Мавзу: шахс социал муносабатлар маҳсули сифатида. Социализация жараёнлари. Режа


Download 30.21 Kb.
bet3/5
Sana18.03.2023
Hajmi30.21 Kb.
#1282606
1   2   3   4   5
Bog'liq
шахс

Biologik irsiyat; G‘ishtli uyni toshdan qurish mumkin emas, ammo ko‘p g‘ishtlardan uyni, buning ustiga turli ko‘rinishda qurish mumkin. Har qanday kishining biologik irsiyati xom-ashyo materiallarini yetkazib beradi, ular keyinchalik har xil usullar bilan inson zoti, individ, shaxsga aylanadilar.
Hayvonlarning ko‘pgina turlaridan farqli ravishda inson mavjudoti yilning hamma vaqtida jinsiylikni namoyon etadi, bu esa ko‘proq yoki ozroq darajada bolalar tug‘ilishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bola tug‘ilganda yordamga muhtoj bo‘ladi va hayotining dastlabki yillarid shunday holda qoladi. Bu kabi biologik faktlar insonlar sotsial hayotiga asos soladi. Bundan tashqari, inson monogam jinsiy hayot instinktiga ega bo‘lmaydi va har qanday jamiyatda bu belgi oila instituti shakllanishiga va bolalar tarbiyasiga ta’sir qilib, har xil namoyon bo‘ladi. Biologik irsiyat xususiyatlari havo, suv, ovqat, uyqu, xavfsizlik singari ehtiyojlarni o‘z ichiga oladigan insonning tug‘ma ehtiyojlari bilan to‘ldiriladi. Agar sotsial tajriba asosan inson ega bo‘lgan o‘xshash umumiy xususiyatlarni tushuntirib bersa, biologik irsiyat ko‘pincha shaxsning individualligini, uning boshqa jamiyat a’zolaridan dastlabki farqini tushuntirib beradi. Shu bilan birga, guruhiy farqlanishni endi biologik irsiyat tushuntirishi mumkin emas.
Shu asosda biologik irsiyat shaxsni to‘laligicha yarata olmaydi, chunki na madaniyat, na sotsial tajriba genlar orqali o‘tadi. Ammo biologik omilni hisobga olish lozim. Chunki u birinchidan, sotsial jamoalar uchun cheklashlar (yordamga muhtoj go‘dak, suv ostida uzoq tura olmaslik, biologik ehtiyojlar majmui va hokazo) yaratadi, ikkinchidan, biologik omil yordamida temperament, xarakter, qobiliyatlarning cheksiz turli ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, ular har qanday kishi shaxsida individuallik, ya’ni takrorlanmas ulkan siymo vujudga keltiradi.
Tabiiy muhit; Ko‘pgina olimlar shaxsning rivojlanishida tabiiy muhitga asosiy e’tibor qaratadilar. Mashhur sotsiolog P.Sorokin 1928 yilda chop etilgan asarlarida ko‘pgina olimlarning – Konfutsiy, Aristotel, Gippokratdan tortib o‘ziga zamondosh bo‘lgan geograf Elmiot Xantingtonlarning nazariyalarini boyitdi. Bu olimlarning fikri bo‘yicha, shaxslar xulqidagi guruhiy farqlar asosan iqlimdagi farqlar, jug‘rofiy xususiyatlar va tabiiy resurslar bilan belgilanadi. Bu toifa olimlar qatorida faylasuf Plexanov va tarixchi A.N.Gumelyovlarni kiritish mumkin. Bu tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan nazariya etnomarkaziy, milliy ongni oqlash uchun yaxshi asos hisoblanadi. Lekin tabiiy omilning shaxs rivojlanishidagi asosiy ta’sirini oqlab ololmaydi. Haqiqatdan ham bir-biriga o‘xshash tabiiy va jug‘rofiy sharoitlarda shaxsning turli tiplari shakllanadi va aksincha ko‘p hollarda o‘xshash guruhiy xususiyatga ega shaxslar turli tabiiy muhit sharoitlarida rivojlanadi.
Bunga bog‘liq ravishda tabiiy muhit sotsial guruhning madaniy xususiyatlariga ta’sir etishi mumkin, lekin uning alohida shaxs shakllanishdagi ta’siri unchalik emas va shaxsga guruh madaniyatining, guruhiy yoki individual jarayonning ta’siri bilan solishtirib bo‘lmaydi.

Download 30.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling