68/Ижтимоий таъсир механизмларининг шахс томонидан англанилиши
Download 483 Kb.
|
68.Ижтимоий таъсир механизмларининг шахс томонидан англанилиши
- Bu sahifa navigatsiya:
- M a d a n iy k onte k s t.
Biologik kontekst. Insonlarga ko‘zni yumib-ochish, ushlash, so‘rish kabi genetik reflekslar xos bo‘lsa-da, ularning genida o‘zini tutishning qiyin modellari programmalashtirilmagan bo‘ladi. Ular kiyinish, ovqatlanish, uy-joy qilish kabi ko‘nikmalarni o‘rganishlari, yashash uchun kerakli ko‘nikma, malakalarni sekin-astalik bilan o‘zlashtirishlari kerak bo‘ladi. Hayotining dastlabki yilida bola butkul kattalarning diqqat-e’tibori ostida bo‘ladi va asta-sekin boshqa jonzotlarga xos bo‘lmagan, ular o‘zlashtira olishi qiyin bo‘ladigan ko‘nikmalarni o‘zlashtirib olishadi (masalan, gapirish).
Madaniy kontekst. Har bir jamiyat boshqalardan ustun bo‘lgan ma’lum bir shaxs sifatlarini qadrlaydi va bolalar sotsiallashuv jarayonida bu sifatlarni o‘zlashtirib olishadi. Insondagi aynan qaysi sifatlar ko‘proq qadrlansa, sotsiallashuv usullari shunga bog‘liq bo‘ladi, ular turli madaniyatlarda turlicha bo‘ladi. Masalan, Amerikada o‘ziga ishonish, o‘zini boshqara olish va agressivlik kabilar qadrlansa, Hindistonda uning aksi, passivlik va mistitsizm qadrlanadi. Shuning uchun amerikaliklar buyuk sportsmenlar, astronavtlarga hurmat bilan qarashadi. Hindlar esa, zo‘ravonlikka qarshi harakat qiladigan dindorlar va siyosat arboblari (masalan, Maxatma Gandi)ga hurmat bilan qarashadi. Bu madaniy qadriyatlar ijtimoiy me’yorlar asosida yuzaga keladi. Tarkibida bir xillik mavjud bo‘lmaganligi tufayli, sotsiallashuv ikki tomonlama jarayondir. Biologik omillar hamda madaniy omillarning, shuningdek, ijtimoiylashayotgan hamda ijtimoiylashmoqchi bo‘lgan odamlar o‘rtasida bir-biriga ta’sir etish jarayoni ro‘y beradi. Shaxsning sotiallashuvi uning bilishga bo‘lgan ob’yektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo‘ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda shaxsda boshqa bir ob’yektiv ehtiyoj – o‘ziga xoslikning namoyon bo‘lishi ham shakllanadi. Shaxs uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning faqat o‘zigagina tegishli bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon bo‘ladi, uning ijtimoiy xulq-atvori esa takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi. Shaxsning ijtimoiy rivojlanishi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki yo‘nalishda olib boriladi: moslashuv (ijtimoiy madaniy tajriba, madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbatan o‘ziga xoslikka ega bo‘lish). Shunday qilib, sotsiallashuv tushunchasi zamonaviy fanda inson shaxsining moslashuvi va individuallashuvi jarayonlarini o‘zaro bog‘laydi. Insonning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi yoki undan ajralib chiqishi (individuallashuvi) sotsiallashuv jarayonining mazmunini tashkil qiladi. Moslashish sub’yekt va ijtimoiy muhitning o‘zaro faol yaqinlashuvi jarayoni va natijasidir. Download 483 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling