Мавзу: шахс социал муносабатлар маҳсули сифатида. Социализация жараёнлари. Режа


Adaptatsiya – shaxsning jamiyatda mavjud bo‘lgan voqelikka ko‘nikishi yoki moslashishi; 2.Interiorizatsiya


Download 30.21 Kb.
bet5/5
Sana18.03.2023
Hajmi30.21 Kb.
#1282606
1   2   3   4   5
Bog'liq
шахс

Adaptatsiya – shaxsning jamiyatda mavjud bo‘lgan voqelikka ko‘nikishi yoki moslashishi;
2.Interiorizatsiya – shaxsning o‘z hoxishi, intilishi va irodasi orqali jamiyatga qo‘shilishi.
Sotsiologiyada sotsializatsiya davrlariga yana 2 yondoshuv mavjud.
1-yondoshuv.Sotsializatsiya jarayoni 3 davrga bo‘linadi:
1.mehnatgacha bo‘lgan davr
2.mehnat davri
3.mehnatdan keyingi davr.
2-yondoshuv.Sotsializatsiya jarayoni quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1-davr – go‘daklik davri (1 yoshdan 4 yoshgacha)
2-davr – bolalik davri (4 yoshdan 10 yoshgacha)
3-davr – o‘spirinlik davri (10 yoshdan 13 yoshgacha)
4-davr – o‘smirlik davri (13 yoshdan 18 yoshgacha)
5-davr – mehnat davri
6-davr – mehnatdan keyingi-nafaqa davri
Sotsiologiyada shaxs haqida turli nazariyalar mavjud.Ulardan:
-Ch.Kulining “Ko‘zgudagi “Men”” nazariyasi. Ushbu nazariya 3 tamoyilga asoslanadi:
1.Shaxs ma’lum xatti-harakatni amalga oshiradi.
2.O‘sha xatti-harakatga kishilar reaksiya bildiradi.
3.Shaxs shu reaksiyaga ma’qul keladigan xatti-harakatlarni amalga oshiradi.
Ch.Kuli “ko‘zgu” deganda aynan atrofdagi insonlarni reaksiyasini nazarda tutgan.
-Amerika sotsiologi Djordj Midning “boshqalar tomonidan umumlashtirilgan” nazariyasi. Bu nazariyaga muvofiq kishi o‘z shaxsini, o‘z xatti-harakatini boshqalar nuqtai nazaridan, ya’ni o‘zini boshqalarning o‘rniga qo‘yib baholaydi.
-“Boshqalar uchun ahamiyatli” nazariyasining asoschisi amerika sotsiologi Xaller bo‘lib, bu nazariyaga ko‘ra kishining shaxsi to‘g‘risida boshqa ahamiyatli, obro‘li kishilarning munosabati xulosa chiqarishga imkon beradi. Masalan, ayrim kishilar uchun ota-onasining bergan bahosi, ba’zilar uchun esa o‘qituvchining, boshqalar uchun esa mansabdor shaxslarning bergan bahosi yoki munosabati uning shaxsi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradi.
Download 30.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling