Mavzu: Sharq uyg‘onish davrida ta’lim va tarbiya masalalari


Jahon olimlarining ekologik ta’lim sohasidagi g‘oyalari


Download 37.8 Kb.
bet2/2
Sana15.02.2023
Hajmi37.8 Kb.
#1199142
1   2
Bog'liq
2-mavzu. Sharq uyg‘onish davrida ta’lim va tarbiya masalalari

Jahon olimlarining ekologik ta’lim sohasidagi g‘oyalari
Jahon olimlarining ekologik qarashlari, tadqiqot ishlarini olib borishlari XVII-XVIII asrlardagi ekologik ma’lumotlar, tirik organizmlarning ayrim guruhlarini o‘rganishga qaratilgan edi. XVIII asrda Rossiya o‘lkasi bo‘yicha o‘tkazilgan sayohatlar natijaoariga asoslanib, ko‘pchilik sayyohlar (S.P.Krasheninnikov, V.I.Lepexin, P.G.Pallaslar) o‘simliklar va hayvonot dunyosi iqlimining o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi haqidagi fikrlarni o‘z asarlarida bayon etganlar. J.Byuffon (1707-1778)ning ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning ta’siri masalasi ko‘tarilgan. J.B.Lamark (1774-1829) dastlabki evolyusion o‘zgarishda eng muhim omil bo‘lgan tashqi muhit ta’siri deb hisobladi. A.Gumbolt nazariyasida rivojlantirilgan va XIX asrdagi ekologik ma’lumotlar, o‘simliklar geografiyasida yangi ekologik yo‘nalishni ochdi. Iqlim ta’siri tufayli hayvonlar biologiyasiga va tarqalishiga bag‘ishlangan ishlar ham vujudga keldi. K.F.Rule (1814-1858) o‘z tajribasini hayvonlarning atrofini o‘rab olgan tashqi muhit o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni o‘rganishga qaratdi. Ch.Darvin 1859 yilda «Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi» nomli asarida tabiatdagi yashash uchun kurash, ya’ni tur bilan muhit o‘rtasidagi har qanday qarama-qarshiliklarning ko‘rinishlari tabiiy tanlanishga olib keladi va evolyusiyaning harakatlantiruvchi kuchidir deb qaraydi. Bu fanda revolyusion o‘zgarishlar bo‘ldi. XIX asrning ikkinchi yarmida ekologiya fani o‘simliklar va hayvonlarning iqlim omillariga moslanishi o‘rganildi. A.N.Beketov (1825-1902) o‘simliklarning ichki va tashqi tuzilishidagi xususiyatlarni ularning geografik tarqalish bilan bog‘liqligi hamda fiziologik usullarning ekologiya uchun katta axamiyatga ega ekanligini ilmiy jihatdan asoslab berdi. Bunday tadqiqot ishlar hayvonlar hayoti misolida A.F.Middendorf tomonidan olib borildi. 1877 yilda nemis gidrobiologi K.Myobius biotsenozlar haqidagi tasavvurlarini asoslab berdi. Jamolarni o‘rganish turli uslublar bilan va o‘simliklar jamaosi ekologiyasining mustaqil turi sifatida ajralib chiqdi. O‘simliklar jamoasi haqida G.F.Morozov va F.N.Sukachev batafsil fikr yuritib, bu sohaga asos soldilar. Rus olimlari V.N.Sukachev, B.A.Keller, V.V.Alexin, V.G.Ramenskiy, A.P.Shennikov va chet ellik olimlardan F.Klementes, K.Raunkiev, T.Dyu Rie, I.Broun-Blanxe va boshqalarning fitotseologiya ishlari umumiy biotsenologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. 30-40-yillarda hayvonlar ekologiyasi bo‘yicha umumiy ekologiyaning nazariy masalalari bilan birgalikda yangi ma’lumotlar to‘plana boshladi. Umumiy ekologiyaning rivojlanishida D.Kashkarevning «Muhit va jamoa» deb nomlangan O‘rta Osiyo universitetida o‘qigan ma’ruzalari keyinchalik «Hayvonlar ekologiyasi asoslari» nomi bilan birinchi yozilgan darslik bo‘lib qoldi.[ ] Hayvonlarning mofologik va evolyusion ekologiyasini rivojlantirishda M.S.Gilyarov, S.S.Shvarslar katta hissa qo‘shdilar. [ ] I.S.Serebryakov tomonidan gulli o‘simliklarning hayot shakllari tafsiloti ishlab chiqildi. [ ] 1940 yillarning boshlarida tabiiy tizimlarni o‘rganish jarayonida yangi yo‘nalish kelib chiqdi. 1935 yili ingliz olimi A.Tensli ekosistemalar [ ], 1942 yilda esa V.N.Sukachev biogeotsenozlar haqida ta’limotni ilgari surdilar. [ ]. 50-yillarning boshlarida G.Odum, Yu.Odum, R. Uitekker, R.Margalev va boshqalar biologik maxsuldorlikning nazariy asoslarini yaratish borasida ish olib bordilar. Ekosistemalik tahlilning rivojlanishi biosferani yangi, ya’ni ekologik asosda o‘rganish imkonini yaratdi. Biosfera haqidagi ta’limot XX asrning yirik tabiatshunos olimi V.I.Vernadskiy nomi bilan bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda «Inson va biosfera» mavzuidagi ilmiy-tadqiqot ishlar tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi asosiy qonuniyatlarni yanada chuqurroq o‘rganishga qaratilgan va shuni davr taqozo etmoqda. Ekologik ta’lim-tarbiya, maktabdagi umumta’lim tarbiya mazmunini takomillashtiruvchi yo‘nalishlardan biri, kelajak avlodni mehnat va hayotga tayyorlovchi vosita. Shu sababdan ham ekologik ta’lim-tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Insonning ijtimoiy-tabiiy muhit bilan pedagogik nuqtai nazardan o‘zaro aloqasini tahlil etish asnosida ikkita o‘zaro chambarchas bog‘langan yo‘nalishni alohida ko‘rsatish mumkin: -ijtimoiy-tabiiy muhitdan shaxsni tarbiyalovchi vosita sifatida foydalanish. -ijtimoiy-tabiiy muhitga ma’lum bir munosabatni tarbiyalash. Birinchi yo‘nalish klassik Sharq va Yevropa maktablarining pedagogik asarlarida uchraydi. Shaxsning axloqiy kamolotida tabiatning ahamiyati katta ekanligi K.D.Ushinskiyning asarlarida o‘z aksini topgan: «Meni pedagogikada buzg‘unchi deb o‘ylashingiz mumkin, ammo o‘z kuzatishlarim natijasida tabiat qo‘ynining yoshlar qalbiga ta’siri har qanday pedagogning ta’siri bilan bemalol bellasha oladi degan e’tiqod tug‘ildi menda». V.A.Suxomlinskiy asarlarida mehnat va jismoniy tarbiyada tabiatning ahamiyatini ko‘rsatib berilgan. Uning fikricha, tabiat go‘zalligini ko‘ra olish bolada go‘zallik yaratishga ishtiyoq uyg‘otadi. Buni qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish, maktabning faoliyati va vazifasidir. V.A.Suxomlinskiy o‘zining butun pedagogik faoliyati davomida tabiat, mehnat, barcha atrof-muhitga nisbatan rag‘batlantiruvchanlik,ibtidosini rivojlantirish, gumanistik g‘oya va e’tiqodlarning shakllantirish vositasi ekanligini isbot qilib keldi. O‘zbek pedagog olimlari Abdurashidxon Munavvar-Qori, Abdulla Avloniy va boshqalar ham tabiat va tabiatni asrash faoliyatiga tarbiya vositasi sifatida qaraganlar. Inson bilan tabiatning o‘zaro aloqasining ikkinchi pedagogik yo‘nalishi, uning nisbatan ma’lum bir munosabatini uyotishdir. U tabiat boyliklaridan foydalanish va uni asrashni ko‘rsatuvchi qonunchilik hujjatlari ekologik ta’limotni taraqqiy etishiga turtki beradi va asos bo‘lib xizmat qiladi.() D.N.Kaygorodov, V.V.Polovsov, B.E.Raykovlarning ishlarida ham tabiatni to‘laligicha idrok etishning ahamiyati, ob’ektlari bilan bevosita aloqaning roli ta’kidlanadi. Ular tabiat haqidagi ilmiy bilimlar bilan uni hissiy idrok etishni maqbullashtirish zarurligiga e’tiborni qaratadilar, ekologiya, atrof-muhit, ekologik ta’lim sohasida anchagina tadqiqot ishlarini olib bordilar. Shulardan ko‘rinib turibdiki, ekologiyaning ijtimoiy ahamiyati ortib bormoqda va u tabiatni muhofaza qilishi va undan oqilona foydalanishning nazariy asosi hisobanadi. Bular ekologik ta’limni rivojlanishiga asos soldilar. Ekologik ta’lim-tarbiya bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ichida, ekologik tarbiyaning mazariy asoslarini yaratgan olimlarni alohida ko‘rsatish mumkin: Ekologik tarbiyaning nazariy aspektlarini yaratgan I.D.Zverev - ekologiya maktab ta’lim va tarbiyasining yangi sohasi ekanligini ko‘rsatgan [30, 31-bet]. A.N.Zaxlebniy – maktab va tabiatni muhofaza qilish muammolari, tabiatni muhofaza qilish muammolari ta’limi, ekologik ta’limning maqsad, vazifa va prinsiplarini ishlab chiqqan. [34], A.P.Sidelkovskiy - maktab o‘quvchilarining tabiatga munosabatini shakllantirish omillari [ ],E.S.Slastenina [ ], S.N.Glazachev [ ], A.V.Mironov [ ], A.V.Afonin [ ] o‘quvchilarni tayyorlashda ekologik ta’lim masalalari [73,24,50,16]tatqiq etganlar. Ya.I.Gabaev darsda va darsdan tashqari ishlar jarayonida botanika va zoologiyani o‘rganish bilan bog‘liq ravishda tabiatni muhofaza qilish asoslarini ishlab chiqdi [ ]. A.R.Motova shahar tipidagi maktablarning V-VIII sinflarida maktab yer uchastkasida va maktabdan tashqari tadbirlarda tabiatni asrash bo‘yicha yumushlar tizimini ochib berdi Hozir biologiya va geografiyani o‘rganish jarayonida tabiatga munosabat masalalari bilan biologlar - I.T.Suravegina, I.N.Ponomareva, G.S.Kalinova L. M. Averina, geograflar - N. S. Matsurov, T. V. Kucherlar tadqiqot olib borganlar. V.D.Lisenko bolalar bog‘chasi va maktabda tabiatni o‘rganishning (O‘simlik dunyosi materiali asosida) davomiyligi muammosini o‘rganish [ ]. P.G.Samorukova maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasini yaratadi [ ]. O.N.Sorosskaya tayyorlov va birinchi sinflar uchun «Atrof-olam bilan tanishuv» bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib boradi [ ]. L.P.Salaeva kichik sinf o‘quvchilarini yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan shaxsiy, hissiy, irodani o‘z ichiga olgan murakab kompleks ta’lim sifatidagi tabiatga munosabatni tadqiq etadi. V.A.Minaeva tabiatdagi o‘zaro aloqalarni chuqur tushunishga qaratilgan yetakchi tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan ekologik tarbiyaning asosini tashkil etishni ko‘rsatadi: [ ]. A) jonsiz tabiatda mavsumiy o‘zgarishlar va ularning sabablari; B) jonsiz tabiatning o‘simlik va jonivorlar hayotiga ta’siri; V) o‘simlik va jonivorlar o‘rtasidagi aloqa; G) tabiatdan foydalanish imkoniyatlarini va insonning unga ta’siri. Atrof-muhit bilan tanishuv dasturi maktabda 1-o‘quv yilidan ekologik tarbiyani boshlash imkonini beradi. L.D.Bobilova oila va maktabning hamkorligi muammolarini tadqiq etadi [ ]. Tabiatshunoslik darsida o‘quvchilarning ekologik bilimlari tizimini shakllanishi va rivojlanish masalasi bilan L.V.Simonova shug‘ullanmoqda [ ], tabiatshunoslik darsida fanlararo asosda o‘quvchilarning ekologik bilimini shakllanishini Ye.AGrineva tekshirmoqda [ ]. Bu tadqiqotlar ekologik tarbiyani maktabdagi boshlang‘ich bo‘g‘inidan o‘rtaga o‘tish masalasini ko‘rib chiqadi. Keyingi paytlarda ekologik tarbiya vositalari orasida tadqiqotchilar tomonidan faqat o‘quv predmetlari emas, balki darsdan tashqari faoliyat ham ko‘rib chiqilmoqda. [ ] Keyingi paytlarda ekologik tarbiya vositalari orasida tadqiqotchilar orasida, tadqiqotchilar tomonidan faqa to‘quv predmetlarini emas, balki darsdan tashqarii faoliyati ham ko‘rib chiqilmoqda [ ]. Tabiat muhiti o‘quvchilar hayot faoliyatining zarur sohasi sifatida [ ], yosh o‘quvchilarning maktabda ekskursiya faoliyati, o‘quvchining ahloqiy faoliyati aspektida, unga tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalash kabidir. [ ]. So‘nggi yigirma yillar ichida ekologik ta’lim va tarbiya muammolarini tadqiq etishga o‘zbek olimlari ham o‘z hisssalarini qo‘shdilar: E.Turdiqulov fizika, B.Qo‘lturaev ximiya, A.I.Xo‘jamberdiev, M.Mirboboev tabiatda sodir bo‘ladigan hodisalar, geografiya va biologiya kabi o‘quv fanlarining o‘quvchilar ekologik ta’lim-tarbiyasidagi imkoniyatlari tadqiq etildi. B.Mirzahmedov [ ], L.Xudoyberdinva (masalalar yechish) [ ], M.I.Nazarov [ ], Sh.Avazov [ ], A.Hakimov [ ], N.Ashurova [ ], G.A.Sultarova, M.Nishonboeva [ ] kabi tadqiqotchilar maktab o‘quvchilarini tarbiyalash bo‘yicha, ekologiy ta’lim-tarbiyani amalga oshiri bo‘yicha qator tadqiqotlarni amalga oshirdilar. Shunday qilib, ekologik ta’lim-tarbiyani o‘rni va rolini aniqlash, ekologik tarbiya mohiyati, turli yoshdagi bolalarning yosh psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ekologik ta’lim-tarbiyaning samarali shakl va usullari ajratib ko‘rsatish va asoslash masalalari o‘zbek olimlarining diqqat markazida turibdi. O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega. Shuningdek, o‘tgan buyuk allomalarimizning ham tabiat, tirik organizmlar va ularning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqalariga doir masalalarga to‘xtalib o‘tganligining guvohi bo‘ldik. O‘rta Osiyo o‘simliklar olamini o‘rganish M.S. Popov, Ye.P. Korovin, K.Z.Zokirov, A.M. Muzaffarov, I.I.Granitov, S.S.Sahobiddinov, M.M.Nabiev, A.I.Vvedenskiy, A.Budkov kabi olimlar nomi bilan bog‘langan. Ilmiy yo‘nalishlar o‘simliklar olamini muntazam tahlil qilish, geobotanik jihatdan o‘rganish, ulardan oqilona foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish, foydali o‘simliklarni ko‘paytirish, o‘tloqlarni unumdorligini oshirish, o‘sadigan yem-hashak va xom ashyo manbai hisoblanuvchi o‘simliklarning morfogenezi, fiziologiyasi, cho‘l o‘simliklarining ekologiyasi, geologiyasi yanada keng o‘rganilib serhosil o‘simlik turlarini cho‘l sharoitida moslashtirish kabi sohalarda olib borilgan. Ekologik yo‘nalish uslubining mohiyati shu bilan belgilanadiki, botaniklar flora tarkibini o‘rganish bilan birgalikda o‘simlikka organizm sifatida, uning ekologiyasiga va u yoki bu tuproq turiga munosabatni tekshirdilar. Ayniqsa, o‘simliklar ayrim turlarining ekologiyasini o‘rganish ishlari ga ko‘p e’tibor berildi. Bu ishlar Ye.P.Korovin, M.V.Kultiasov va M.S.Popovlarning nomlari bilan bog‘liqdir. Ularning ish uslublarida Qozon geobotanika maktabining ishlariga e’tibor berildi. Bunda ekologik sharoitning o‘zgarishiga evolyusiya jarayonining yo‘naltiruvchi omili deb qaraldi. O‘zbekistonda ekologik yo‘nalishdagi ishlarning asoschilari D.N.Kashkarev va Ye.P.Korovinlar hisoblanadi. Ular ekologik –ilmiy-tadqiqotlarni rejalashtirish va ekologik mutaxassilar tayyorlash masalasini o‘rtaga tashlagan va uning nihoyatda zarur ekanligini ta’kidlaganlar. 1945-yillardan so‘ng ekologik tadqiqotlarni tajriba asosida olib borish keng quloch yoydi. Ye.P.Korovin, I.I.Granitov kabi olimlar rahbarligida cho‘l mintaqasidagi yaylovlarni yaxshilash borasida u yerdagi o‘ziga xos kserofit-ekologik guruhga mansub o‘simliklarni o‘rganishga kirishildi. Ekologik ishlarning dolzarbligi munosabati bilan O‘zbekiston FA Botanika institutida V.A.Burigin rahbarligida «O‘simliklar ekologiyasi laboratoriyasi» tashkil etildi. Ushbu laboratoriya xodimlari cho‘l va chala cho‘l sharoitida o‘simliklarni moslanishini o‘rgandilar. Natijada tog‘ oldi mintaqalarida fitomeliorativ ishlarining rivojalanish asosi ishlab chiqildi. Keyinchalik bu ishlar amalda O.X. Xasanov, R.S.Vernik va boshqalar tomonidan davom ettirildi. Biosfera asosiy geografik qobiqning bir qismi. Geografiyani o‘rganish muammolari: M.Mo‘minov,S.Turaev, P.Musaev, Sh.Avazov, M.Hoshimova, va boshqalarning ishlarida batafsil hal etilgan [ ]. So‘nggi yigirma yillar ichida ekologik ta’lim va tarbiya muammolarini tadqiq etishga o‘zbek olimlari ham o‘z hissalarini qo‘shdilar. E.Turdiqulov tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarga ekologik ta’lim berishning nazariy asoslarini, ekologik ta’lim konsepsiyasini yaratdi.E.Turdiqulov fizika, B.Qulto‘raev ximiya, A.I.Xo‘jamberdiev, M.Mirboboev tabiatda sodir bo‘ladigan hodisalar geografiya va biologiya kabi o‘quv fanlarining o‘quvchilarni ekologik ta’lim-tarbiyasidagi imkoniyatlari tadqiq etildi. B.Mirzaahmedov [ ], L.Xudoyberdieva (masalalar yechish) [ ], M.I.Nazarov [ ], Sh.Avazov [ ], A.Xakimov [ ], N.Ashurova[ ], G.A. Sultanova [ ], M.Nishonboeva [ ] kabi tadqiqotchilar maktab o‘quvchilarini ekologik tarbiyalash bo‘yicha qator tadqiqotlarni amalga oshirdilar. Shunday qilib, ekologik tarbiyaning o‘rni va rolini aniqlash, ekologik tarbiya mohiyati turli yoshdagi bolalarning yoshi, psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ekologik ta’lim va tarbiyaning samarali shakl va usullarini ajratib ko‘rsatish va asoslash masalalari, o‘zbek olimlarini diqqat markazida turibdi. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, ekologiyaning ijtimoiy roli ortib bormoqda va u tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishning nazariy asosi hisoblanadi. Respublikamizda maxsus ta’lim tizimida ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishga ham mustaqillik yillaridan so‘ng katta e’tibor berilla boshladi. «Nogiron bolalarni ijtimoiy himoyalashni yanada kuchaytirish» bo‘yicha 2017 yil 7 avgust chora-tadbirlar dasturi va tegishli qonunlar majmui olib borilayotgan ishlarimizda asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu farmon va qonunlar ijrosini amalga oshirish masalasi ta’limga oid barcha muassasalar qatori Nizomiy nomli TDPU Defektologiya fakultetida maxsus ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, me’yoriy hujjatlar, nizom, o‘quv reja, dasturlar, metodik majmualarni ishlab chiqi shva Yana shu nazariy bilimlarni amaliyotga joriy etish yuzasidan katta tajriba va ilmiy potensialga egadir. Bular defektologiya fakulteti professorlari, pedagogika fanlari doktorlari L.R.Mo‘minova, G.Shoumarov, professor V.S.Rahmonova, dotsentlar A.Sagatov, G.Sodiqova, K.Mamedov, P.Po‘latova, M.Ayupova, X.Po‘latovalar, D.Nurkeldieva, M.Xamidova, L.Nurmuhamedova, N.Musaevalar va boshqalardir. Respublikamizda esa aqli zaif bolalarni korreksion o‘qitish va tarbiyalash masalalarini S.Sh.Aytmetov, A.Sh.Sagatov, S.S.Rahmonov, P.Po‘latovalar o‘z ilmiy izlanishlarida yoritib berganlar. D.A.Gordienko o‘z ilmiy izlanishlarida aqli zaif bolalarni yozma nutqga o‘rgatishning ilmiy-pedagogik asoslarini tahlil qilib, aqli zaif bolalarda idrok jarayonlarining rivojlanishi xususiyatlari, katta maktab yoshidagi oligofren bolalarning bog‘langan yozma nutqini takomillashtirishning samarali yo‘llari, usullarini yoritib bergan. V.S.Rahmonova yordamchi maktablarda aqli zaif bolalarni savodga o‘rgatish masalasi bo‘yicha ilmiy izlanish olib borib, aqli zaif bolalarning psixologik faoliyatlarining o‘ziga xosligi va o‘zbek tilining xususiyatlarini e’tiborga olmay turib, yordamchi maktab o‘quvchilarida o‘qish hamda yozish malakalarini shakllantirish qiyinligi va uning didaktik talablarga javob bermasligini ko‘rsatib berdi. Izlanishda V.S.Rahmonova o‘zbek tili fonetikasi, grafikasi va aqli zaif bolalarning psixofiziologik xususiyatlarini e’tiborga olib, ularda dastlabki yozuv va o‘qish malakalarini shakllantirishga qaratilgan korreksion mashqlar tizimi ishlab chiqdirlar. Aqli zaif o‘smirlarda chidamlikni tarbiyaga qaratilgan ilmiy izlanishda G.A.Sodiqova 11-14 yoshdagi O‘zbekistonda yashovchi aqli zaif bolalar o‘zlarining jismoniy rivojlanishi, chidamliligi va jismoniy ish qobiliyati bo‘yicha me’yorda rivojlanayotgan tengdoshlaridan orqada qolishlarini ko‘rsatib berdi. Tadqiqot materiallari aqli zaif bolalarda umumiy dinamik va turg‘un chidamlilikni tarkib topishini tarbiyalash bo‘yicha korreksion ishlarning omilkorligini maxsus jismoniy mashqlar vositasida oshirish mumkinligini ko‘rsatdi. Chidamlilikni shakllantirish aqli zaif bolalarda ijobiy shaxs xususiyatlarini tarkib toptirishga va bilish faoliyatini korreksiyalashga yordam beradi. P.M.Po‘latova o‘zining ilmiy izlanishlarida aqli zaif o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning mustaqil faoliyatlarining imkoniyatlari, qiziqishlarini e’tbrga olgan holda sinfdan tashqarii o‘qish darslari uchun gazeta materiallarini saralash mezonlarini asoslab, ularning mavzu doirasi janrlari*, tuzilishi va taviya etiladigan matnlarning mazmunini ko‘rsatib bergan. Izlanishda gazeta materiallari bilan tanishish aqli zaif o‘quvchilarning umumiy rivojlanishi darajasini oshirishga, bilim va nutqiy faoliyatlarini takomillashtirishga ijobiy ta’sir etishi ta’kidlab o‘tilgan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning tahlili aqli zaif bolalar kasb-hunarga yo‘naltirishda korreksion ishlarning ba’zi tomonlarini yoritib beradi, ammo ular aqli zaif o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda korreksion mehnat dasrlari jarayonida aqli zaif o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning o‘ziga xos o‘zlashtirib olish xususiyatlari, aqli ziflikda ahloqiy shakllanishiga to‘siq bo‘ladigan qiyinchiliklar haqida to‘liq tushuncha berish imkoniga ega emas. Respublikamizda va chet mamlakatlarda aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishini o‘rganishga qaratilgan ilmiy izlanishlarning deyarli barchasi mehnatga o‘rgatishga qaratilgan. Shu boisdan ham aqli zaif o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning tlmonlama va baocha bosqichlarida o‘rganilishi lozim, deb hisoblaymiz. Aqli zaif o‘quvchilarga korreksion ta’lim-tarbiya berish respublikamiz defektologlari oldiga yanada samarali ishlar mazmunini takomillashtirish vazifasini qo‘ymoqda. Natijalari bo‘yicha muallif tovushlar talaffuzining asosida yotadigan etnopatogenik omillarni ko‘rsata oladi. L.R.Mo‘minova o‘z izlanishlarida maktabgacha yoshdagi o‘zbek bolalarida uchraydigan to‘liq rivojlanmagan nutqning uchta darajasiga tavsif berib, bolalarda aloqa qilish funksiyasining buzilishlarini izohlaydi. Birinchi darajadagi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarda atrofdagilar bilan aloqa qilishi vaziyatli chegaralanib, imo-ishoralardan foydalanadilar. Ikkinchi darajadagi nutqi to‘liq rivojlanmaganbolalarning aloqa qilish funksiyasi yaqqol (konkret) vaziyatga keskin bog‘langan, buzib talaffuz etiladigan soda maishiy so‘zlardan iborat bo‘ladi. Uchinchi darajada esa rejalashtirilgan aloqa funksiyasigina shakllanganligi kuzatiladi. Shuningdek, L.R.Mo‘minova tomonidan maktabgacha yoshdagi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning nutqini logopedik tekshirishning tizimi, maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish bo‘yicha korreksion-logopedik tizimi ishlab chiqilgan. Ye.A.Babaeva bilingvizm (ikki tillik) muhitida tarbiyalanayotgan nutqiy patalogiyasi mavjud bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash muammosi,N.Musaeva bo‘yicha ilmiy izlanish olib borgan. Ushbu toifadagi bolalarning nutqini o‘rganish, shuningdek, o‘zbek va rus tillarida olib borilgan tekshirishlarning natijalari nutqi to‘liq rivojlanmagan o‘quvchilar guruhining polimorfligini ko‘rsatdi. Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi o‘zbek va rus tillarining tillar tizimidagi tafrvutlaridan kelib chiqqan leksik, fonetik va sintaktik darajadagi nuqsonlarning ustunligi, mavjudligi bilan xarakterlanadi. I.G.Veretennikovaning izlanishlarida maktabgacha yoshdagi nutqi to‘liq rivojlanmagan katta bolalarning mehnat tarbiyasi jarayonida ularning nutqini o‘stirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Bolalar nutqini rivojlanishida mehnat faoliyatining didaktik ta’siri asoslanib berilib, maxsus bolalar bog‘chalarida bu muammoni muvaffaqiyatli hao etilishining pedagogik shartlari ko‘rsatib berilgan. I.G.Veretennikova nutqt to‘liq rivojlanmagan bolalarning turli mehnat faoliyatlaridan nutqdan foydalana olish imkoniyatlarini tahlil qilib, kishilarning kasbiy faoliyatlari, teshirilayotganlarning xususiyatiga mos tasavvurlarini aniqlash va chuqurlashtirish maqsadida ularning lug‘atini boyitish, shuningdek, ijtimoiy moslashtirish imkoniyatlarini kengaytirish usullarini ishlab chiqadigan. M.Yu.Ayupovaning olib borgan ilmiy izlanishida maktabgacha yoshidagi o‘zbek bolalarning nutqida kuzatilgan fonetik-fonematik kamchiliklar o‘rganilib, logopedik ta’sir tizimi ishlab chiqildi, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqidagi tovushlar talaffuzidagi buzilish muammolari yoritib berildi. X.M.Po‘latovaning izlanishlarida maktabgacha yoshdagi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning nutqini faollashtirish masalasi o‘rganilgan. L.Sh.Nurmuhamedovaning nogiron bolalarni oilada tarbiyalashga doir muammolar yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari esa Abu Ali ibn Sino ta’lumotlarini defektolog kadrlar tayyorlashdagi roli va axamiyati, metodikalari yoritib berilgan. N. Musaevaning............. Bu muammo yuzasidan adabiyotlarni tahlil qilish asosida quyidagi holatlarni kuzatish mumkin: Intellektual kamchiligi bo‘lgan bolalar ekologik ta’lim-tarbiyasiga oidilmiy adqiqot ishlari lib borilmagan. Zero aqli zaif o‘quvchilar sog‘lom tengdshlari qatorida ekologik savodxon bo‘lishi, o‘zini o‘rab turgan atrof-muhitdagi, jonli va jonsiz tabiatga to‘g‘ri munosabatda, ehtiyotkorlik, tejamkorlik, mehr-muruvatlilik kabi hislatlarni egallashlari kerak. Buning uchun mahsus korreksion ekologik ta’lim olishlari zarur.Buning uchun quyidagi: Ekologik muammoga umumbashariy milliy va o‘lkashunoslik nuqtai nazaridan yondashuvning tizimliligi va izchilligi nuqtai nazarida tayanish; Koreksion arbiyadagi ekologik yo‘nalish intellektual kamchiligi bo‘lgan shaxsni shakllanishidagi muhitning ijtimoiy va tabiiy omillar o‘zaro aloqasiga yo‘naltirilgan bo‘lishligi; Ekologik bilimlar tizimida barcha fanlar uchun xos xususiyat bo‘lgan yetakchi g‘oya, tushuncha, faktlarni ajratib ko‘rsatilishi lozim. Muammoni holatini umumiy tahlil qilish natijasida ma’lum bo‘ldiki, ekologik ta’lim va tarbiyaning nazariy va amaliy masalalarini hal etishda ma’lum darajada ishlar qilingan. Ammo muammoning ko‘pgina yo‘nalishlari tadqiq etilmay qolmoqda. Maxsus ta’lim tizimida gumanitar fanlardan ekologik ta’lim va tarbiya vositasi sifatida foydalanish haqida tadqiqotlar yetarlikcha amalga oshirilmagan . Alohida yordamga muhtoj ( zaif ko‘ruvchi, zaif eshituvchi, akli zaif o‘quvchilarni ekologik ruxda tarbiyalashning pedagogik, metodik asoslarini, ularning o‘ziga xos mohiyatini, o‘quvchilarning ekologik madaniyatlarini shakllantirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘zbek o‘quvchilarida yo‘qligi aniqlandi. Maxs pedagogikada o‘quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berish, ekologik ruhda tarbiyalash dolzarbligi, davr taqozosi ekanligi va boshqara olish mumkin bo‘lgan jarayon, uning muvaffaqiyati, uni bajarishning maqsadga muvofiqligi, ilmiy asoslanganligi bilan ifodalanadi.
Xulosa kilib shuni aytish mumkinki, tanlangan tadqiqot mavzusining dolzarbligi quyidagilarda o‘z ifodasini topdi: 1. Maxsus maktab o‘quvchilarida ekologik tarbiyaga oid tushunchalar, bilimlarni o‘zlashtirishga qiziqish, ekologik faollikni,tejamkorlikni tarbiyalash korreksion ekologik savodxonlikni, ekologik ta’lim-tarbiyani, ekologik madaniyatni shakllantirish bilan bog‘liqligi. 2. Maxsus maktab o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaga oid tushuncha, bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bo‘yicha ilmiy tadqikotlar olib borilmaganligi. 3. Jamiyatimizda sog‘lom bolalar qatori nogiron imkoniyati cheklangan bolalar ham ta’lim olish xukukiga ega ekanligi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Hadisi-sharifda ekologik ta'lim-tarbiya mazmuni qanday yoritilgan?
2. “Avesto”da ekologik ta'lim-tarbiya mazmuni qanday yoritilgan?
3. Abu Ali ibn Sino asarlarida ekologik ta'lim-tarbiya haqidagi fikrlarni klaster orqali yoriting
4. Ekologiyaning jahon miqyosida rivojlanishini yoritib bering
5. V.A.Suxomlinskiy qarashlarida ekologik ta'lim-tarbiyaning o'ziga xosligi nimada?
6. V.A.Minayevaning qarashlarida ekologik tarbiyaning ko'rsatkichlarini sanang
7. Jahon olimlarining ekologik ta'lim sohasidagi g'oyalari
Download 37.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling