Мавзу: шахс социал муносабатлар маҳсули сифатида. Социализация жараёнлари. Режа


Download 30.21 Kb.
bet4/5
Sana18.03.2023
Hajmi30.21 Kb.
#1282606
1   2   3   4   5
Bog'liq
шахс

Madaniyat; Sotsial muhit; Insonni o‘rab turgan guruh, insonlar, madaniyat, urf-odat, din, iqtisodiy holat va b. nazarda tutiladi. Eng avvalo shuni aytish lozimki, ma’lum madaniy tajriba butun insoniyat uchun umumiy hisoblanadi va u yoki bu jamiyatning rivojlanishining qay darajasida turganligiga bog‘liq emas. Masalan, har bir bola yoshi bo‘yicha o‘zidan katta kishilardan ovqat oladi, til orqali muloqot qilishga o‘rganadi, jazo va mukofot qo‘llash tufayli tajribaga ega bo‘ladi va hamda bir qancha boshqa umumiyroq madaniyat namunalarini o‘zlashtiradi. Shu bilan birga har bir jamiyat amalda o‘zining hamma a’zolariga ma’lum o‘ziga xos tajriba, boshqa jamiyat bera olmaydigan muhim madaniyat namunalarini hadya etadi. Mazkur jamiyatning hamma a’zolari uchun bir xil sotsial tajribadan o‘sha jamiyatning ko‘p a’zolari uchun xos bo‘lgan shaxs qiyofasi paydo bo‘ladi. Masalan, musulmon madaniyati sharoitlarida shakllangan shaxs xristian davlatida tarbiyalangan shaxsga nisbatan boshqa xususiyatlarga ega bo‘ladi. Amerikalik tadqiqotchi K.Dyuboys shaxsni mavjud jamiyat uchun umumiy xususiyatga ega modallik deb atadi.(“ moda” statistika terminidan olingan uzunlikni bildiradi, u ob’ekt parometrlari qatorida ko‘p uchraydi). Modal shaxs deganda Dyuboys butun jamiyat madaniyatiga xos bir qancha fazilatlarga ega bo‘lgan ko‘p uchraydigan shaxs tipini tushunadi. Shunday qilib, har bir jamiyatda o‘rtacha rasm bo‘lib qolgan xususiyatga ega shaxslarni topish mumkin. Modal shaxs o‘zida madaniy tajriba davomida jamiyat o‘zining a’zolariga singdirgan hamma umummadaniy qadriyatlarni mujassamlashtiradi. Bu qadriyatlar ko‘proq yoki ozroq darajada mazkur jamiyatning har bir shaxsida mavjud bo‘ladi.
Guruhiy tajriba;Insonning biror guruh a’zosi sifatida oladigan tajribasi tushuniladi.
Individual tajriba deyilganda kishining o‘z hoxish irodasi, intilishi qiziqishi orqali egallaydigan hayotiy tajribasi nazarda tutiladi.
Sotsializatsiya so‘zi ijtimoiylashuv ma’nosini anglatadi. Sotsializatsiya jarayoni insonning jamiyatga qo‘shilishi uchun jamiyatda mavjud bo‘lgan va shakllangan hatti-xarakatlar, me’yorlar, qadriyatlar, madaniyat, din, tarbiya, bilim va malakalarni, urf-odatlarni o‘ziga singdirib borishi va o‘zlashtirishiga aytiladi. Sotsializatsiya murakkab jarayon hisoblanadi va insonning butun umri davomida sodir bo‘ladi.Bu jarayon 2 davrga bo‘linadi:
1.
Download 30.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling