68/Ижтимоий таъсир механизмларининг шахс томонидан англанилиши
Download 483 Kb.
|
68.Ижтимоий таъсир механизмларининг шахс томонидан англанилиши
- Bu sahifa navigatsiya:
- S o tsia ll a s h u v
68/Ижтимоий таъсир механизмларининг шахс томонидан англанилиши Hozirgi zamon psixologiyasida sotsiallashuv terminining yana ikkita sinonimi keng qo‘llaniladi: ya’ni bular «shaxs shakllanishi» va «tarbiya» jarayonidir. Sotsiallashuv «individning jamiyatga kirib borishi», «sotsial ta’sirlarni o‘zlashtirish» hamda «sotsial aloqa jarayonida ulardan foydalanish» kabi tushunchalar orqali ham ifodalanadi. Sotsiallashuv – bu bizning jamiyatga qo‘shilib yashashimiz va shu jamiyatda mavjud bo‘lgan sotsial tajribalarni o‘zlashtirishimizdan iborat bo‘lgan jarayondir. Bu jarayon uch bosqichdan iborat holda kechadi: Individ sotsial tajribani qabul qilishi, singdirishi; o‘z hayoti, faoliyati, munosabati jarayonida qo‘llashi; o‘zgalarga uzatishi, o‘z ta’sirini o‘tkaza olish jarayonidir Sotsiallashuv ikki tomonlama jarayondir, bir tomondan individning jamiyatga kirib borib, undagi malakalarni o‘zlashtirish jarayoni bo‘lsa, ikkinchi tomondan, inson faolligi hamda jamiyatdagi faol ishtiroki orqali sotsial aloqalarni o‘rnatishdir. Sotsiallashuv g‘oyasini psixologiya sohasiga kiritgan hamda bu muammoni sotsial psixologik bilimlarni rivojlantirish uchun muammo sifatida olib kirgan olimlar sotsiallashuvning aynan shu ikki tomoniga katta e'tibor qaratishgan. Sotsiallashuv jarayonining birinchi tomoni – sotsial malakalarni o‘zlashtirish – bu jamiyatni insonga ta’sir etuvchi tavsifi, ikkinchi tomoni esa – inson faolligi – insonning jamiyatga o‘zining faoliyati orqali ta’sir etishidir. Bunda inson faolligi pozitsiyasi – sotsial aloqalarga har qanday ta’sir ma’lum bir qaror qabul qilish va keyinchalik shu qarorni bajarish uchun ma’lum bir faoliyat strategiyasini ishlab chiqish orqali tushuntiriladi. Sotsiallashuv jarayoni shu keltirilgan tushuntirishlar orqali shaxs shakllanish jarayoniga qarshi chiqmaydi, lekin, bu muammoga turli tomondan yondashishni talab qiladi. G.M.Andreyevaning fikriga ko‘ra, «Yosh psixologiyasi uchun bu muammo «shaxs» mavzusiga taalluqli bo‘lsa, sotsial psixologiya uchun «shaxsning jamiyatga ta’siri» tomondan qiziqroq hisoblanadi». Shu o‘rinda sotsiallashuv jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni ko‘rsatib o‘tishni lozim topdik. Bular: Biologik kontekst va Madaniy kontekst. Download 483 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling