Мавзу: шахс социал муносабатлар маҳсули сифатида. Социализация жараёнлари. Режа


Shaxsning strukturasi: xotira, madaniyat va faoliyat


Download 30.21 Kb.
bet2/5
Sana18.03.2023
Hajmi30.21 Kb.
#1282606
1   2   3   4   5
Bog'liq
шахс

Shaxsning strukturasi: xotira, madaniyat va faoliyat. Xotira – shaxs hayot yo‘li davomida o‘zlashtirgan nazariy va amaliy bilimlar tizimidir. Shaxsning madaniyati – uning faoliyati jarayonida amal qiladigan sotsial norma va qadriyatlar majmuasidir. Faoliyat esa sub’ektning ob’ektga maqsadli ta’siridir.
Shaxsning sotsial mavqei – bu shaxsning uning huquq va majburiyatlari, yoshi, jinsi, kelib chiqishi, kasbi va oilaviy ahvoliga mos ravishda jamiyatda egallagan o‘rnidir. Uni 2 ga ajratish mumkin: belgilangan va orttirilgan.
Shaxsning sotsial roli uning ijtimoiy tizimda egallagan mavqeidan kelib chiqib amalga oshiradigan faoliyatini ifodalaydi.
Shaxs manfaati – bu individ faoliyatining u yoki bu ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq yo‘nalganligidir. Turlari: munosabat, harakat, tayanch va yo‘nalish manfaatlar.
Individning jamiyatga qo‘shilishi turli sotsial jamoalar orqali amalga oshiriladi. Har bir alohida kishi sotsial guruhlar, sotsial muassasalar, sotsial institutlar, jamiyatda hukmron norma va qadriyatlar ya’ni madaniyatlar orqali shakllana boshlaydi. Buning natijasida individ ko‘p miqdordagi turli darajadagi sotsial tizimlarga qo‘shiladi, ularning har biri oila, do‘stlar davrasi, ijtimoiy muassasalar, ishchilar guruhi, milliy jamoalar va hokazolar unga ta’sir o‘tkazadi. Shunday qilib inson mazkur sistema strukturalarining qismiga, ularning elementlariga aylanadi.
Hamma psixologik fanlar ijtimoiy sababiylikdan va shaxs faolligi prinsipidan kelib chiqadilar. Mana shu yerda ijtimoiy psixologiya nuqta qo‘yadi, keyin esa o‘zining sotsial-psixologik muammolarini yechishga kirishadi. Sotsial psixologiya esa umumiy psixologiya tomonidan ishlab chiqilgan shaxs ta’rifidan foydalanib, shaxs qaysi konkret guruhlarda, birinchidan, sotsial ta’sirini (uning qaysi faoliyat tizimi orqali) o‘zlashtirishini, ikkinchidan, o‘zining sotsial mohiyatini (o‘zaro faoliyatning qaysi konkret turi orqali) amalga oshirishini tushuntiradi. Bu yondashuv aynan sotsiologik yondashuvdan farq qiladi. Sotsiologik yondashuv qanday qilib sotsial-tipik xususiyatlari shakllanadi, nima uchun shaxs hayot faoliyatining bir xil sharoitlarida ular katta hajmda ifodalanadi, nima uchun boshqa sharoitlarida qandaydir boshqa sotsial-tipik xususiyatlar insonning mazkur sotsial guruhga, sotsial muhitga tegishliligidan qat’iy nazar paydo bo‘lishini ko‘rsatib beradi. Shunga muvofiq sotsiologiyada asosiy e’tibor shaxsning sotsial tiplarini (faoliyat tiplarini) sotsial sifatlarini aniqlashga qaratiladi. Aynan sotsiologik o‘rganadigan alohida individlar faoliyati va ong strukturasida sotsial tizim, jamoa, guruhlarning umumiy va o‘ziga xos sifatlari namoyon bo‘ladi.
Bundan kelib chiqib, shaxsni individning boshqa kishilar bilan bevosita va bilvosita o‘zaro ta’siri jarayonida jamlanadigan va o‘z navbatida uni mehnatning, anglashning va muloqotning sub’ektiga aylantiradigan individning sotsial xususiyati, unda yaxlitlangan sotsial ahamiyatli xususiyatlarning majmuidir, deb ta’riflash mumkin.
Shaxsni tushunishdagi bunday yondashuv maqsadga muvofiqdir. Chunki, u insonni o‘zida turli sotsial-tipik belgilarni mujassamlashtirgan ma’lum jamiyatning, sotsial jamoaning, guruhlarning vakili sifatida namoyon bo‘ladigan sotsiologik xususiyatni ifodalaydi.
Shaxsning sotsiologik konsepsiyasi bir qancha turli nazariyalarni o‘z ichiga oladi. Ularning hammasi shaxsni u yoki bu sotsial omillarning ta’siri ostida shakllangan o‘ziga xos tuzilma ekanligini tan olishadi. Muammoni bu kabi qo‘yish shaxsni faqat sotsiologiya nuqtai nazaridan tahlil etishga olib boradi. Bu yondashuvning ildizlari sotsial falsafa ildizlariga borib taqaladi.
Shaxsning sotsiologik konsepsiyasi XIX asrning ikkinchi yarmi -XX asrning boshlarida rivojlana boshladi. Umumiy shaxsning sotsiologik nazariyasiga bo‘lgan ehtiyoj doimiy o‘zaro munosabatni, boshqacha aytganda, sotsial makrostrukturada sodir bo‘layotgan jarayonlarni belgilaydigan doimiy o‘lchamni topish kerakligini tushunishdan kelib chiqadi. Individlar va jamiyat o‘zaro ta’siridagi bu jarayonlarni tushuntirayotib, biz har doim bu individning xususiyatlarining qandaydir tashkiliy butunligini topamiz, u jamoalardan kelib chiqadigan ta’sir va stimullarni “boshqacha tushunadi” va muhitga insonning reaksiyasini qat’iy ravishda aniqlaydi.
XIX asrning ZO-yillarida sotsiologiyada ilmiy yo‘nalish strukturaviy yo‘nalish (yoki oddiy aytganda funksionalizm) paydo bo‘ldi. Bu yo‘nalishning asoschilari bo‘lib, E.Dyurkgeym, A.R.Redkliff-Braun (1881-1995) va boshqa tadqiqotchilar bo‘lishgan. Bu ilmiy maktab turli holatlarda kishi o‘zini qanday tutishi to‘g‘risidagi normalarni tadqiq qilishni boshladi. Funksionalizm rol deb ataladigan institutsional normalar muammosiga asosiy e’tiborni qaratdi. Funksionalistlar fikricha, sotsiologiyada sotsial taxlilning birligi harakat qilayotgan individ emas, balki roldir. Turli guruhlardagi har bir kishi qandaydir ma’lum maqomga ega bo‘ladi. Bu maqomlarda xatti-harakat namunalari ko‘rsatilgan bo‘ladi.Bunda individ a’zo bo‘lgan guruh individdan ushbu namunalarga mos keladigan xatti-harakatni kutadi. Shu asosda biz otaning, onaning, do‘stning roli to‘g‘risida gapirishimiz mumkin.
Shunday qilib, sotsial rolni guruh o‘z a’zolaridan kutayotgan qat’iy ko‘rsatilgan namunalarga muvofiq chiqadigan, xatti-harakatlarning nisbatan doimiy va ichki aloqali tizimi sifatida ta’riflash mumkin.
Agar biz mazkur tushunishdan kelib chiqadigan bo‘lsak, individning hatti-harakat rolini insonning turli sotsial birliklarda bajarayotgan funksiyasidan kelib chiqib tahlil qilish mumkin. Shuning uchun amerikalik olimlar Jan Moreno (1892-1974) va Robert Merton (1910t) shaxsni individ jamiyatda bajaradigan sotsial rollar majmuining funksiyasi sifatida ta’rifladilar.
Rollarni amalga oshirish jarayoni ko‘pgina omillarga bog‘liq:
-insonning biopsixologik imkoniyatlari. Ular u yoki bu sotsial rollarni bajarishga imkon berishi yoki imkon bermasligi mumkin.
-ideal xususiyatlar kompleksini belgilaydigan shaxs o‘rnaklari. Individ bu o‘rnaklarni rollarni bajarish chog‘ida, hamda individdan guruh kutayotgan hatti-harakatning ideal usullarni namoyon etishi kerak.
-guruh tomonidan qabul qilingan rollar va sotsial nazorat xarakteri.
-guruh strukturasi, uning mustahkamligi va individning o‘sha guruh bilan mos kelish darajasi.
Garchi sotsial rol sotsiologik tahlilning yagona birligi deb hisoblanmasada, (chunki u individdarning o‘zaro harakatidan kelib chiqadi) lekin rol jamiyatdagi institutsional munosabatlarni o‘rganishda juda foydali hisoblanadi.
Shaxs konsepsiyasidan interaksionistik yondoshuv metodologik prinsiplarga asoslanadi. Bunga binoan na shaxs omillari, na tashqi muhit, agar ularni alohida qaraladigan bo‘lsa, inson xatti-xarakatini to‘la darajada tushuntirib bera oladi. Inson xatti-harakatining asosiy determinantlari (belgilovchilari) sifatida bu omillar o‘rtasidagi doimiy o‘zaro ta’sir namoyon bo‘ladi. O‘zaro harakat jarayoni olimlar tomonidan har doim bir xil tushunilmaganligidan, interaksionizm doirasida cheklangan qo‘llash nazariyasi deb ataladigan bir nechta turli yo‘nalishlar paydo bo‘ldi.
Nemis-amerika psixologi K.Levin (1890-1947) 1936 yilda shaxsning muhit bilan o‘zaro harakati prinsipga muvofiq u muhitni fizik (tabiiy) va psixik muhitlarga bo‘ladi. Levin fikricha, xatti-harakat na o‘tmishga, na kelajakka bog‘liq, u hozirgi muhitga bog‘liq bo‘ladi. Levinning aytishicha, tabiiy va sotsial muhit sub’ekt uchun psixologik fenomenlar ko‘rinishida real namoyon bo‘ladi. Shuning uchun har xil individlar uchun ob’ektiv muhit uning shaxsiy muhimligidan qat’iy nazar turli tuman bo‘ladi. Bu yerda psixologik reallik shaxsning muhit bilan o‘zaro harakatida ko‘proq ahamiyatga ega.
Amerikalik sotsiolog Ye.Merreyning shaxs konsepsiyasida individning muhit bilan o‘zaro ta’sir muammosi tahlil qilinadi
Merrey muhitning xossasini “bosim, tazyiq“ tushunchasi bilan belgilaydi. Shaxsning muhit bilan o‘zaro ta’sirini tadqiq qilishda asosiy birliklar bo‘lib, ehtiyojlarning turli birikuvlari va sotsial muhitning ta’siri hisoblanadi.
Interaksionalizm g‘oyasi shaxsning bixeviorizm va psixoanalitik nazariyalarida har xil namoyon bo‘ladi. Bixevioristik maktabda interaksionizm g‘oyalari amerikalik psixolog E.Tolmenning shaxs konsepsiyasida bayon qilingan. Bixevorizmning ortodoksol tizimida “anglash (yoki pognetiv) kartalari” tushunchasi kiritilgan. Uning mohiyati shunga asoslanadiki, har bir shaxs muhitdan kelib chiqadigan stimullarga nafaqat mexanik ravishda javob qaytaradi, hamda ularni “karta maydoni” tajriba asosidagi shakllangan ongdagi stereotiplar bilan solishtiradi. Shunga muvofiq, inson muhit bilan o‘zaro ta’sirda faollik va xatti-harakatning shaxsiy elementini yuzaga keltiradi.
Tolmenning fikrlari “haqiqiy” bixeviorizmning kognetiv psixologiya bilan ajralishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shaxsning psixoanalitik konsepsiyasi Z.Freyd fikrlarida yaqqolroq ifodalangan. Z.Freyd individ va jamiyat o‘zaro ta’siri jarayonini sotsiopsixologik konflikt sifatida, shaxsni esa irratsional, g‘ayriixtiyoriy mayllarining ansambli (uyg‘un birlik) sifatida qaraydi. Freyd fikricha, sivilizatsiya o‘zining taqiqlari va sanksiyalari bilan, bir tomondan, katta manfaat va zaruriyatdir, aks holda insoniyat seksual (jinsiy) va letal (o‘limga olib boradigan) instinktlarga bo‘ysunib, yashay olmagan bo‘lardi. Ammo ikkinchi tomondan, sivilizatsiya inson uchun xavf va g‘am tashvishdir, chunki mayllarning yanada ko‘proq siqib chiqarilishi nevrozlarning rivojlanishiga, qoniqmaslik, xavotir, begonalashuv, anglanmagan munofiqlik va hokazolarning ko‘payishiga olib keladi. Jamiyatga dizintegratsiya xavf solar ekan sotsializatsiya va sotsial nazoratga ehtiyoj bo‘ladi.
Umuman shuni aytish mumkinki, shaxs konsepsiyasining zamonaviy interaksionizmi shakllanish pallasida turibdi, turli konsepsiya va nazariyalarning ta’sirini boshdan kechirmoqda.
Shaxs termini turli mualliflar tomonidan har xil tahlil etiladi. Shaxsga berilgan hamma ta’riflar 2 ta bir-biriga qarama-qarshi nuqtai nazarlar bilan u yoki bu darajada asoslanadi. Bir nuqtai nazar bo‘yicha, har bir shaxs o‘zining tug‘ma sifatlari va qobiliyatlariga muvofiq shakllanadi va rivojlanadi. Sotsial muhit bu holatda juda ham kam rol o‘ynaydi. Boshqa nuqtai nazar vakillari shaxsning ichki xususiyatlari va qobiliyatlarini to‘laligicha inkor etishadi. Ularning fikricha, shaxs bu sotsial tajriba davomida to‘laligicha shakllanadigan qandaydir mahsuldir. Ko‘rinib turibdiki, shaxsning shakllanish jarayonidagi bu fikrlar unchalik absolyut to‘g‘ri emas. Fikrimizcha, shaxsni tahlil qilishda, ham tug‘ma biologik xususiyatlarni, ham sotsial tajribani hisobga olish kerak. Shu bilan birga amaliyotdan ma’lum bo‘lishicha, shaxs shakllanishida sotsial omillar ko‘proq ahamiyatga ega. V.Yadov fikricha, “Shaxs - bu inson sotsial xususiyatlarining butunligi, ijtimoiy rivojlanish mahsuli va individni aktiv faoliyati va muloqoti vositasida sotsial munosabatlar tizimiga qo‘shilishidir”.(Sotsiologiya. Slovar- spravochnik.M.1990 T 2.S-71). Bu qarashga muvofiq, shaxs biologik organizmdan faqatgina sotsial va madaniy tajriba tufayli rivojlanadi. Bunda shaxs xususiyatlarining shakllanish jarayoniga sezilarli ta’sir etadiki, shaxsdagi tug‘ma qobiliyatlar, temperament va mayllar inkor etilmaydi.
Shaxs xususiyatlarining paydo bo‘lishi va rivojlinishini tahlil etish uchun shaxsning shakllanishiga ta’sir etadigan omillarni quyidagi tiplarga bo‘lamiz.
1) biologik irsiyat
2) tabiiy muhit
3) madaniyat
4) guruh tajribasi
5) ulkan individual tajriba
Bu omillarning shaxsga ta’sirini birma-bir ko‘rib chiqamiz.

Download 30.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling