Mavzu: sharq mutafakkirlarining jismoniy tarbiya haqidagi qarashlari. Xorijiy davlatlarda bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimining rivojlanishi. Reja: Sharq mutafakkirlarining jismoniy tarbiya haqidagi qarashlari
Download 1.37 Mb.
|
quyowcamga
Kichik yoshdagi bolalarning jismoniy mashqlari kimlarga yoki nimalargadir taqlid qilish asosida hayotda uchraydigan syujetlarni o’z ichiga olishi kerak. Mashqlar 3 dan 6 gacha, yosh ulg’aygan sari 8 tagacha bir kompleksga birlashtirilib, bir haftaga mo’ljallab tuziladi va 3-4 kundan so’ng murakkablashtiriladi. Ular 7-12 daqiqa davomida o’tkaziladi. 6-7 yoshdagi bolalarga esa maktab dasturi materialiga yaqin bo’lgan jismoniy mashqlar tavsiya qilinadi. Jismoniy mashqlar me’yori ularni bajarish og’irligiga qarab belgilanadi. Elka va bo’yin mushaklari mashqlari 6-12 marta, qorin va bel mushaklari mashqlari 4-8 marta takrorlanadi. Chiniqtiruvchi muolajalarga yasli va bog’chalarda bolalarni kundalik va hayotiy chiniqtirishdan tashqari, maxsus havo va quyosh nurlarida, suvda cho’miltirish orqali chiniqtirishlar kiradi. Bulardan tashqari, yana ayrim muolajalar borki, ular jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borilgandagina samara beradi*. O’yinlar ertalab soat 1000-1200 larda va tushlikdan so’ng o’tkaziladi. Ularning maqsadi bolalarda bizga ma’lum bo’lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishdir. Jismoniy tarbiya daqiqalari rasm mashg’ulotlarida, plastilin bilan ishlash paytida hisob, nutqni rivojlantirish mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi. Bu mashg’ulotlar uchun 2-3 ta jismoniy mashq tanlanib, ular turgan, o’tirgan holda bajariladi. Harakatli o’yinlarni tanlashda bolalarning jismoniy tayyorgarligi, maydon va undagi sharoitga e’tibor beriladi. Tarbiyachi o’yinni tanlab olgandan so’ng, uni qo’llash usuliyatini puxta o’ylab, so’ngra o’tkazadi. Bola uchun notanish o’yinlarni o’ynatish ancha qiyinchiliklarga sabab bo’ladi. Katta yoshdagilarga esa mustaqil vazifalar beriladi. O’yinlar 7-15 daqiqagacha davom etadi va 5-7 marotaba takrorlanadi. Sayohat haftada 1-2 marotaba, 2 yoshgacha bo’lganlarda ham 1-2 marotaba uyushtiriladi. Unda oldindan boradigan joy, mashg’ulot ssenariysi tuzilib, sharoiti hisobga olinishi va lozim bo’lgan jihozlar tayyorlanishi shart. Yoshiga qarab sayohat muddatini 20 minutdan 1,5 soatgacha davom etkazish mumkin. Jismoniy madaniyat bayramlari bayram kunlari (Yangi yil, Navro’z, Mustaqillik, Konstitutsiya kunlari)ga bag’ishlab yoki bog’chadan maktabga kuzatish, bitiruv kechasi va boshqalar tarzida o’tkaziladi. Har xil o’yinlar, raqslar, musiqa bilan bajariladigan jismoniy mashqlar bayram dasturi ssenariysiga kiritilishi mumkin. Jismoniy mashqlar bilan individual shug’ullanish mashg’ulotlari vrach yordamida bolalar jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda o’tkaziladi. Bu mashg’ulotlarda tana tuzilishida yoki yurak-tomir tizimida nuqsoni bo’lgan, surunkali kasal bolalar bilan shug’ullanish uchun qulay imkoniyatlar bor. Uning davom etish muddati kasallarning jismoniy tayyorgarligi darajasiga bog’liq. Mashg’ulotlar davomida shifokor maslahati asosiy rolni o’ynaydi. Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanish mashg’ulotlari bolalarga o’zlari yaxshi ko’rgan jismoniy mashqlar bilan mashg’ul bo’lish imkoniyatini beradi. Buning uchun tarbiyachi ularga jihozlangan gimnastika shaharchasi yoki maxsus bolalar maydonchasi, suzish havzasi, sport jihozlari va anjomlarini tayyorlab qo’yadi. Mashg’ulot paytida tarbiyachining bolalarga rollarni ajratib qo’yishi lozim bo’lgan samarani beradiDownload 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling