Mavzu: sharq meva pashshasi-dacus dorsalist hend sharq reja: sharq mevaxo‘ri morfologik belgilari. Biologik xususiyatlari


Download 16.72 Kb.
bet2/3
Sana07.01.2023
Hajmi16.72 Kb.
#1081872
1   2   3
Bog'liq
SHARQ MEVA PASHSHASI-DACUS DORSALIST

Biologik xususiyatlari. Sharq mevaxo‘rining lichinkalari pishiq ipak-pilla ichida daraxtlar tanasida, po‘stloqlar orasida tuproqdan 5-50 sm balandlikda qishlaydi ba’zan tuproqdagi o‘simlik qoldiqlari orasida ba’zi chirigan mevalar ichida ham qishlab chiqadi. Bahorda (shaftoli va o‘rik gullagan davrda) Sharq mevaxo‘rining lichinkasi g‘umbaklanadi. Havo xarorati o‘rtacha 15 0S bo‘lganda kapalaklar ucha boshlaydi. Bir necha kundan keyin urg‘ochi zot tuxum qo‘yishga kirishadi. Har bir zot bir nechtadan 100 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. 7-12 kundan keyin (bahorda) tuxumdan qurt chiqib, novdaning o‘sish nuqtasiga kemirib kiradi va o‘zagidan pastga qarab 6-11 sm li yo‘lak ochadi. Qattiq qismga kelgach kemirib tashqariga chiqadi va boshqa novdaga (yoki mevaga) kirishga harakat qiladi. Novdaning zararlangan qismi so‘lib quriydi, u «chekanka» qilingandek shoxlab ketadi. Sharq mevaxo‘rining qurtlari novdalardan tashqari olma qurti singari daraxt mevalarini ham shikastlashi mumkin. Bunda danakli mevalar ichida (9-14 kun) urug‘lik mevalar ichidan ko‘ra (16-24 kun) kamroq vaqt bo‘ladi. Oziqlanishni tugatgach tashqariga chiqib turli panaroq joy topadi va zich pilla yasab ichida g‘umbakka aylanadi. 8-17 kundan keyin yangi avlod kapalaklari paydo bo‘ladi. Sharq mevaxo‘rining bir avlodning rivojlanishi uchun turli iqlim-sharoitda 24 kundan 65 kungacha vaqt talab etiladi. O‘zbekiston sharoitida (Farg‘ona viloyati) Sharq mevaxo‘ri 3 tadan 5 tagacha avlod berishi mumkin.
Kurash choralari. Agrotexnik kurash usullari. 1. Daraxtning qurigan shoxlarini kesib tashlash zararlangan novdalarni olib tashlash, daraxtning eski po‘stloqlarini tozalash, daraxt qoldiqlari va tushgan barglarni yoqib yuborish. 2. Daraxt tanasiga tutqich belbog‘lar bog‘lash; 3. Daraxtlar qator orasini, tanasi atroflarini ag‘darish. 4. Mevalar qadoqlangan bostirmalar atrofi, imoratlar va uning hududlarini tozalash, chiqindilarni yoqib yuborish.
Kimyoviy kurash usullari. 1. Sharq mevaxo‘ri zararlagan daraxtlar tavsiya etilgan kimyoviy vositalar bilan qayta ishlanadi. 2. Ko‘chatlar yoki o‘sayotgan ertagi daraxtlar 3-4 marta kimyoviy ishlanadi. 3. Shaftolining kechki navlari, qo‘shimcha ravishda yana 18-20 kun oralig‘ida ikki marta ishlanadi. 4. Urug‘li ekinlar ko‘chatlari: behi, olma, nok, kimyoviy vositalar bilan ikki marta dorilanadi. 5. Olxo‘ridagi Sharq mevaxo‘riga qarshi kimyoviy kurash olxo‘ri qurtiga qarshi kurash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Mevali bog‘larni Sharq mevaxo‘riga qarshi kimyoviy vositalar bilan ishlashdan 2-3 kun oldin aholi ogohlantiriladi va ular asalari uyalarini tomorqadagi sabzavot, poliz va boshqa ekinlarini zaxarli kimyoviy vositalardan himoya qilish choralarini ko‘rishlari lozim. Kimyoviy vositalar bilan ishlov berish, hosil yigishtirib olinishiga kamida 30 kun qolganda to‘xtatilishi lozim.

Download 16.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling