Мавзу: шахс социал муносабатлар маҳсули сифатида. Социализация жараёнлари. Режа
Download 30.21 Kb.
|
шахс
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsning sotsial sifatlari
МАВЗУ: ШАХС СОЦИАЛ МУНОСАБАТЛАР МАҲСУЛИ СИФАТИДА.СОЦИАЛИЗАЦИЯ ЖАРАЁНЛАРИ. Режа: Шахс тушунчаси. Шахснинг ижтимоий мавқеи, манфаати ва ижтимоий роли. Шахснинг ижтимоийлашуви. Sotsial o‘zaro ta’sir va munosabatlarning birlamchi agenti bo‘lib shaxs hisoblanadi. Shaxsning kim ekanligini bilish uchun “inson”, “individ”, “shaxs” tushunchalarining chegaralarini aniqlab olish kerak bo‘ladi. “Inson” tushunchasi hamma kishilarga xos bo‘lgan umumiy sifat va qobiliyatlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu tushuncha dunyoda inson zoti deb atalmish shunday o‘ziga xos tarixiy jamoa mavjudligini anglatadi. Bu insoniyat qolgan hamma moddiy sistemalardan o‘ziga xos hayotiy faoliyat usuli bilan farq qiladi. Insoniyat o‘ziga xos moddiy reallik sifatida mavjud bo‘ladi. Ammo insoniyat bu kabi yashay olmaydi. Konkret odamlar yashaydi va harakat qioadi. Insoniyatning konkret vakillarining bo‘lishi individ tushunchasi orqali ifodalanadi. Individ – bu insoniyatning hamma sotsial va psixologik xususiyatlari: aqd, idrok, ehtiyojlar va boshqalarning konkret tashuvchisi, insoniyat urug‘ining yagona vakilidir. Bu holatda individ tushunchasi “konkret kishi” ma’nosida ishlatiladi. Shaxs – insonning nisbatan ijtimoiy-tarixiy va ontogenenitik rivojlanishining mahsuli, maxsus insoniy tuzilma. Insonning biologik tabiati uning sotsial dunyosining rivojlanish bazasidir. Insonning ongi ham, insonning ehtiyojlari ham ijtimoiy munosabatlar orqali yaratiladi, bu individning tug‘ilganidan boshlanib va to o‘limigacha davom etadi. Bundan kelib chiqib, shaxsni individning boshqa kishilar bilan bevosita va bilvosita o‘zaro ta’siri jarayonida jamlanadigan va o‘z navbatida uni mehnatning, anglashning va muloqotning sub’ektiga aylantiradigan individning sotsial xususiyati, unda yaxlitlangan sotsial ahamiyatli xususiyatlarning majmuidir deb ta’riflash mumkin. Shaxsning sotsial sifatlari 3 ta kichik sistemadan iborat: a) shaxsning individualligi; b) shaxsning shaxslararo munosabatlari; v) munosabatlar sub’ekti sifatida mavjud bo‘lishi. Download 30.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling