasi yil fasliga va yo‘l to‘shamasi konstrukg‘iyasiga bog‘liq. Eng ma’suliyatli va qiyin ishlar bahor faslmda uchraydi, chunki bu vaqtda yo‘l to‘shamasida har xil deformag‘iyalar sodir bo‘ladi.
Saqlash ishlari yil moboynida avtomobilq yo‘llaridagi barcha elementlar – sun’iy inshootlar, yo‘lning qatnov qismi, tuproq ko‘tarmasi va avtomobmlq yo‘llari mintaqasi, ko‘cha va aerodromlar uchun juda keng ma’noga ega bo‘lib, odatda ikki guruhga bo‘linadi:
Bahor, yoz va kuzgi davr – bunda avtobus bekatlari va povilqonlarni yuvish, supurish hamda qoplama chang bo‘lishining oldini olish; yo‘l inshootlari va belgilarini oqlash, yo‘l to‘siqlari, belgidari tozalash va yuvish; ariqlar, yon ariqchalar (kyuvet), g‘ement ariqlar (lotok), suv o‘tkazuvchi quvurlar va yo‘l o‘tkazgichlari, ko‘priklarning tayanch qismlari va yo‘llarni tozalash va yuvish; qaytarish yo‘llari ajratuvchi yo‘llar, yo‘l chekkasi hamda chiqindi bilan to‘lgan qiyaliklarni tozalash; qiyalik hamda qaytarish yo‘llaridagi o‘tlarni o‘rish va tekislash, buta va mayda butalarni qirqish; qirqilgan buta va mayda o‘tloqlarni qayta ishlash, keraksiz o‘simliklarga qarshi kimyoviy kurashish vositalaridan foydalanish, daraxtlarga suv quyish va shox shabbalarni qirqib turish hamda daraxtlarni oqlash, kam hajmli mayda ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida bartaraf etish va h.k.
Shahar ko‘chalari va yo‘llarida qishki mavsumda avtomobil yo‘llarini saqlash ishlari yo‘lchilarga katta ma’suliyat yuklaydi. Umumshahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalar va yo‘llarida sirpanchiqlikni bartaraf etish va qordan tozalash uchun bir qancha o‘nlab maxsus texnikalar, shu bilan birga, minglab tonna qum-tuz aralashmasi va o‘nlab tonna tuz ishlatiladi.
Qishki saqlash ishlarining asosiy maqsadi qorni o‘z vaqtida tozalash yo‘li bilan, transport vositalarining bir maromdagi tezlik bilan uzluksiz xarakatini ta’minlash, yo‘l va yo‘l inshootlarini saqlashni ta’minlochi sharoitlarni yaratishdir.
Qishki qarov ishlariga quyidagilar kiradi:

  • yo‘lni qor qatlamidan saqlash va uni qordan tozalash;

  • qishki sirpanchiqlik va muzlashning oldini olish;

  • piyodalar yo‘lkalari va maydonlarini qordan tozalash

Bu tadbirlarni amalga oshirishda quyidagi ko‘rsatkichlarni inobatga olish lozim:

  • qor va muzdan tozalanadigan yo‘lning kengligi;

  • yo‘l yuzasidagi yumshoq qorning qalinligi;

  • qor yog‘ishi va qor bo‘roni boshlanishidan oldin qor tozalash mashinalarining o‘tish oralig‘i;

  • qatnov qismi va yo‘l chekkasida zichlangan qorning qalinligi;

  • yo‘lni qordan tozalash muddati.

Qishki saqlash ishlarini tashkil qilish ishchi kuchi, energiya va mashina resurslari, pul resurslariga bog‘liq bo‘lib, o‘z navbatida unga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Bular tabiiy-iqlim, loyiha-qurilish va ekspluatag‘iya omillaridir.
Bu omillar: qor qalinligi, shamolning tezligi, qor yog‘ish kunlari soni, havo harorati, dengiz sathidan balandligi va boshqa axborotlar asosida qishki sirpanchiqlik kunlari sonini statistik usullardan foydalangan holda aniqlash mumkin. Bu esa qishki mavsumda sirpanchiqlikni bartaraf etish uchun ishlatiladigan me’yoriy tuz va qum miqdorini aniqlash imkoniyatini beradi.
Maydalangan materiallarni sepish choralarida, muz yoki muz qor qatlam yuzasiga qum, mayda shag‘al, chaqilgan tosh, mayda tosh chiqindilari, shlak va boshqa, o‘lchamlari 5-6 mm dan katta bo‘lmagan qirrali materiallar sepiladi. Sepish maxsus qum sepuvchi va boshqa mashinalarda bajariladi. Qumning me’yoriy sarfi xavfsiz qoplama yo‘l bo‘laklari uchun 200 dan 700 g/m2 gacha yoki 1000 m2 qoplamaga taxminan 0.3-0.4 m3, xavfli pastga tushish, chorraha, kichik radiusli burilish va x.k. larga me’yoriy sarf ikki barobar oshiriladi.
Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling