Mavzu: Sharq va G'arb falsafasida inson masalasi Reja
Download 99.59 Kb.
|
Sharq va G\'arb falsafasida inson masalasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Falsafa tarixida inson muammosi tugrisidagi falsafiy karashlar.
- Konfutsiyning
- Uygonish davri
- T. Gobbs
- 2.Inson biosotsial mavjudot sifatida. Tayanch tushuncha va iboralar: Antropogenez, inson biologik mavjudot sifatida
- Antropogenez
Mavzu: Sharq va G'arb falsafasida inson masalasi Reja: Falsafa tarixida inson muammosi tugrisidagi falsafiy qarashlar. 2. Inson biosotsial mavjudot sifatida. 3. Inson xayoti, ulimi va manguligi muammolari. 4.Adabiyotlar 1. Falsafa tarixida inson muammosi tugrisidagi falsafiy karashlar. Inson tugrisidagi ilk tasavvurlar falsafa maydoniga kelishidan ancha avval xam bulgan. Bular tabiat va inson nisbati tugrisidagi ertaklarda, turli asotirlarda (miflarda) ifodalangan eng sodda fikrlar edi. Ayni shu fikrlar asosida va ular bilan alokadorlikda insonni falsafiy tushunishga doir tahlimotlar yuzaga keladi. Inson va uning moxiyati xakidagi dastlabki bunday falsafiy tahlimotlar Kadimgi Xindiston, keyinrok Xitoyda rivoj-landi. Kadimgi Xindiston falsafasida bu masala "inson kaerdan paydo bulgan", "biz kaerda yashaymiz", "kaekka karab borayapmiz" kabi savollar tarzida kuyilib bu savollar tarzida kuyilib, bu savollarga berilgan javoblarda insonning ijtimoiy - mahnaviy moxiyatini taxlil etish bilan birga uning barcha jonli mavjudotlar bilan umumiyligiga xam ehtibor karatilgan. Inson muammosi taxlilida xitoylik Konfutsiyning tahlimoti aloxida ajralib turadi. uning falsafiy karashlarida insonning axlokiy tabiati, oiladagi xaeti va davlatni boshkarishi masalalari katta urin olgan. Garchi Konfutsiy tahlimotida tabiat masalalari aloxida va bevosita urin olmagan bulsada "osmon" va "osmon xukmi" tushunchasi xiyla katta salmokka egadir. "Osmon xukmi" - bu takdir bulib, inson xayoti va ulimi uning tomonidan belgilab kuyilgan. Konfutsiyning "uzinga nimani istasang, boshkalarga xam uni ravo kur", degan fikrida insoniylik, kishilarga izzat xurmat kursatish yullari ifodalangan. U yana bilish - insonni bilishdir, deb aytgan edi. Konfutsiychilik bilan enma en mavjud bulgan daosizm (dao - yul demakdir) falsafiy maktabi vakillari xam inson muammosini jiddiy tadkik kilganlar. Bu maktab vakillari tahlimotiga kura inson uzining xaetida dao - butun Olamning uz uzidan kelib chikishi, rivojlanishi va barxam topishining doimiy tabiiy konunlariga amal kilib yashash kerak. Yahni, uning barcha xatti-xarakatlari Olam konunlari va insoniy tabiatga mos bulmogi lozim. Tasavvuf tahlimotiga kura, inson borlikdagi eng mukammal mavjudot bulib, uzida olamning moxiyatini jam etadi. Shunga kura borlik - dune olamu kabir bulsa, inson olami sagirdir. Agar Koinot mikesida borlikning birligi xudoda ifodalansa, xossalari kurinishining ifodasi - insondir. Inson tinimsiz uz-uzini bilish orkali komillik darajasiga erishish imkoniyatiga ega. Islom falsafasi vakillari inson muammosining barcha asosiy jixatlari bilan shugullandilar. Jumladan, ularni insonning kelib chikishi, uning olamda tutgan urni, vokelikni uzlashtirish imkoniyatlari, ezgulik yulini tanlagan insonning ideali va xakozo masalalar kiziktirgan edi. Bu masalalarni taxlil etish natijasida Forobiy insonning barcha mavjudotlaridan farki akl idrokdadir, degan xulosaga kelgan bulsa, Ibn Sino aklning uzini umumiy karashlar va aloxida narsalar tugrisida fikr yuritishga kodirlik shaklida talkin kiladi. Bu muammo xakidagi Beruniyning fikrlari xam axamiyatlidir. U insonning Xudo tomonidan yaratilganligini kursatib, ayni vaktda uning butun xaeti va jismoniy tuzilishi jugrofik omillar bilan xam boglik ekanligini kursatib shunday degan edi: "inson tanasi, rangi, xakikiy kiefasi, tabiiy belgilari fakat kelib chikishigagina emas, balki tuprok, suv, xavo va turar joyiga xam boglikdir". Inson muammosi taxlili yangi zamon falsafasining barcha bos- kichlaridan egallagan urni, tutgan axamiyatiga kura utmish davrlarida mavjud bulgan tahlimotlardan sifat jixatidan farklandi. Uygonish davri tafakkurida utmishdagi tahlimotlarning birontasida bulmagan xol - insonni betakror individualliklarning yigindisi sifatida olib karash boshlandi, insoniyat betakror insonlardan tashkil topgani kursatildi. Bundan esa tirik tabiatda bulganidek, inson tabiatining xam bir xil emasligi, ayni paytda insoni bilan insoniyatning manfaatlari mushtaraklashadigan muxim nuktalar borligi tugrisida xulosalar chikariladi. Bu davr falsafasida birinchidan, inson, uning aloxidalik sifati va imkoniyatlarining cheksizligi masalasi tursa, ikkinchidan, individualizm, egoizm (xudbinlik), manfaatparastlikning xam falsafiy taxlillari kurina boshlandi. "Inson insonga buri", "xammaning xammaga karshi urushi" kishilar xaetining tabiiy xolati ( T. Gobbs), degan karashlar kelib chikishi tasodif emas edi. Nemis mumtoz falsafasi asoschisi I. Kant uchun "inson dunyodagi eng asosiy mavjudotdir". U bir tomondan, tabiatga tegishlidir, ikkinchi tomondan - axlokan erkin va, uchinchidan, doimo kadriyatlar bilan ish kuradi. Bu sifatlarning birinchisida inson zaruriyat oldida tursa, ikinchisida mahnaviy erkinlikka egadir. Inson muammosi Z. Freyd asos solgan ruxiy taxlil falsafasida katta urin tutgan. Uning fikricha inson ongi yordamida uzining "MEN"iga xam ega buladi. Ayni vaktda unda inson ruxining oliy katlami - "superMEN" xamda eng past kuchli katlam "U"xam farklanmogi lozim. Bular birgalikda olingandagina inson uz ruxiy borligini tushuntira oladi. XX asr falsafasida inson muammosini aloxida urganishni maksad kilib kuygan ekzistentsialistlar (Yaspers, Xaydeger, Sartr, Kamyu va boshk.) nuktai nazariga kura, individ ezgulik va evuzlikdan birini tanlashi masalasi falsafiy muammolar markazida turmogi lozim. Antropogenez,__inson_biologik_mavjudot_sifatida'>2.Inson biosotsial mavjudot sifatida. Tayanch tushuncha va iboralar: Antropogenez, inson biologik mavjudot sifatida, inson ijtimoiy mavjudot sifatida, inson-biosotsial mavjudot. Xozirgi zamon inson falsafasining mazmuni davr kuygan masalalarga javob berish bilan takozolangandir. Xakikatdan xam insoniyat xozirgi vaktda ilmiy bilimlar va dolzarb xayotiy muammolarni xal etish uchun zarur bulgan ilmiy texnikaviy va madaniy vositalar etishmayotganligini emas, balki bu vositalardan donolik bilan foydalanishmayotganligini yakkol sezmokda. Bu donolik markazida doimiy kadriyatlar xisoblangan tinchlik, donolik, ijtimoiy adolat va boshkalar turadi. Antropogenez doirasida insonning biologik tabiati bilan ij- timoiyligi nisbatini aniklab olish muximdir. Umuman olganda bu muammoni urganish insonning eng kadimgi tarixidan boshlab dolzarb bulib kelmokda. Negaki, insonning ayni bir vaktning uzida xam jonli tabiatga, xam jamiyatga mansubligi xar doim kupgina masalalarni keltirib chikarishi bilan birga tugridan tugri, printsipial jixatidan dunekarash masalalarini xam kun tartibiga kuyadi. Buni Arastuning, inson "siesiy xayvondir", degan suzlarida ifodalangan ma’nodan xam bilsa buladi. Xakikatdan xam Homo sapiens turi biologik jixatdan Homo urugining Homo hofilis(kobiliyatli odam), Homo erectus (tikka yuruvchi odam) kabi turlaridan fark kilinmasada, lekin bir xil sezish organlari, bir xil kon aylanishi, muskul, nafas olish, suyak tizimlari va xakozolarga egadir. Bulardan kelib chikib insonning barcha xatti - xarakatlari, orzu istaklari va faoliyati turlari oxir okibatda biologiyaviy takozo etilgan deyishga asos bormi? Falsafa tarixida bunga ikki xil: inson belgilovchi tomoniga kura, biologik mavjudot va inson ijtimoiy mavjudot, ijtimoiylik uning biologiyaviy tabiatini oxir okibatda belgilaydi, degan javoblar berilgan. Birinchi xil javob tarafdorlaridan bahzilari xozirgi zamon sotsiobiologiya ilmi dalillariga tayanib shunday muloxaza yuritadilar: inson xatti - xarakatining asosiy stereotip kurinishlari buyicha barcha sut emizuvchilarga ancha yakin. Uziga xosliklariga kura esa inson uzining bevosita utmishdoshlari bulgan guruxga mansubdir. Freyd va uning tarafdorlari tahkidlashicha, inson xam butun xayvonot dunyosida bulgani kabi xilma - xil instinkt tufayli xarakat kiladi. Birinchi urinda ular ichida inson avlodini davom ettirish, jinsiy instinkt turadi. Shu bilan birga inson uzida faoliyatini mahnaviy, xukukiy cheklovchi ijtimoiylik sifatlari bulgani uchun boshka xayvonlardan fark kiladi. Bu ijtimoiy sifatlar tufayli inson uzining shaxvoniy xirsini cheklashi lozim buladi. Ikkinchi nuktai nazarga kura (A. N. Leontg’ev va b.), odam bolasi inson bulish kobiliyati bilan tugiladi. Bu urinda tabiat tomonidan belgilangan va inson tomonidan davom ettirilgan xususiyatlar sokov, kar, kur bulgan bolalarda kanday namoyon bulishi ustida utkazilgan tajriba yakunlari xam katta axamiyatga ega. Moskva universiteti psixologiya fakulg’tetida utkazilgan tajriba jarayonida ularga dastlab yozish kunikmalari urgatildi. Undan keyin esa ular asta sekin gapirishga, Broyl alifbosi buyicha ukishga urgatildi. Natijada, tabiiy kur, sokov va karligicha kolganlari xolda ulardan turttasi univestitetni tugatgan. Kurinib turibdiki, insonning ijtimoiy moxiyatini birinchi uringa kuyish jiddiy asosga ega. Agar buning yoniga insonning bahzi biologiyaviy xususiyatlari xam ijtimoiy sabablar bilan belgilanishi kushilsa, dalillar yanada asosli buladi. Masalan, Er yuzining ijtimoiy - madaniy rivojlanishi yuksak boskichga kutarilgan mintakalarida odamlarning erta voyaga etishi, soglomligi, buydorligi va uzok yashashi kuzatiladi. Kam rivojlangan mintakalarda esa uning aksi uchratiladi. Download 99.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling