Mavzu: “Sharikning tug`ilgan kuni” 3-qism Maqsad
Download 0,7 Mb.
|
Samarqand Davlat Universiteti Maktabgacha va Boshlang
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy
- Dars metodi
- DARS SHIORI Bugun tug`ilgan kunim Bordur ko`p orzularim.
- 2.O`tgan mavzuni so`rash va mustahkamlash. O`tgan mavzu asosida savol-javob o`tkazish. 1.
- Jadvalga mos keluvchi so`larni matndan topib yozing.
- 5.Baholash: O`quvchilar baholanadi.Faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. 6.Uyga vazifa:Matnni o`qib kelish.
Samarqand Davlat Universiteti Maktabgacha va Boshlang`ich ta’lim fakulteti BTU yo`nalishi 301-guruh Yakubova Durdonaning 2-sinf uchun Ona tili va o`qitish savodxonligi fanidan ”SHarikning tug`ilgan kuni” 3-qism mavzusida bir soatlik dars ishlanmasi Mavzu: “Sharikning tug`ilgan kuni” 3-qism Maqsad:O`quvchilarni DTS talablari asosida bilim berish. “Sharikning tug`ilgan kuni” mavzusiga diqqat va munosabat bildira olishga o`rgatish. Ta’limiy: O`quvchilarni Sharikning tug`ilgan kuni mavzusi orqali o`quvchilarda matn orqali bilimga tushunchalarga ega bo`lish. O`quvchilarning yozma savodxonligini oshirish ,nutq boyligini boyitish. Tarbiyaviy: O`quvchilarni Sharikning tug`ilgan kuni mavzusi orqali bir- biriga va hayvonlarga bo`lgan mehr muhabbatni singdirish,asrash avaylash. Rivojlantiruvchi:O`quvchilarni og`zaki nutqini o`stirish .Mustaqil fikrlashga o`rgatish.Yozma savodxonligini oshirish. O`quv jarayonida oid kopentensiya:F.k.1.Berilgan matn ,ko`rsatilgan rasmlar orqali mavzuni yoritish; T.k.3.mehribonlik bir-birini hurmat qilish sifatlarga ega. Dars turi :Yangi bilim berish Dars metodi: ko`rgazmali rasmlar,savol-javob, sovg`a metodi. Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, Darsning borishi.
1.Tashkiliy qism: A) Salomlashish B) davomatni aniqlash C)Manaviyat daqiqasini o`tkazish D)ingliz tili daqiqasi: pie-pirog, father-ota, mather-ona. DARS SHIORI Bugun tug`ilgan kunim Bordur ko`p orzularim. O`quvchilar: Assalomu alaykum ustoz! Vaalaykum assalom aziz o`uvchilar. Bugun hamma sog`lommi? Darsga hamma tayyormi? O`quvchilar: Ustoz bizlar sog`lommiz, Darsga biz tayyormiz. O`qituvchi:Qani bolajonlarim, Hozir nima darsimiz. O`quvchilar:Hozir ona tili darsimiz. O`qituvchi:Aziz bolajonlarim, Bugun navbatchi kim Yo`qlamani beringchi O`quvchilar:Men navbatchi sinfda, Sinfimiz doim yuzda . Chang g`uborlar artilgan, Suvlar ham qaynatilgan. Biz yengil formadamiz, Odobda oldindamiz. Guruhga bo`linish: 1-GURUH 2-GURUH O`qituvchi o`quvchilarga tashabuslar haqida savollar beradi. 2.O`tgan mavzuni so`rash va mustahkamlash. O`tgan mavzu asosida savol-javob o`tkazish. 1. Burgaga qarshi bo‘yinbog‘ nima uchun “haqorat li sovg‘a” edi? 2.Nima uchun Matroskin Sharikdan: “Ko‘p pul topib olsang, nima qilarding?” – deb so‘radi? 3.Sharik pul topib olsa, nima sotib olgan bo‘lardi? 4.Nima uchun Matroskinning Sharikka pul sovg‘a qilgisi keldi? 5.Fyodor amaki nima uchun pul sovg‘a qilishni xohlamadi? 3.Yangi mavzu bayoni: Sharikning tug`ilgan kuni 3-qismi Keyin shunday qila qolishdi – pirog pishirib, ustiga sham o‘rniga suyak qo‘yib chiqishdi. Faqat nechta suyak qo‘yish kerakligini bilishmadi – beshtami, o‘n beshtami...O‘ylab-o‘ylab, uchta suyak qo‘yishga qaror qilishdi,chunki uch yosh – juda itlarbop yosh!Dasturxon atrofiga o‘tirishgan ham edi, Fyodor amakining ota-onasi kelib qoldi. – Qadrdonimiz Sharik, tabriklaymiz! Fyodor amakining oyisi zich tishli temir taroq sovg‘a qildi – undan birorta burga qochib qu- tulolmaydi. Otasi esa uchta medalli bo‘yinbog‘ berdi. Bu medallar unga bobosidan meros edi. Ularda: “Cho‘kayotganlarni qutqargani uchun”, “Baliq xo‘jaligi faxriysiga”, “Traktoreksport”ning 25 yilligiga” deb yozilgan edi...Sharik bu medalli bo‘- yinbog‘ bilan faxrlanardi, uni bayramlarda taqardi. Eduard Uspenskiy Jadvalga mos keluvchi so`larni matndan topib yozing. Kim? Nima? Qancha? Dam olish daqiqasi:O`quvchilar o`rinlarida turib mshq bajarishadilar. 4.Yangi mavzuni mustahkamlash:Rasmlar o`rninito`g`ri joylshtiring. a b c d f 5.Baholash: O`quvchilar baholanadi.Faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. 6.Uyga vazifa:Matnni o`qib kelish. Download 0,7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling