68/Ижтимоий таъсир механизмларининг шахс томонидан англанилиши


Download 483 Kb.
bet4/5
Sana27.08.2023
Hajmi483 Kb.
#1670677
1   2   3   4   5
Bog'liq
68.Ижтимоий таъсир механизмларининг шахс томонидан англанилиши

X.3. Sotsiallashuv jarayonida shaxs yonalishining shakllanishi Sotsiallashuvning institutlaridan tashqari uning oqibati masalasi ham
psixologiyada muhim amaliy ahamiyatga ega. Shaxs sotsiallashuvining eng asosiy mahsuli – bu uning hayotda o‘z o‘rnini topib, jamiyatga manfaat keltiruvchi faoliyatlarda ishtirok etishidir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, shaxsning yonalganligi masalasiga ham fanda katta e’tibor beriladi. Sotsiallashuv jarayonida
shaxs faoliyatini yonaltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan turg‘un,

barqaror motivlar majmuiga ega bo‘lishlik shaxsning yo‘nalganligi deb ataladi. Yo‘nalganlikning eng muhim tarkibiy qismlarini quyidagilar tashkil etadi: Mas’uliyat. Bu sotsiallashuv jarayonida shaxsning yetukligini belgilovchi
muhim ko‘rsatgichlardan sanaladi. Oxirgi yillarda psixologiyada nazorat lokusi nazariyasi (teoriya lokusa kontrolya) keng tarqaldiki, unga ko‘ra, har bir insonda ikki tipli mas’uliyat kuzatiladi. Birinchi tipli mas’uliyat shundayki, shaxs o‘zining hayotida ro‘y berayotgan barcha xodisalarning sababchisi, mas’uli sifatida faqat o‘zini tan oladi. («Men o‘zim barcha narsalarga mas’ulman. Mening hayotim va yutuqlarim faqat o‘zimga bog‘liq, shuning uchun o‘zim uchun ham, oilam uchun ham o‘zim javob beraman»). Mas’uliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha ro‘y bergan va beradigan voqea, hodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar (ota-ona, o‘qituvchilar, hamkasblar, boshliqlar, tanishlar va boshqalar).
Xorij mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ikkinchi turli mas’uliyat ko‘proq o‘smirlarga xos bo‘lib, ulardan 84% mas’uliyatni faqat boshqalarga yuklashga moyil ekanlar. Bu ma’lum ma’noda yoshlar o‘rtasida mas’uliyatsizlikning avj olganligidandir. Shuning uchun ham «nazorat lokusi» tushunchasini fanga kiritgan amerikalik olim J.B.Rotterning fikricha, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olishga o‘rgatilgan bolalarda havotirlik, neyrotizm, konformizm
holatlari kam uchrarkan.

Ular hayotga tayyor, faol, mustaqil fikr yurituvchilardir. Ularda o‘z-o‘zini hurmat hissi ham yuqori bo‘lib, bu boshqalar bilan ham hisoblashib yashashga sira halaqit bermaydi. Shuning uchun sotsiallashuvning muhim bosqichi kechadigan ta’lim muassasalarida yoshlarga ko‘proq tashabbus ko‘rsatish, mustaqil fikrlash va erkinlikni his qilishga sharoit yaratish kerak va bu hozirgi kunda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev siyosatining asosini tashkil etadi.

Download 483 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling