Mavzu: Sharq uyg‘onish davrida ta’lim va tarbiya masalalari


Download 37.8 Kb.
bet1/2
Sana15.02.2023
Hajmi37.8 Kb.
#1199142
  1   2
Bog'liq
2-mavzu. Sharq uyg‘onish davrida ta’lim va tarbiya masalalari


Mavzu: Sharq uyg‘onish davrida ta’lim va tarbiya masalalari.
Reja:
1. Ekologik ta'lim-tarbiyaning “Avesto”da yoritilganligi
2. Hadisi-Sharifda ekologik ta'lim-tarbiya
3. Buyuk allomalarimiz asarlarida ekologik ta'lim-tarbiya
Jahon miqyosida bola tarbiyasiga e’tibor qadim-qadimdan boshlanadi. Uning namoyondalari qadimga grek olimi Arximed, Aristotel, Sokrot, Platonlar hisoblanadi. Qaysiki, ular bola tomonidan bilimlarni ixtiyoriy, faol o‘zlashtirilishi ahamiyatini chuqur va har tomonlama asoslab berganlar. Ayniqsa, O‘rta Osiyoda bola tarbiyasi, atrof-muhit muammolariga e’tibor katta bo‘lgan. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» ma’naviyatimizning chinakam qomusi hisoblanadi. Chunki unda insonning ruhiy, ma’naviy olamining rang-barang qirralariga oid fikrlar o‘z aksini topgan. Avestoda muallim va ustozlar ma’naviyat darg‘alari sifatida madh etilgan: «Shaharu-qishloqlarda, qolaversa, butun mamlakatda xalqqa ma’naviyatdan ta’lim beradigan muallimlarni, o‘sha yo‘lni tutganlari uchun, har bir xonadonga ahkomlarni olib kirib, el ardog‘iga sohib bo‘lganliklari uchun madh etamiz, olqishlaymiz». Zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra, har bir mazdoparast ruhan va xulqan komilligi uning yaxshilikka yuz tutib, rost yo‘lni tanlab, dunyoviy bilimlarni o‘rganib, o‘z kasbini e’zozlagan holda Axuramazda farzlarini nechog‘lik ado etishi bilan belgilanadi. Zero, qo‘sh haydab, don ekkan, chorvani parvarishlab, cho‘lda bog‘ yaratgan, yerning zaxini qochirib, sho‘rini yuvib, ziroat ekkan zardushtiyning ravoni pok, hulqi xush, amali chin bo‘lishi Bilan kursatilgan. «Yaxshilik yo‘lini ko‘rsatgan, bizni yaxshilik chorrahasiga eltgan mazdoning eng rost donishini qabul qilamiz. Chunki u barcha bilim va hunarlarning kalitidir». «Vendidod» da ta’kidlanishicha, soch-soqol, tirnoqlarni o‘z vaqtida olib turish, yuz, qo‘lni bir kunda besh mahal yuvib yurish insonning ruhi pok, qalbi chog‘ yurishiga asos bulgan. «Avesto»da yer, suv, zamin, xona, badan, kiyim-kechak, oziq-ovqatlarni toza tutish va saqlashga alohida e’tibor berilgan. Unda go‘ristonlarni shahar va qishloqlardan yiroqda tashkil etish, uni o‘rab qo‘yish, murdasho‘ylarni maxsus tozalikka rioya etishi, murda tekkan libos, yerlarni katron qilish xususida fikrlar mavjud. Inson yoki hayvon o‘ligi tushgan soy, ariq, hovuz, quduqlarni bir necha marta katron qilish (suvga to‘ldirib bo‘shatish, yomg‘ir suvi bilan yuvish) ta’kidlanadi. «Avesto»da ko‘rsatilishicha, yerni iflos qilgan va uni asrash qoidalarini buzganlar «400 qamchi» jazosiga giriftor qilingan. «Avesto»dagi muhit tozaligini saqlash va kasalliklarning oldini olish vositalarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin;
1. Axlatlarni berkitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh, kul bilan ko‘mib tashlash. Shu yo‘l bilan mikroblar o‘ldirilgan va kamaytirilgan.
2. Otash, issiqlik va sovuqlik yo‘li bilan yo‘qotish. «Avesto»da otash poklovchi va ofatni ketkazuvchi vosita sanaladi. U bilan kiyim-kechak zararsizlantirilgan.
3. Kimyoviy yo‘l: kul, sirka, sharob, turli giyohlar (isfand, mixak, sadaf, piyoz, aloe, sandal) ni tutatish yo‘li bilan; bularning ko‘pi hozir ham mavjuddir. «Vandifad»ning 5-bobida hayvonlar va parrandalar orqali turli kasalliklarning tarqalishi qayd etilgan. Kasallik tarqatadigan hayvon va hashorotlarni yo‘qotishga da’vat etilgan holda «Avesto»da uy hayvonlarini ehtiyot qilishga da’vat kuchli bo‘lgan [103, 34-bet]. «Avesto»da «Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman, dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir», degan g‘oya ayniksa diqqatga sazovordir. [103, 37-bet]. Ma’naviyatimizning ilk sarchashmalaridan bulgan «Avesto»da iymon-e’tiqodda sobitlik, ilm o‘rganish, kasb-kor egallash, adolatparvarlik, ma’rifat, insoniylik, do‘stlik, vatanparvarlik, ona sayyorani e’zozlashga, hidoyat istashga da’vat bosh masala hisoblanadi. Inson ma’naviy jihatdan pok va komil bo‘lsa, kasb-hunar, ilm bilan halol rizq topib yashasa, uning iymoni but bo‘ladi, el nazaridan qolmaydi. g‘aflat, tanballik, johillikka eltadi,johillik esa bevatanligu, jangarilikka eltadi. Bundaylar tangri qahriga, el la’natiga uchraydilar. Hadisi-Sharifda insonning tabiatga nisbatan munosabatiga, ekologik tarbiyaga katta o‘rin berilgan. Masalan: 542. Hovli sahnini toza tutinglar. 634. Yenglar, ichinglar, kiyininglar, sadaqa qilinglar, ammo, isrof qilmanglar, mag‘rurlanmanglar. 706. Tejab sarflagan kambag‘al bo‘lmaydi. 735. Kishi o‘z bolasiga odobdan ko‘ra afzalroq narsa ato etolmaydi. 732. Kimki daraxt o‘tkazsa yoki ekin eksa, uning mevasidan qush yoki hayvonlar yesa, uning har biridan sadaqa yoziladi. 586. Kishilarga soya beruvchi daraxtni kesgan kishi boshi bilan do‘zaxga tashlanadi. «Qaysi joyda vabo tarqalganligini eshitsangiz, u yerga kirmanglar. Agar sizlar turgan yerga vabo tushsa, u yerdan qochib ketmanglar» [54, 57-bet]; «Xilol qilinglar (tish, soqol, panja oralariga barmoq tiqish), chunki u pokizalikdir» [54, 77-bet]; «Safar qilinglar, sog‘lom bo‘lasizlar» [54, 80-bet]. «Agar hayvonlarga berayotgan azoblaringiz kechirilsa, sizning ko‘p narsalaringiz kechirilgan bo‘ladi» [54, 101-bet]. «Qo‘lidagi ovqat moylarini yuvmay uxlagan odamga biror ofat yetsa, o‘zidak ko‘rsin» [54, 111-bet]. «Joni bor narsani o‘q otishda nishon qilmanglar» [54, 113-bet]. Muhammal alayhissalom Hadislarida «Men yetimning kafilligini olgan odam bilan jannatda birga bo‘lurman», «Ko‘zi ojiz kishini kim qirq qadam yetaklasa, gunohi to‘kiladi va u jannatga kiradi», «Nogiron miskin-bechoralarga yordam beruvchi kishi go‘yo tangri yo‘lida jihod qiluvchi yoki kechalari ibodat qiluvchi, kunduzlari ro‘za tutuvchilar bilan barobardir» deyilgan. «Qarovchisiz qolgan mo‘minlar oilalariga kechayu-kunduz moddiy yordam ko‘rsatib yuruvchi odamning gunohlarini tangri kechirib yuboradi» (Axloq-odobga oid xadis namunalari. Toshkent, «Fan». 1990, 56, 98, 151 betlar). Hadisda ko‘p muammolarga e’tibor berilgan: yetim-yesirlarga, nogiron, yordamga muhtoj bolalarga, qarovsiz, bebosh bo‘lib yurgan bolalarga moddiy, ma’naviy va ma’rifiy yordam ko‘rsatish, ularni katta qilish, maxsus ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunarga o‘rgatish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish, ijtimoiy hayotga tayyorlash vazifalari qo‘yiladi. Nogiron va yordamga muhtoj bolalarga ta’lim-tarbiya berish, miskin-bechoralarga ko‘maklashishga chorlaydi. Ma’lum bir sabablarga ko‘ra, yoki og‘ir kasalliklar tufayli, yoki mayib-majruh bo‘lib, kar, kar-soqov bo‘lib, mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolishi sababidan har tomonlama nochor ahvolga tushib qoladilar. Ana shu ko‘r, kar, kar-soqov, aqli zaif bo‘lib qolganlar, g‘oyatda miskin-bechoralik azobini boshdan kechiradilar. Ular ham insonlaru, jamiyatimizning a’zolari-ku, shu bois davlat e’tiboridan, nazaridan chetda qolmasligi kerak. Ilm, madaniyat, ekologiyaga oid fikrlari bilan tabiatga mehr-muruvvatli bo‘lish borasida Markaziy Osiyo olimlari dunyo madaniyatining oldingi qatoridan o‘rin olganlar, jumladan, Abu Nasr Forobiy O‘rta asr Sharqning birinchi faylasufi, musiqashunos, shoir, qomusiy olim sifatida shuhrat qozondi. «Aql haqida risola», «Falsafadan oldin nimani o‘rganish kerak?», «Logikaga kirish» kabi 160 dan ortiq maqolalar yaratdi. Sharqda «Ikkinchi muallim» nomi bilan mashhur bobokalonimiz «Fozil odamlar shahri» asarida jamiyatning har bir fuqarosi mansabi, kimligidan qat’iy nazar, fozil inson bo‘lishi kerak, o‘z davlatining barcha qonun-qoidalarini yaxshi bilishi, unga amal qilishi, halqni sevishi, o‘zligini anglab yashashi kerak, degan g‘oyani ilgari surdi. Shu g‘oyalar bilan inson ekologiyasi, ijtimoiy ekologik g‘oyalarini rivojlantiradi. Uning bu haqdagi g‘oyalarini quyidagi fikrlardan anglash mumkin. Ijtimoiy siyosiy hayotning turli masalalari haqida fikr bildirib, uni boshqarish, turli nizolarni oldini olish, kamolatga erishgan jamoani yaratish g‘oyasini olg‘a surdi. Uning «Ideal shahar ahllarining fikrlari», «Ideal jamoa haqida», «Baxt-saodatga erishuv» kabi mashhur asarlari ekologik ta’lim masalalariga bag‘ishlangan. Forobiy gumanizmi uning ta’lim-tarbiya, inson shaxsini kamol toptirish yo‘l-yo‘riqlari, ilm-ma’rifatga erishuv usullari, ijtimoiy muammolarni yechish masalariga xolis yondashuv asosida qurilgan. Forobiy o‘z falsafiy qarashlari hamda pedagogik g‘oyalari bilan Ibn Sino, Beruniy, Bekon, Sinoza kabi olimlarga katta ta’sir o‘tkazadi. Forobiy, Aristotel, Platon, Suqrot, Gippokrat, Pifagor asarlari bilan yaqindan tanishdi, ularga sharhlar yozdi, ta’lim-tarbiyada insonning ma’naviy yuksalishiga katta e’tibor berdi. Forobiy asarlarida insonga ta’lim-tarbiya berish zaruriyati va buning uchun nimaga asoslanish lozimligi, ta’lim-tarbiya usullari, undan kutilgan maqsad masalalari asosiy o‘rin egallaydi. «Baxt-saodatga erishuv xaqida» risolasida olim bilimlarni o‘rganishning tartibini birma-bir sanab o‘tadi. Bilish zarur bo‘lgan ilmlar bu olamning asoslari haqidagi ilmlaridir. Undan so‘ng tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi ilmlarni o‘rganish lozim. keyin esa, jonli tabiat — o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilmlar o‘rganiladi. Bundan keyin insonni o‘rganishga kirishamiz va insonning inson bo‘lishidan kutilgan maqsad va muddaoni o‘rganamiz. Shundan so‘nggina biz inson kamolatiga sabab bo‘ladigan narsalarni o‘rgana boshlash zarurligini ko‘rsatamiz. Inson axloqi to‘g‘risidagi qarashlar Forobiyning ta’limotida asosiy o‘rinni egallaydi. Ta’lim-tarbiyada inson uchun tabiat xodisalaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalana bilish, boshqalar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, jamiyatning haqiqiy a’zosi bo‘lib yetishish, uning ichki-tartib qoidalarini to‘liq o‘rganib, talablarga javob beradigan inson bo‘lib yetishish zaruratini to‘g‘ri anglash lozimligini ilmiy jihatdan asoslab beradi. Forobiy «Ihyo al-ulum» asarida inson bilimi, dunyoqarashining o‘zgarishida tarbiyaning rolini shunday ta’kidlaydi: «Inson yaxshi tarbiya ko‘rmagan va turmushda tajriba orttirmagan bo‘lsa, u ko‘p narsalarni nazarga ilmaydi va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo‘rin ko‘rinadi. U bilim va tajribaga ega bo‘lganidan so‘ng fikri o‘zgaradi, noo‘rin bo‘lib ko‘ringan narsalar zaruriy bo‘lib chiqadi». Forobiy insonning ma’naviy hayotida asosan ikki xil narsaga - aql va ahloqqa e’tibor beradi. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya, uning fikricha, insonning aqliy tomondan ham yetuk, mukammal bo‘lib yetilishiga qaratilmog‘i lozim. Demak, ta’lim-tarbiyaning birdan-bir vazifasi jamiyat talablariga to‘la-to‘kis javob bera oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda, farovonlikda saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal insonni kamol toptirish. Bu esa, hozirgi fan tilida ekologik inson deb ataladi. Forobiyning fikricha, ta’lim-tarbiya ishiga kirishishdan avval odamlarning shaxsiy xislatlarini bilish lozim. Insonning hoxish istaklari, irodasi, yaxshi va yomon tomonlari, qobiliyat darajalari o‘rganilmay turib, tarbiyada yaxshi natijaga erishilmaydi. Forobiy insonning ijtimoiy mohiyatini chuqur his etgan holda, ta’lim-tarbiya jarayonida unga tug‘ma fazilatlarning rivoj topishi bilan ham shakllanishi mumkinligini qayd etadi. Muhit ta’siri, izchil tarbiya yordamida vujudga keluvchi fazilatlar ichida kasb-hunarni, san’atni o‘rganish, ilm egallash inson uchun hal etuvchi ahamiyatga ega. Forobiy biror kasb o‘rganishni, ma’lum san’atni egallash deb hisoblaydi. Forobiy ta’lim berish va tarbiya berishni birdan-bir farqini shunday ta’riflaydi: Ta’lim — so‘z bilan bir narsani uqtirish, o‘rganish bilan amalga oshiriladi, yoshlar nazariy bilimlarni ta’lim yordamida oladilar. Tarbiya esa amaliy faoliyatda namoyon bo‘ladi, yoshlarga u ma’lum ish, harakat, kasb-hunar, odob orqali singdiriladi. Forobiy ijodida ta’lim-tarbiyaning umumiy metodologik masalalari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlari keng tadqiq etilgan. Abu Nasr Forobiy shunday yozadi: «... xar bir moddiy narsa so‘zsiz o‘z vujudiga, o‘ziga xos bo‘lgan martaba, eng yuksak kamolotga erishish uchun borliqqa kelgan. Insonga xos bo‘lgan bu kamolotning nomi eng yetuk baxt-saodat deb ataladi. Insoniylik mohiyati haqiqiy baxt-saodatga erishuv ekan, inson bu maqsadni o‘zining oliy g‘oyasi va istagiga aylantirib, bu yo‘lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt-saodatga erishadi». Shu ma’noda tabiat va jamiyatning taraqqiyoti, insonning baxt-saodati, ekologiya muammolarining qay darajada hal qilinishiga bog‘liqki, bu hol ekologik tarbiyani taqozo qiladi. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan, narsa va hodisalarning o‘zaro ta’siri bilan tushuntirishga urinar ekan, o‘zining «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» asarida ekologiyaga oid fikrlarini bayon qilish bilan birga, insonni tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabat odobini targ‘ib qiladi. Beruniy tabiatshunos sifatida pokizalik tan va ruh pokligiga juda erta e’tibor berish lozimligi va bu tushuncha dastlab oilada shakllantirilishi kerakligini ta’kidlanadi. Qomusiy olimlarimizning asarlarida gigienik va ekologik tarbiyaga oid fikr va mulohazalari ibratli hikoyalar, she’rlar tarzida ham bayon etiladi. Abu Rayxon Beruniy o‘z asarlarida tabiatga oid juda ko‘plab ma’lumotlar beradi. Shu ma’lumotlarda ekologik muammolar xaqida ham ancha fikrlar bildirilgan. Uning asarlarida Osiyo, Sharq mamlakatlarining qazilma boyliklari-yu, dorivor o‘simliklari, hayvonot dunyosi, ularning inson faoliyatidagi axamiyati va ulardan foydalanish to‘g‘risida bir qancha fikrlar bayon qilingan. Ayniqsa, Beruniy o‘zining tabiat qonunlarini bayon etgan «Xindiston», «O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Saydona» kabi asarlarida tropik zonalarda tarqalgan o‘simlik va xayvonot dunyosining o‘ziga xos xususiyatlarini ta’riflaydi. U xozir yashab turgan xayvonlar va o‘simliklar ilgarigi ajdodlaridan tubdan farq qiladi, chunki ular o‘rtasida uzoq tarixiy davr mavjuddir, deydi. Abu Rayxon Beruniy birinchilardan bo‘lib, odamning paydo bo‘lishi xaqida fikr yuritib, irsiyat, ong, sezgi, tafakkur, oliy asab faoliyati va boshqa fiziologik tushunchalarni ilmiy jixatdan yuqori saviyada bayon qiladi. Shuningdek, insonlarning qiyofasi, rangi, tabiati va axloqi turlicha bo‘lishiga sabab, faqat nasablargagina bog‘liq emas, balki tuproq, suv, havo, yerga, ya’ni odamlar yashaydigan joylarga xam bog‘liq ekanligini qayd etadi. Beruniy o‘zining tabiiy, ilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida tabiatdagi hodisalar ma’lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, degan xulosaga keladi. Ularni tashqaridan ta’sir etuvchi har qanday kuch o‘zgartirish qobiliyatiga ega emas. Bu ekologik buzilishga olib keladi, degan fikrni aytadi. Abu Rayhon Beruniyning «Javohirnoma» asaridagi Qutaybaning xotamligi, «Qushchaning uch pand-nasihati» kabi hikoyalari borki, ular mazmunan inson bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, muvofiqlik va muvozanatni ifodalaydi. Xuddi shunday hikoyat, hikmat va tafsillarni Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Abu Xomid /azzoliyning «Nasihat ul-mulk», Muhammad Afviyning «Jomi’ ul-hikoyat», Nosiriddin Burxoniddin o‘g‘li Rabg‘uziyning «Qissai Rabg‘uziy», Jomiyning «Bahriston», Alisher Navoiyning «Maxbub-ul-qulub» asarlarida uchratish mumkin. Insonning atrof-muhitga, tirik jonivorlarga nisbatan mas’uliyatli munosabatda bo‘lishi lozimligi xorazmlik ulug‘ olim Abul Qosim Maxmud az-Zamaxshariy asarida tahlil etiladi. Chunonchi, u «Ayvoni atrofida qushlar uchib qo‘nadigan joyi bo‘lmagan uyga yomg‘ir baraka bermaydi, uning egasi ham erkinlik bilmaydi, joy faqirlikka giriftordir», deb ta’kidlaydi. [7, 55-bet]. Tabiatning buyuk ne’mati hisoblangan yerga munosabat masalasi Kaykovus asarlarida ham o‘z aksini topgan. Jumladan, u «... yerga qancha xizmat qilsang, aziz bo‘lur va hosil berur. Agar xizmat qilmasang, yer yuzi sening yering bo‘lsa ham xech foydasi yo‘qdir, balki zarardir» «Hamma vaqt yerni tarbiya qilgil, dehqonchilik nashidasidan barxudor bahramand bo‘lg‘aysen» [35, 151-bet]. Abu Ali Ibn Sino (980-1037) jahon madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan olimlardan biridir. Yirik qomusiy olim sifatida o‘z davri ilmining deyarli barcha sohalari bilan shug‘ulllangan. Ibn Sino tibbiyot tarixida fizioterapiya asoschilaridan biri hisoblanadi. Kishi organizmiga tashqi muhit ta’siri muhimligini bilgan alloma ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqidagi fikrni bayon etgan, ya’ni u kasallikning yuqishi masalasini hal etishga yaqinlashgan edi. kasallikning ba’zilari yuqumli bo‘ladi. Bular moxov, qo‘tir, chechak, vabo isitmasi, yiringlar, yaralar kabi kasalliklardir. Xususan, bular odamlarning turar joylari tor bo‘lganda, ya’ni aholi zich yashagan joylarda, shuningdek, shamol va boshqalar orqali yuqadi. Abu Ali Ibn Sinoning falsafiy va tabiiy-ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur asari «Kitob ash-shifo», ya’ni Davolash kitobi»da bayon etilgan. Bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek, matematika, kimyo, botanika, zoologiya, asronomiya, psixologiya kabi fanlar xaqida fikrlar bayon etilgan. Jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta ta’sir qildi. U o‘zining «Donishnoma» asarida, tabiatga mehr-muruvvatli bo‘lgan yoshlarni tarbiyasi haqida fikr yuritdi. Ibn Sinoning asarlarida tabiatshunoslikning turli masalalarini o‘z ichiga oluvchi tabiiy falsafaga katta e’tibor beriladi. Bu buyuk alloma o‘zining «Kitob al qonun fit-tabob», «Tib qonunlari», «Kitob ul Kulanje» («Ichak sanchiqlari»), «Tadbir ul- manzil» («Turar joyning tuzilishi»), «Fil xindubo» («Sachratqi o‘simligi xaqida»), «Risola fixifz» («Salomatlikni saqlash xaqida risola») kabi asarlarida kasallikning kelib chiqish sabablari, belgilari, ularning davolash usullari va sog‘liqni saqlash yo‘llari xaqida ma’lumotlar beriladi. Ibn Sino ichki va tashqi muxit (ovqat, havo, iqlim, turmush sharoiti va boshqalar) kasallikning paydo bo‘lishida muxim omil ekanligiga katta e’tibor beradi va shu yerda inson salomatligida va uning ma’naviyatining Sharq xalqlarida, jumladan Markaziy Osiyo xalqlarida qadim zamonlardan boshlab, bolalar va o‘smirlarni gigienik va ekologik tarbiyalashga katta e’tibor berib kelinadi. Abu Rayhon Beruniy insonning fazilatlari haqida fikr bildirar ekan, insonning fazilatlari qimmatbaxo toshdek katta boylik ekanligiga e’tiborni qaratdi. Insonning fazilatlarini, umuman ahloqiy, gigienik ekologik tushunchalarni insonning tabiati bilan bog‘laydi. Insonning hayot sharoiti va tabiiy muhitning muhofazasi masalasi bilan kup vaqtlardan beri gigiena fani shug‘ullanadi. Gigiena fanining hal etish va aniklash vazifasi - bu insonning faoliyati va ta’siri natijasida atmosferada ro‘y berayotgan gigienik o‘zgarishlarning, ya’ni biosferada zaharli elementlarning migratsiyasi va ularning inson organizmiga ta’siri, biosferada konserogen kimyoviy mutogen moddalarning tarqalishi, organizmlarning nomaful zararli moddalarga qarshi kurashishidan iboratdir. Turar joy gigienasi, ovqatlanish gigienasi, bolalar va o‘smirlar gigienasi - bularning xammasi ekologiya va tabiat muxofazasi bilan uzviy borlangandir. Inson salomatligi, uning xayot kechirishi, keksayguniga kadar ish qobiliyatini saklab kolishi ko‘p asrlardan buyon tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Qomusiy olimlardan Abu Ali ibn Sino bolalarga xali tug‘ilmasidan turib g‘amxo‘rlik kilishni, tarbiyani go‘daklik davridan boshlashni ta’kidlaydi. Bolani yetuk inson bo‘lib shakllanishida unga ramxurlik qilish, poklik ozodalik masuliyatni xis etishga o‘rgatish bolani sog‘lom turmush tarziga tayyorlab boradi. Bolani yoshligidan boshlab uni o‘rab turgan atrof-muxitga muxabbat, tug‘ri munosabat, insonlarga, o‘simlik olamiga, hayvonot olamiga nisbatan mehr-muruvvatli bo‘lish, do‘stona munosabatlar tuyg‘usini singdirib borish zarur, deydi olim. "Tib qonunlari" asarida, ayniksa, inson salomatligini saqlashning uning xomiladorlik davridan, tug‘ilganidan umrining oxirigacha bo‘lgan davrida kishi faoliyatining boshqa barcha tomonlari bilan bog‘lab olib borish g‘oyasini ilgari suradi. Olim bolani xar tomonlama ekologik-axloqiy, jismoniy, gigienik tomondan rivojlanishi uning kamolga yetkazishning asosiy mezonlari sifatida talqin etadi. Abu Ali ibn Sinoning gigiena va ekologiya sohasida yozgan ilmiy ishlari alohida e’tiborga sazovordir. Uning "Tib qonunlari" kitobida insoniyat salomatligiga oid barcha ma’lumotlar qamrab olingan. Ibn Sino kasalliklarning oldini oladigan, muxofaza qiladigan amallardan keng foydalanish haqida atroflicha fikr yuritadi. Avvalo insonning pokizaligi, tabiatning musaffo, sulimligi, ovqatlanish tartibi, uyqu, badan tarbiyaning zarurligi kishi hayotiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishini buyuk tabib isbot etgan. Uning fikricha, kishi o‘z salomatligini tadbirkorona muhofaza qila bilsa, uzoq umr ko‘rishi mumkin. U ovqatlanish gigienasiga amal qilmaslik surunkasiga to‘yib ovkat yemaslik organizmni susaytiradi, shuningdek me’yoridan ortiq iste’mol qilish ham zararlidir degan fikrlarni o‘qtiradi. Ibn Sino fikricha gigienik tarbiyani amalga oshirishda badan tarbiya xayotiy bir amal bo‘lib qolishi uni inson yoshi, jinsi va salomatligiga monand holda olib borish lozim. U badanni chiniqtirishda tabiiy omillar: quyosh, toza havo, suv, nabotot olamining barchasidan okilona, tejamkorlik bilan foydalanishni maslahat beradi. Ibn Sino bola tarbiyasi masalalari bilan ko‘p shug‘ullandi. Bolaning gigienik va ekologik tarbiyasi xususida ham bir qator fikrlarni aytadi. U bola dunyoga kelgan kundan boshlaboq uni gigienik tarbiyalashga, gigienik koidalarga amal qilishni o‘rgatib borishga hech kechikmay kirishish zarurligini o‘qtiradi. Ibn Sinoning ovqatlanish, mehnat qilish, dam olish, uxlash, sayr qilish, badan tarbiya, gigienik qoidalarga amal qilish, ekologiyani asrash to‘g‘risidagi fikrlari hozirgi kunda ham o‘z qiymatini yo‘qotmagan. shakllanishida beqiyos ahamiyatga ega ekanligiga e’tiborini qaratadi. Zahriddin Muhammad Bobur (1483-1530). Uning g‘azallari juda jozibador, har kimga manzur. Ammo Bobur faqat shoirgina bo‘lib qolmay, balki podsho, sarkarda, tarixchi, mashshoq, ovchi va bog‘bon, sayyoh hamda tabiatshunos ham bo‘lgan. Bobur asarlari bamisoli tagi yo‘q bir xazinadir. «Boburnoma» Boburning eng yirik asaridir. Asarda Boburning ko‘rgan-kechirganlari, yurgan joylarining tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari, hayvonlari, o‘simliklari va boshqalar tasvirlangan. Asarda yer, suv, havo, turli tabiiy hodisalarga tegishli xalq so‘zlari ko‘plab topilgan. Bobur o‘z asarida har bir hududni ma’lum bir tartibda tasvirlaydi. Avvalo, joyning geografik o‘rni, so‘ngra qaysi iqlimga mansubligi, xar xil shifobaxsh joylari, o‘simliklari, qazilmalari, hayvonoti va aholisi beriladi. Bobur tabiatdagi ba’zi hodisalarni tasvirlaganda ularni mutlaqo mo‘jizalarga bog‘lamaydi. U ko‘zi bilan ko‘rgan har bir mamlakatning qaysi iqlimga mansubligini yozadi. Bobur iqlim va meterologiya hodisalari bilan qiziqqan. Bobur o‘simliklarni sevgan va yaxshi bilgan. O‘zbekistondagi juda ko‘p giyohlar va dorilarni, ularning xosiyatlari va ahamiyatini shunday ta’riflaganki, mirishkor bog‘bon bo‘lgan kishi, asl tabiatshunos kishi buni uddasidan chiqa oladi, degan xulosaga keladi. «Boburnoma»da O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston davlatlari qishloq ho‘jaligining rivojlanishi xaqida ma’lumotlar keltirilgan. Asarda, O‘rta Osiyo qadim vaqtlardan buyon qovun, bug‘doy, o‘rik, olma, behi, anor, shaftoli, olcha, yong‘oq, nok va tutlarning bir necha navlari borligi ta’kidlanadi. Bobur chorvachilik va hunarmandchilikning rivojlanishiga katta e’tibor bergan. «Boburnoma»da Afg‘oniston xalqining asalarichilik bilan qadimdan shug‘ullangani va savdo qilishiganligi haqida to‘xtalgan. Bobur bo‘lgan joylarning tabiati va o‘ziga xos xususiyatlarini Andijon bilan taqqoslaydi. U ayniqsa, gullar, manzarali hamda, mevali daraxtlarni ko‘paytirishga va ularning tarqalishiga e’tibor bergan. Bobur O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Xuroson va Hindistondagi hayvonlarning turlarini batafsil bayon etgan. Uning fikricha, o‘sha davrlarda Farg‘ona vodiysida antilopalar, tog‘ qo‘ylari va yirik yirtqich qushlar, Samarqandda esa jayronlar, Buxoro antilopasi, tog‘ echkilari, kakliklar va boshqa hayvonlar ko‘p bo‘lgan. U Hindiston hayvonlaridan fil, karkidon, antilopalarning bir necha turlari, maymunlar, daraxtlarda yashovchi kalaxara kemiruvchilar haqida batafsil yoritgan. Parrandalardan esa tustovuq, to‘tiqush, bulbul, suvda yashovchi laylak, g‘oz va o‘rdak, yirik sut emizuvchi hayvonlardan begemot, suv to‘ng‘izi kabilar keltiriladi va ularni muhofazasi haqida fikrlar bildiriladi. O‘tmishda bobokalonlarimiz atrof-muhit haqida keng bilimga ega bo‘lib, uni targ‘ib etganlar. O‘rta Osiyolik mashhur allomalar: Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil Buxoriy, Abdurauf Fitrat, Yusuf Xos Xojib va boshqalar bolalarga yoshligidan boshlab atrof-muhitni ifloslantirmaslik, olovni ehtiyot qilish, hayvonlarni o‘ldirmaslik, nihollarni sindirmaslik, qushlar uyalarini buzmasliklarini ta’kidlab borish zarurligini ko‘rsatganlar. Yusuf Xos Xojib fikricha, madaniy ma’rifiy yuksak kishi deb tashqi va ichki dunyosi bir biriga xamoxang bo‘lgan, so‘z bilan ishlari bir kishiga aytiladi. Bunday kishi, eng avvalo, kamtarin va oddiy bo‘ladi. U qanchalik baland martaba va boylikka ega bo‘lmasin, kamtar, kamsuqum bo‘lsagina, xaqiqiy inson bo‘la oladi. Kamtarlik, saxovat, mexribonlik, karam, raxm-shavqat kabi xislatlargina kishini xaqiqatan xam, go‘zal qiladi, xamda bilim va mexnat orqasidan erishgan amal va boylik egasi bo‘lib qolish imkonini beradi. Kishi o‘z nafsi va extiroslarining quli bo‘lib qolmasligi kerak. Yaramas xislatlardan, ayniksa, ta’magirlik va boylikka intilishdan qochmoq kerak. Zero, aynan shular kishi ma’naviyatini buzadi, zulm va qonunbuzarlikka olib keladi. Yusuf Xos Xojib saqlanishga chaqirgan yana bir illatlardan biri, bu ichkilikbozlik. Xar kanday odamni to‘g‘ri yo‘ldan ozdiradi. Sharq xalqlari maishiy turmushi va an’analarining chuqur bilimdoni bo‘lgan Yusuf Xos Xojib o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid fikr-muloxazalarida sharqona axloqiy me’yorlarga katta e’tibor beradi. U o‘z dostonida kishilarning shaxsiy va ijtimoiy xayotidagi barcha jixatlarini ko‘rsatib beradi. Shunday jixatlardan biri - katta va kichik yoshdagi shaxslar guruxlarining o‘zaro munosabatlari. Talabchan adib kattalarga xurmat, ularning o‘g‘itlariga e’tibor, yoshlarning, kundalik xayotida qonun bo‘lishi kerak deb uqtiradi. Shu bilan birga kattalar, xususan ota-onalarning xam o‘sib kelayotgan avlod oldida katta mas’uliyati mavjud. Uning bu o‘g‘itlarida dostonning uylanish va bola tarbiyasi xaqidagi 53-bobida ayniqsa, erkin ifoda etilgan. Bu yerda u oila va bola tarbiyasining murakkab ekanini ta’kidlab, bolani yoshlik chog‘idan boshlab, yaxshi xulqli qilib shakllantirish zarurligini aytadi. Farzand ko‘rish, deb davom etadi adib,- kata baxt, farzandsiz xayotning mazmuni yo‘q. Ammo farzandlar ota-onalar zimmasiga katta ma’suliyat xam yuklaydi va uni bajarish ota-onalar uchun farzdir. Yusuf Xos Xojibning ta’kidlashicha, oila tarbiyasi bola ma’naviy qiyofasi shakllanishida bosh o‘rin egallaydi. Bola yomon xulqli bo‘lsa, bunga uning o‘zi emas, balki ota-ona sababchi. Shuning uchun xam bola tarbiyasiga muttasil e’tibor maqsadga muvofiq. Yusuf Xos Xojib oilada bola tarbiyasiga muxim o‘rin ajratar ekan, oila qurishda nimalarga e’tibor berish kerakligi xaqida xam gapiradi. Bunda u oila qurish, xayotning davomi bo‘lgan farzand ko‘rishda, muxabbatni oila baxti va farovonligi asosi deb biladi. U oila qurmoqchi bo‘lgan yosh yigitlarga, eng avvalo, uylanadigan qiz qanday, qaysi oiladan, uning yoshi, bilimi, xulq-atvori, tabiati qanday ekanligigi surishtirish kerak degan o‘gitlarni beradi. Shunday qilib, Yusuf Xos Xojibning «Kutadg‘u bilig» dostoni o‘z davrida ijtimoiy, madaniy va ma’naviy xayotining yorqin ifodasi bo‘lib, turkiy adabiyotining eng yirik va qimmatli namunalaridan xisoblangan. Markaziy Osiyoda keyingi ilmiy-madaniy taraqqiyot soxibqiron Amir Temur (1336-1405) va Temuriylar sulolasi xukmronligi davrida yuz berdi. Buyuk bobokalonimiz xar vaqt: «Insonparvarlik va mardlikni Allox xam, xalq xam ulug‘laydi», degan xikmatli so‘zni takrorlashni xush ko‘rgan va xayotda o‘zi xam bunga amal qilgan. Shuni aytish kerakki, Amir Temur odob-axloq, iymon, e’tiqod, ta’lim-tarbiya soxasida o‘zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch xosil qilish uchun uning o‘zi tomonidan yaratilgan odob va axloqqa oid dasturlar, o‘gitlar, pand-nasixatlarni o‘qib chiqish kifoya. Biz sharq allomalari, qomusiy olimlarining pand-nasixatlari va pirnoma o‘gitlarining xar bir mazmun va ma’nosining kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri, umuminsoniy qadriyatlar asosida qurilganligi bilan aloxida axamiyat kasb etadi, ularni xadsiz xazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz. Yuqoridagi aytib o‘tilgan ta’lim-tarbiyaga oid pedagogik qarashlar, keltirilgan fikrlarning barchasi zaif ko‘ruvchi, zaif eshiruvchi, aqli zaif o‘quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berishga xam taalluqli, chunki nosog‘lom bola tarbiyasi, sog‘lom bola tarbiyasi qonuniyatlari bilan chambarchas bog‘liqdir, buni xech kim inkor qila olmaydi. O‘zbek xalqining ilmiy-ma’naviy saloxiyatini yuksaltirishda o‘tmish ilmiy-madaniy merosimizni, tariximizni chuqur o‘rganish, sharq mutafakkirlari qarashlaridan, g‘oyalaridan foydalanish muxim axamiyat kasb etadi. Shunday qilib, sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari bola tarbiyasi xaqidagi ilg‘or fikrlari mujassamlangan ma’naviy merosi, o‘zlari yashagan davrda ilm-fanning ravnaqi uchun juda katta xissa bo‘lib qo‘shilib, xozirgi davrgacha o‘z axamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ularning yuqorida, qisqacha bo‘lsada, keltirilgan ibratli fikrlari, tadqiqotimizning nazariy-metodologik asosi bo‘lib xizmat qiladi. Nazariy taxlillardan biz uchun o‘rnak bo‘luvchi fikr shundan iboratki, maxsus pedagogika soxasining ob’ekti bo‘lmish zaif ko‘ruvchi, zaif eshituvchi, aqli zaif o‘quvchilar rivojlanishi orqada qolgan bolalarning ta’lim-tarbiyasi, sog‘lom shaxslar ta’lim-tarbiyasining umumiy qonuniyatlari bilan bir xil bo‘ladi va ulardan farqli o‘laroq o‘ziga xos uslubiy xususiyatlarga xam ega bo‘ladi. (korreksiya-to‘g‘rilash, kompensatsiya-nosog‘lom organlar ishini sog‘lom organlar bilan almashtirish, masalan: ko‘z ko‘rmasa sezgi, qo‘l terisi orqali (Brayl usulida), quloq eshitmasa ko‘z orqali, artikulyatsiya orqali, imo-ishora orqali, aqli zaif bo‘lsa barcha analizatorlar orqali (qurish, xid bilish, teri sezgilariga tayangan xolda) ta’lim-tarbiya berish usullari). Bu umumlashma fikr biz tanlagan mavzuning pedagogik xususiyatini asoslovchi g‘oyalardan biri. Zero jamiyatning xar bir a’zosi bitta muayyan ijtimoiy-tarixiy davr maxsuli bo‘lib, uning jismoniy va ma’naviy kamchiliklari va nuqsonlari xam u dunyoga kelib voyaga yetayotgan davr yaratgan sotsial, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy shart-sharoitlar Bilan uzviy bog‘liqdir. Shuningdek, maxsus maktab o‘quvchilarining ma’naviy tarbiyasini maxsus, ijtimoiy-pedagogik tamoyillardan biri, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni ular ongiga singdirish va ularda amaliy ko‘nikmalar shakllantirish. O‘zbek xalqining etnopsixologik xususiyatlarida mexr-oqibat, muxtojlarga beg‘araz yordam, saxovat, ilmga va ilm axliga xurmat, o‘z ruxiyatiga yot bo‘lgan g‘ayri ijtimoiy xolatlar – ichkilikbozlik, chekish, faxsh, isrofgarchilik, tanballik kabilarga nisbatan murosasizlik xislatlarini namoyon etib keladi. Sharq faylasuflari va turli soxa olimlarining asarlarida jismoniy va ma’naviy-ruxiy jixatdan sog‘lom jamiyat a’zolarini voyaga yetkazishga qaratilgan ilg‘or g‘oyalar zaminida xam xalqimizning mana shu an’analari yotadiki, bulardan xozirgi zamon maxsus maktab o‘quvchilari shaxsini hakllantirish jarayonida foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan xisoblanadi. Maxsus pedagogika fanlarining ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarini ko‘pincha biz chet el va rus olimlarining ta’limotlari o‘rgangan xolda tushuntirib kelayapmiz. Bunda, masalan, maxsus pedagogikaning tibbiy-ilmiy asosini I.M. Sechenov va I.P. Pavlovlarning oliy asab faoliyati, xususan, I.P. Pavlovning birinchi va ikkinchi signallar sistemalari, shuningdek, P.K. Anoxinning funksional sistemalar xaqidagi ta’limotlariga asoslanib o‘rganish bilan cheklaniladi. Shaxsni shakllantirishdagi psixofiziologik jarayonlarning tabiati, kechishi, ulardagi chekinishlar va kamchiliklar, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarning maxsus ta’lim-tarbiyasiga bog‘liq masalalarni tushuntirishda korreksion-pedagogik ish uslublari bilan tanishtirishda, aksariyat xollarda rus olimlari L.S.Vigotskiy, T.A.Vlasova, A. R. Luriya, M.X.Xvatsev, X.S.Zamskiy, V.I. Lubovskiy va boshqalarning nazariyalariga tayanib kelamiz. Ammo shu bilan birga maxsus maktab o‘quvchilarini milliy istiqlol ruxida, xalqimizning ma’naviy qadriyatlari va an’analari asosida o‘qitish va tarbiyalashda, sharq mutafakkirlarining ta’limotlarini amaliyotga kengroq tadbiq etish, yangi qirralarini tadqiq qilish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Ma’lumki, har bir millatning milliy va umuminsoniy qadriyatlarining o‘zaro ko‘p qirrali va nozik uyg‘unligidan tashkil topgan ma’naviy boyligini o‘rganish, o‘quv va tarbiya jarayonida amaliyotga tadbiq etish pedagogikaning, shu jumladan, maxsus pedagogikaning vazifalaridandir. Shunga ko‘ra xozirgi zamon pedagogika fanining muhim vazifasi tarixiy merosini chuqur o‘rganish bilan bir qatorda, uning orasidan mazkur fan uchun qimmatli jixatlarini ajratib olish, xamda undan metodologiyada keng va ijodiy foydalanishdan iborat. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning «Tarix xotirasi xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz xududining xolis va xaqqoniy tarixini tiklash, milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa, iftixorini tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muxim o‘rin tutadi»,- degan so‘zlari bu fikrimizning yorqin isbotidir. Sharq allomalarining qator asarlarida pedagogikaga oid ibratli fikrlar keng o‘rin olgan, xamda chuqur mantiqiy asoslanganligi tufayli, barkamol avlodni tarbiyalash, xamda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishni yanada takomillashtirishda ularning ijtimoiylashuviga katta yordam beradi degan fikrdamiz. Mavzu yuzasidan Savol va topshiriqlar

Download 37.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling