Mavzu: Shamsul millat-turkiy adabiyot gultoji Kun shiori
Download 438.77 Kb.
|
Alisher Navoiy (dars ishlanma[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Tarixiy ,yodnoma va turli mavzudagi asarlari
1.Devonlari: Ilk devon,Oqqo`yunlilar devoni,Badoye ul –bidoya ,Navodir un-nihoya,
Xazoyin ul Ma`oniy:G`aroyib us –sig`ar,Navodir ush-shabob,Badoye ul-vasat,Faboyid uk-kibar. 2.Adabiyotshunoslikka va tilshunoslikka doir asar nomlari : Mufradot,Majolisun -nafois,Mezon ul- avzon,Muhokamat ul-lug`atayn,Sab`at abhur. 3.Diniy va tasavvufiy asarlari:Arba`in,Vaqfiya,Nazm ul-javohir,Siroj ul- muslimin,Munojot,Risolayi tiyr andoxtan,Nasoyim ul- muhabbat 4.Tarixiy ,yodnoma va turli mavzudagi asarlari:Tarixi anbiyo va hukamo,Tarixi mulki Ajam,Xamsat ul –mutahayyirin,Holoti Sayyid Hasan Ardasher,Munshaot,Mahbub ul - qulub 5.Dostonlari: Hayrat ul-abror,Farhod va Shirin,Layli va Majnun, Sabbayi Sayyor, Saddi Iskandariy, Lison ut-tayr Guruhlarga Alisher Navoiyning g`azali beriladi, o`quvchilar shu g`azallardagi she`riy san`atlarni topishlari kerak bo`ladi. 1-guruhga: Yordin ayru ko`ngil-mulkedurur,sultoni yo`q, Mulkkim,sultoni yo`q,jismedururkim, joni yo`q. (Tardi-aks) Jismdin jonsiz ne hosil,ey musulmonlarkim,ul Bir qaro tufrog`dekdurkim,gul-u rayhoni yo`q. (Nido,tashbeh,ta`did) Bir qaro tufrog`kim,yo`qtur gul-u rayhon anga, Ul qorong`u kechadekdurkim,Mahi toboni yo`q.(Ta`did,tashbeh,istiora) Ul qorong`u kechakim ,yo`qtur Mahi tobon anga, Zulmatedurkim,aning sarchashmai hayvoni yo`q.(Istiora, Zulmatekim,chashmayi hayvoni oning bo`lmag`ay, Do`zaxedurkim ,yonida ravzayi rizvoni yo`q. (Istiora,tazod,ta`did) Do`zaxekim ,ravzayi rizvondin o`lg`ay noumid, Bir xumoredurki,anda mastlig` imkoni yo`q.(Ta`did,tashxis) Ey Navoiy,bor anga mundoq uqubatlarki,bor Hajrdin dardi-yu, lekin vasldin darmoni yo`q.(tazod) 2-guruhga : “Kecha kelgumdir”,-debon ul sarvi gulro` kelmadi, Ko`zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi.(tazod, Lahza-lahza chiqdim-u chektim yo`lida intizor , Keldi jon og`zimg`a-vu,ul sho`xi badxo` kelmadi.(tazod,ta`did, Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot , Ro`zg`orimdek ham o`lg`anda qorong`u kelmadi.(Tajohuli orif,tazod,tashbeh) Ul parivash hajridinkim,yig`ladim devonavor, Kimsa bormukim,anga ko`rganda kulgu kelmadi.(mubolag`a,tazod) “Ko`zlaringdin necha su(v) kelgay?!”-deb o`lturmang meni, Kim bori qon erdi kelgan ,bu kecha su(v) kelmadi.Tazod,mubolaga`a) Tolibi sodiq topilmas ,yo`qsa kim qo`ydi qadam Yo`lg`akim ,avval qadam ma`shuqe o`tru kelmadi. Ey Navoiy,boda birla xurram et ko`nglung uyin, Ne uchunkim ,boda kelgan uyga qayg`u kelmadi.(Tazod) O`quvchilar aniqlagan she`riy san`atlar tahlil qilinadi. Oquvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko`rinishi namoyish qilinadi.(Uyg`un va Izzat Sultonning “Navoiy daramasidan parcha) O`quvchilar yozuv taxtasida yopishtirilgan Navoiy asarlari nomini topib unga izoh beradilar. –unMafonajoislis - Majolis un -nafois “Nafis kishilar majlisi “ asari o`zbek adabiyoti va madaniyati tarixi uchun noyob manba sifatida katta ahamiyatga ega .Asarda 459 ta shoir ,yozuvchi,ijodkor haqidagi ma`lumotlar jamlangan.Asar 8 majlisdan iborat bo`lib dastlabki majlislar xronologik tartibda, ya`ni vaqtning qadimdan shoirning zamonasigacha bo`lgan yo`nalishi qamrovida olingan.Keyingi majlislarda ijodkorlarning yashash joylariga ko`ra tuzilgan,ya`ni bunda mintaqaviy tamoyil amal qilgan.Yettinchi majlis temur va temuriylarga , sakkizinchi majlis esa birgina Husayn Boyqaroga atalgan.Asar faqat adiblarning hayoti va ijodiga oid materiallar bilan cheklanib qolmagan.Unda adabiyot nazariyasi, she`r san`atlari , madaniy hayot voqealari ham o`ziga xos tarzda aks etgan.Ayrim maqolalarda adiblarning shaxsiy fazilatlari,alohida xususiyatlari ham ochib berilgan.Masalan,mashhur shoir Yahyo Sebak haqida shunday deydi:”Xuroson mulkining rangin fozili erdi,ko`p ulum va fununda mohir erdi.sanoe` va aruz fanida barcha el ani musallam tutar erdi.Bu faqir aruz fanida vosita bila Malononing shogirdimen”Biz Navoiyning aruz ilmini Darvesh Mansur esa Yahyo Sebakdan tahsil olgan.Bu yerda mana shu “vosita” nazarga olingan. Download 438.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling