O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: o‘quvchilar tushunmagan savollarni aniq misollar yordamida tushuntiraman.
O‘tilgan mavzuni so‘rab baholash:
Savol: Bir xil nomli ko‘pburchaklar deb nimaga aytiladi?
Javob: Burchaklari soni bir xil (demak, tomonlarining soni ham bir xil) bo‘lgan ko‘pburchaklar bir xil nomli ko‘pburchaklar deb yuritiladi.
Savol: O‘xshash ko‘pburchaklar deb nimaga aytiladi?
Javob: Bir xil nomli ko‘pburchaklardan birining burchaklari ikkinchisining burchaklariga mos ravishda teng, mos tomonlari esa proporsional bo‘lsa, bunday ko‘pburchaklar o‘xshash ko‘pburchaklar deb ataladi.
Savol: O‘xshashlik koeffitsiyenti nima?
Javob: O‘xshash ko‘pburchaklarning mos tomonlari nisbatiga teng bo‘lgan k son o‘xshashlik koeffitsiyenti deyiladi.
Savol: Ikkita o‘xshash uchburchak perimetrlarining nisbati haqidagi teoremani ayting.
Javob: Ikkita o‘xshash uchburchak perimetrlarining nisbati o‘xshashlik koeffitsiyentiga teng.
Savol: Ikkita o‘xshash uchburchak yuzlarining nisbati haqidagi teoremani ayting.
Javob: Ikkita o‘xshash uchburchak yuzlari nisbati o‘xshashlik koeffitsiyentining kvadratiga teng.
Uyda bajariladigan mashqlar
Uyga vazifa:
5 . 4-rasmdagi ABO va CDO uchburchaklar o‘xshash bo‘lsa, AB, OC kesmalar uzunligini va o‘xshashlik koeffitsiyentini toping.
a) , ;
b)
. Javob: , , .
5. va bu uchburchaklarning mos tomonlari nisbati ga teng. Agar uchburchak yuzi uchburchak yuzidan ga ortiq bo‘lsa, bu uchburchaklar yuzlarini toping.
;
.
. Javob: ; .
Do'stlaringiz bilan baham: |