Mavzu: Shakllarning o‘xshashligi tushunchasi. O‘hshash uchburchaklar va ularning xossalari


Download 161.07 Kb.
bet1/4
Sana13.12.2022
Hajmi161.07 Kb.
#1000822
  1   2   3   4
Bog'liq
9 sinf,geometriya 4 5 Shakllarning


9-sinf, geometriya.
(2 soatlik bayonnoma)

«13-18» - sentabr, 2019-yil.


Mavzu: Shakllarning o‘xshashligi tushunchasi.
O‘hshash uchburchaklar va ularning xossalari.



  1. Darsning maqsadi: ko‘rinishi bir xil, ammo o‘lchamlari har xil bo‘lgan shakllar, bir xil nomli ko‘pburchaklar, mos burchaklar, mos tomonlar, o‘xshash ko‘pburchaklar, o‘xshashlik koeffitsiyenti kabilar yuzasidan tushunchalar hosil qilish, o‘quvchilarning BKM larini shakllantirish, rivojlantirish va mustahkamlash.

  2. Darsning usuli: savol-javob, misol va masalalar yechish.

  3. Darsning jihozi: DTS ko‘rgazmalari, tarqatma materiallar, kichik testlar.



DARSNING BORISHI:



  1. Tashkiliy qism: o‘quvchilar bilan salomlashish, tozalikni tekshirish, davomatni aniqlash, o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga ruhiy jihatda tayyorliklarini aniqlash.

  2. O‘tilgan mavzuni so‘rab baholash:

Savol: Uchburchak deb nimaga aytiladi?


Javob: uchta nuqta va bu nuqtalarni ketma-ket tutashtiruvchi uchta kesmadan iborat shakl – uchburchak deyiladi.
Savol: To‘rtburchak deb nimaga aytiladi?
Javob: to‘rtta nuqta va bu nuqtalarni ketma-ket tutashtiruvchi to‘rtta kesmadan iborat shakl – uchburchak deyiladi.
Savol: Trapetsiya nima?
Javob: asoslari parallel bo‘lgan to‘rtburchak – trapetsiya deb ataladi.



  1. O‘tilgan mavzuni mustahkamlasi: o‘quvchilar tushunmagan savollar va ularga tushunarsiz bo‘lgan jumlalar aniq va hayotiy misollar yordamida tushunturilib beriladi.

  2. Yangi mavzuning bayoni:



1-mavzu: KO‘PBURCHAKLARNING O‘XSHASHLIGI.
Kundalik turmushda teng shakllardan tashqari shakli (ko‘rinishi) bir xil, lekin o‘lchamlari turlicha bo‘lgan shakllarga ko‘p duch kelamiz. Tarix va geografiya fanlarida turli masshtabda ishlangan xaritalardan foydalangansiz. Sinf doskasiga ilinadigan va darsliklarda tasvirlangan respublikamizning xaritalari turli o‘lchamda, lekin ular bir xil shaklda (ko‘rinishda).
Burchaklari soni bir xil (demak, tomonlarining soni ham bir xil) bo‘lgan ko‘pburchaklar bir xil nomli ko‘pburchaklar deb yuritiladi.
Ikkita bir xil nomli va ko‘pburchaklarning burchaklari mana bu tartibda teng bo‘lsin: , , , , .
Bunday burchaklar mos burchaklar deb yuritiladi. U holda, va , va , va , va , va tomonlar mos tomonlar deyiladi.
Ta’rif. Bir xil nomli ko‘pburchaklardan birining burchaklari ikkinchisining burchaklariga mos ravishda teng, mos tomonlari esa proporsional bo‘lsa, bunday ko‘pburchaklar o‘xshash ko‘pburchaklar deb ataladi.
Ko‘pburchaklar o‘xshashligi belgisi bilan ko‘rsatiladi.



O‘xshash ko‘pburchaklarning mos tomonlari nisbatiga teng bo‘lgan k son o‘xshashlik koeffitsiyenti deyiladi.
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling