Mavzu: Sharq va G'arb falsafasida inson masalasi Reja


Download 99.59 Kb.
bet2/3
Sana16.04.2023
Hajmi99.59 Kb.
#1359507
1   2   3
Bog'liq
Sharq va G\'arb falsafasida inson masalasi

Insonning falsafiy taxlil etish doirasida bu ikki xil karash bir -birini tuldirishini xam kurmaslik mumkin emas. Demak, inson bioijtimoiy mavjudot deb karalmogi lozim. Bu insonda biologiyaviylikning ijtimoiy takozolanganligini va ijtimoiylikning bilogik zaminlari borligini kursatadi.
Inson rivojlanishida biologiyaviy rivojini ijtimoiy - madaniy rivojlanish boskichiga utishi bilan yuzaga kelgan bu birlik uning moxiyatini belgilaydi.
3.Inson xayoti, ulimi va manguligi muammolari.
Tayanch tushuncha va iboralar: Inson xayoti, ulimi, manguligi, islom dinida inson xayoti, uning ma’nosi va ulimi masalasi; Xozirgi inson falsafasi, mangulik.
Xar kanday jonli mavjudot singari inson xayotining nixoyasi borligi, boshka mavjudotlardan farkli ularok u uzining oxir okibatda ulimga maxkumligini anglashi xam falsafiy muammolar doirasiga kiradi. Bu - tasodifiy xol emas. Inson xayoti va ulimimasalalari  asotirlar va dinlarda xam markaziy urinni egallagan. Kishilarda dastlab ulimdan kurkish tuygusi kuchli bulgan. Keyinrok asotiriy diniy tasavvurlar vositasida bu jarayon majburiy ekanligi xakidagi ehtikod bilan almashindi. Asotirlarda xayvonlar xam, kishilar xam uladigan tana va ulmas ruxga ega deb kursatilgan. Rux nozik, nomoddiy tabiatga ega bulib, uzida inson vujudi timsolini gavdalantirgan. U yukolmaydi, ulmaydi va uz makonida yashaydi, xamda uz joyini almashtirib turadi. Bahzi diniy tahlimotlarda tana ulgach, rux bir jonzotdan ikkinchisiga utib turish kursatilgan.
Turli falsafiy yunalishlar va maktablar xayot va ulim masalalarini turlicha tushuntirganlar. Falsafa tarixida ayrim buyuk faylasuflar uchun bu masalalar shaxsiy xayot takdirini xal kilish bilan boglik bulgan. Masalan, Sukrotning uz ulimiga roziligi xakidagi karori uning xayoti uchungina emas, balki undan keyingi falsafiy muammolar rivojlanishi uchun axamiyatga ega bulgan. Aflotun bu karorda faylasuf uchun uz xayotini oliyjanoblik bilan tugatish imkoniyatini kurgan. Uning fikricha inson mahnaviy mavjudot sifatida iloxiy moxiyatga ega. Bu uning uzini ustida ishlashi, uzini takomillashtirishi va iloxiy dunyo sari intilganligida namoyon buladi. Shuning uchun xam ulim mashullikdir, yahni mahnaviyatli insonda ulimdan kurkish tuygusi bulmaydi.
Islom dinida inson xayoti, uning ma’nosi va ulimi masalasi katta urin olgan. Xayotning ma’nosi - bu ruxning salomatligi, doimiy roxat farogatga eltuvchi mexnat va bilimdir. Inson uz xayotini xudbinlik va yovuzlikdan saklamogi, butun umri davomida oxiratni uylamogi kerak.
Sufiy mutafakkirlar - A. Gijduvoniy, A. Yassaviy, N. Kubro va B. Nakshband tahlimotlarida xayotning ma’nosi, ulim va mangulik masalalari insonning iloxiy moxiyatini bilishga intilishi, xalol mexnat kilib boshkalarga mexr - muruvvatli, raxm - shafkatli bulishi bilan boglik ravishda yoritildi.
Evropadagi Yangi davr falsafasida xam Shark falsafasi tahsiri ostida xayot va ulim masalalariga yangicha karashlar shakllandi. Jumladan, xayot va ulimni ikki antropologiyaviy modelda - tabiiy inson va yangi Evropacha inson modellari orkali ifodalanadi. Agar birinchi modelda inson fanlar obhekti bulsa, ikkinchisida u uzini olamning markazi sifatida anglagan, akl -idroki va erkinligini uzi yunaltiradigan, uz xayotini utmishdan xozirgi, undan esa kelajakka karab borishini tushungan mavjudot sifatida baxolanadi.
Xozirgi inson falsafasi bu muammo taxlilida uz ichiga 20 tagacha okimni oladi. Ularning barchasida asosan inson moxiyati, mazmuni va nixoyasi mushoxada kilinadi. Bu tahlimotlarga kura, inson moxiyati masalasi taxlilida xozirgi tsivilizatsiya kadriyatlari talablarini xisobga olish xam muxim axamiyatga egadir.
Xozirgacha erishilgan yuksak tsivilizatsiya saboklariga asoslanib inson muammosi taxlilida yangi davr falsafiy tahlimotlari urtaga kuygan goyalarga xam tayanmok kerak. Yangi inson modeli tabiiy inson modelini xam uziga singdiradi. Shu sababli yangi ijtimoiy, mahnaviy inson modeli yuzaga keldi. Xozirgi inson kuprok shartli muloxazalar asosida yashashga moyilki, uni bunday yashash va fikrlash yuliga radio, televidenie, kino, teatr, badiiy adabiyot va albatta, uzining mustakil fikr - uylari olib kelgan. Natijada u uzining ulimidan keyingi xayotidan kuprok tashvishlanmokda. Xayot kancha yaxshi bulsa, kishiga ulim shunchalik daxshatli kurinadi.
Mahlumki, ulim ekzistentsial tomondan olinganda, inson individual xayotining shunchaki yukolib ketishi emas. Ulim oldida kurkuvni yukotish - kay tarzda uni ma’noli va xatto, xayotning zaruriy momenti sifatida anglashdir. Darxakikat, ulimni tabiiy obhekt sifatidagina karash mumkin emas. Ulimni xar doim zaruriyat sifatida idrok etish lozim.
Ulimni mahnaviy anglashdan undan keyingi umrning ma’nosi tugrisidagi masala kelib chikadi. Boshkacha aytganda, bu ma’noli yashalgan umrning ulimdan keyingi davomi, yahni yuksak manguligi masalasidir. Mangulik - inson uz ijodiy, yaratuvchilik faoliyati bilan xayotda abadiy iz koldirishdir. Inson dunyoda koldirgan yaxshi nom - uning ikkinchi umridir. Shu sababli insoniyat xayrli, adolatli ishlar kilib, yaxshi nom koldirgan kishilarni abadiy xurmat bilan tilga oladi.
Inson borlig’i tirik tabiatdan tabiiy rivojlanishning butunlay yangi, yuqoriroq bosqichi ekanligi bilan ajralib turadi. Ayni shu sababli yuqoridagi mavzuda jonli narsalar borlig’i haqida nima deyilgan bo’lsa, barchasi insonga ham tegishli va uning tabiiy-jismoniy, biologik asosi hisoblanadi. Shunday qilib, jonli organizmlarning mavjudlik qonunlari va tamoyillari his etuvchi mavjudot sanalgan insonga nisbatan ham to’la tatbiq etiladi. Ammo bundan tashqari insonni qolgan barcha jonli narsalardan farqlash imkonini beradigan, unda hech shubhasiz mavjud bo’lgan, lekin sinchiklab qaraganda ko’rinmaydigan, aniq tavsif berishning iloji bo’lmagan nimadir mavjud. Insonning ichki dunyosini aks ettiruvchi bu «nimadir» turli davrlarda turli mutafakkirlar tomonidan jon, ruhiyat, ong, tafakkur, ideal va hokazolar deb atalgan.
Insonning mohiyatini tushunishga urinishlar, inson borlig’ining o’ziga xos xususiyatini aniqlash istagiga biz ibtidoiy jamoa davridayoq duch kelamiz. Falsafa tarixida inson individualligining ichki, yashirin holatini aks ettiruvchi «jon» va «ong» tushunchalarining tahliliga alohida e’tibor qaratilgan.
Jumladan atoqli sofistlardan biri Protagor (mil. av. 490-420 yillar) mil. av. V asrdayoq «inson barcha narsalar mezonidir: u mavjud narsalarning mavjudligini, yo’q narsalarning esa yo’qligini belgilaydi», deb qayd etgan edi. Suqrot (mil. av. 469-399 yillar) ham haqiqat izlab insonga murojaat etadi. Inson o’z joni faoliyatini boshqara oladi, shu bois dunyoni tushunish yo’li o’z-o’zini bilish orqali o’tadi, deb hisoblaydi. Suqrotning mashhur shogirdi Platon birinchi bo’lib jon haqidagi yaxlit ta’limotni yaratdi. U odamlar jonining qandayligiga qarab ularni har xil tiplarga ajratdi.
Keyingi davrlarda Seneka, R.Dekart, A.Navoiy, A.Jomiy, I.Kant, I.G.Fixte, J.P.Sartr, M.Xaydegger va boshqa mutafakkirlar insonning ma’naviy negizini birinchi o’ringa qo’yib, uning ongi, ma’naviy dunyosi va bilish qobiliyatlarini o’rganish ishiga salmoqli hissa qo’shdilar. Biroq XXI asrda deyarli ikki yarim yillik tarixiy taraqqiyot jarayonida ham inson muammosi o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Individuallik borlig’i. Nima uchun bilish jarayonida insonning ichki dunyosi doim birinchi o’rinda turadi? Nima uchun inson borlig’i narsalar borlig’ini tushunishda aksariyat mualliflarga tayanch nuqtasi bo’lib xizmat qiladi? Bu savollarga javobni qisman frantsuz faylasufi A.Bergson (1859-1941)ning quyidagi so’zlaridan topish mumkin: «Mavjud barcha narsalar orasida eng ishonchlisi va bizga ko’proq ma’lum bo’lgani, hech shubhasiz, bizning o’z mavjudligimizdir, zero bizda boshqa narsalar haqida mavjud tushunchalarni sirtqi va yuzaki deb hisoblash mumkin, holbuki o’z-o’zini bilish ichki, teran bilishdir» .
Odamlar asrlar osha o’zlariga o’zlari nazar tashlab, o’z ichki dunyosini tahlil qilish va o’z mohiyatini tushunishga urinish yo’li bilan ba’zi bir shak-shubhasiz tamoyillarni aniqlaganlar. Ular orasida inson tana va ruhning uzviy birligidir degan tamoyil, birinchi o’rinda turadi. Zero bu inson mavjudligining mutlaq va zaruriy omilidir. Ayni vaqtda bu birlikning yo’qolishi, uning uzilishi muayyan individning o’limini, u fikrlovchi jonzot sifatida borliqdan yo’qlikka o’tishini anglatadi. Bunda tana tabiiy-jismoniy tuzilma sifatida inson o’limidan keyin ham ma’lum vaqt mavjud bo’ladi, ya’ni o’z borlig’ini muayyan darajada saqlaydi. Ammo borliq ma’nosidagi individual ruh, ongdan asar ham qolmaydi. Mohiyat e’tibori bilan ularning yo’qolishi muayyan insonning o’limini, individuallik yo’q bo’lganini anglatadi.
Inson borlig’ida ongning tabiati. Ong inson borlig’ining eng muhim omilidir. Ong muammosini echishga nisbatan yangicha yondashuvlar hozirgi zamon falsafasining irratsionalistik oqimlariga (lot. Irra Ongning tabiati.) mansub. Ong muammosi o’ta murakkab muammolardan biri bo’lib, falsafada doim qizg’in bahs va munozaralarga sabab bo’lib kelgan. Bu bahs va munozaralar hozir ham tugagani yo’q.
Ongning tabiati shunday: u hissiy idrok etiladigan ob’ektiv borliqni tushunish va aks ettirish uchun biz yuqorida foydalangan aksariyat ko’rsatkichlar va tavsiflarga mos kelmaydi. Ongni o’lchash, biron-bir tarzda miqdoriy ifodalash, sezish yoki kuzatish mumkin emas, zero uning massasi ham, energiyasi ham yo’q, shuningdek u moddiy ob’ektlar kabi muayyan shakl-shamoyilga ham ega emas.
Ong shak-shubhasiz mavjud, ammo u mavhum bo’lib, balki bilvosita – odamlar tili va muayyan faoliyati orqali namoyon bo’ladi. Binobarin, inson borlig’ining bu elementlarini tahlil qilmasdan ongning mohiyatini aniqlash mumkin emas. Mazkur tahlil ongning biologik jihatini ham o’z ichiga oladi, zero uning mavjudligi inson bosh miyasi faoliyati bilan uzviy bog’liq. Shu sababli ongning tabiati nafaqat falsafada, balki fiziologiya, psixologiya, sotsiologiya, kibernetika, informatika va boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlarda ham o’rganiladi.
Ayni vaqtda mazkur muammo o’ta murakkabligi tufayli uning falsafiy talqini ayrim fanlar uchun muhim metodologik rol o’ynaydi. Ularning natijalari esa, o’z navbatida, ongning tabiati xususidagi falsafiy mulohazalar uchun asos bo’ladi. Ongning tabiati masalasining qo’yilishi va unga berilgan tegishli javob, odatda, barcha keyingi falsafiy, chunonchi: ontologik, gnoseologik, ijtimoiy va boshqa mavzulardagi mulohazalarning yo’nalishini belgilaydi.
Ong va jonning tenglashtirilishi. Atrof muhitda, o’z ichki dunyosida yuz berayotgan o’zgarishlarga odamlar qadim zamonlardayoq e’tibor berganlar. Bu jon va ruh haqidagi mulohazalar paydo bo’lishiga olib kelgan. Shu tariqa bashariyat tarixida animizm - odamlar, hayvonlar hayoti, narsalar va hodisalarga jon va ruhlar ta’sir ko’rsatishiga bo’lgan e’tiqod paydo bo’ldi, shu asnoda shakllangan dunyo haqidagi tasavvurlar keyinchalik u yoki bu tarzda turli dinlar negizini tashkil etdi.
Jon haqidagi ilk falsafiy tasavvurlar odatda muayyan birinchi asoslar (havo, olov, atomlar harakati va sh.k.) bilan bog’langan va shaxssiz bo’lgan, ya’ni inson tabiatining betakrorligi, uning individualligi bilan tenglashtirilmagan. Suqrotdan oldingi falsafa to’laligicha shunday xususiyatga ega bo’lib, bu erda ideallik tushunchasini deyarli uchratmaymiz. Masalan, olovni oqil va olijanob, suvni – tuban asos deb hisoblagan Geraklit jon (psixeya) olov yoki suvdan iborat bo’ladi, degan g’oyani ilgari suradi. Olov ko’proq bo’lgan «quruq» jonni - eng oqil va maqbul deb hisoblaydi. Jon namlangach, o’z kuchini yo’qotadi, ho’llangach esa – halok bo’ladi. Shu sababli jon olovi kuchliroq yonishi uchun faol ma’naviy va aqliy hayot kechirishga harakat qilish lozim. O’z navbatida ayrim kishilarning jonlari butun dunyoning birinchi sababi hisoblanadigan va uni boshqaradigan dunyoviy aql olovi – «logos» bilan bog’liq.
Suqrot va Platon moddiy va ideal hodisalarni farqlagan. Shuningdek, Platon Evropa falsafiy an’anasida ideal asosni qayd etibgina qolmasdan, balki undan moddiy asosni ham keltirib chiqargan birinchi faylasuf hisoblanadi. Ayrim inson ongi esa, Platon fikriga ko’ra, uning joni bilan bevosita bog’lanadi. Bu o’lmas jon u yoki bu tanaga, tana tug’ilgunga qadar o’z «zindoni»ga tushgandek kirib joylashadi va u o’lganidan keyin esa boqiy g’oyalar dunyosida mushohada yuritadi va shu tariqa ularni o’rganib yashaydi. Platon ruhiy hodisalarni tuyg’ular dunyosi (sezish va idrok etish) va intellektga ajratadi. Intellektda u aql va idrokni farqlaydi. Bunda sof g’oyalar bilan ish ko’ruvchi aql fikrlashning formal usullari bilan bog’liq (masalan, matematikada) idrokka qaraganda yuksakroq hodisadir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, keyinchalik falsafada ideal narsalar va hodisalarni tushunishga nisbatan ko’p sonli har xil yondashuvlar paydo bo’ldi, ammo ularning barchasi ideallikni moddiylik va ko’lamlilikka qarshi qo’yadi.
Aristotelning «Jon haqida» risolasini qadimgi yunon faylasuflarining ong haqidagi falsafiy mulohazalarining muayyan yakuni deb hisoblash mumkin. Bu erda jon tananing mohiyati, uning uyushtiruvchi tamoyili sanalsa-da, lekin aql ichki faolligining in’ikosiga emas, balki kosmos hayotining umumiy qonunlariga bo’ysunadi.
O’rta asrlar Evropa falsafasi «din cho’risi»ga aylanib, ong haqidagi masalaga butunlay o’zgacha nuqtai nazar bilan yondashdi – uni abadiy mavjud bo’lgan dunyoni, shu jumladan inson va uning jonini yo’qlikdan yaratgan Xudoning yagona dunyoviy asos sifatidagi talqini bilan bog’ladi. Bu ta’limotga binoan inson aqli ilohiy aqlning bir zarrasi sifatida muayyan darajada o’zini o’zi bilish, o’zini o’zi tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’lsa-da, ongning bu faoliyati Tangrini bilish va u bilan muloqot qilishga qaratilgandir. Ongning mazkur ob’ektiv-idealistik talqini bilan bir qatorda o’rta asrlarda ongni «fikrlovchi materiya»dan keltirib chiqargan materialistik an’anada ham uzilish yuz bergani yo’q. Bunday qarashlarga (yoki ularga moyillikka) arab tilida ijod qilgan mutafakkirlar Ibn Sino, Ibn Rushd) ijodiga arab falsafasi o’z ta’sirini ko’rsatgan evropalik ayrim faylasuflar Duns Skot, brabanlik Sigerning asarlarida duch kelish mumkin.
Ong haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi. Yangi davrda ong haqidagi tasavvurlar ancha kengaydi. R.Dekart (1596-1650) ongni tafakkur bilan tenglashtirib, uni umumiyroq tusdagi «ruhiyat» tushunchasidan ajratdi va ongni mustaqil, erkin fikrlovchi substantsiya deb hisoblab, yonma-yon joylashgan boshqa – ko’lamli, fikrlamaydigan, moddiy substantsiyaga qarshi qo’ydi. Dualizm deb nomlangan mazkur falsafiy yondashuv keyinchalik ongning tabiatini tushunishga nisbatan ikki qarama-qarshi yondashuv yuzaga kelishiga zamin hozirladi. Shulardan biri ruhiyni jismoniyga (Gobs); ma’naviyni – moddiyga bog’lash bilan tavsiflanadi. Ikkinchi yondashuv sub’ektiv (Berkli, Yum, Fixte, Max va boshqalar) va ob’ektiv (Platon, Foma Akvinskiy, Gegel) idealizm bilan bog’liq bo’lib, moddiy va jismoniy narsalar va hodisalarni ikkilamchi, ideal, ma’naviy, ruhiy narsalar va hodisalar mahsuli deb tushunishi bilan ajralib turadi.
Ikkala yondashuv ham nemis klassik falsafasida faol rivojlantirildi. Masalan, Gegel individual ongga butun rivojlanish negizi sanalgan mutlaq g’oyaning pirovard shakllaridan biri sifatida yondashdi. Bu erda ong tarixan belgilangan faol asos sifatida tushuniladi. Mazkur asosda uning tuzilishi darajalari, xususan, hissiy, mantiqiy, individual va ijtimoiy darajalar farqlanadi.
Byuxner, Foxt, Moleshott kabi faylasuflar ongga «vulgar materializm» nuqtai nazaridan yondashadi. Bu yondashuvga ko’ra ong sof moddiy jarayon sifatida talqin qilinar, uning mazmuni esa inson eydigan oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi bilan bog’lanar edi. Ular jigardan safro ajralganidek, aqldan fikr ajraladi, deb hisoblagan.
Tabiatshunoslikning rivojlanishi, ayniqsa neyrofiziologiya, biologiya, eksperimental psixologiya sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlar so’nggi yillarda bizning ong tabiati haqidagi tasavvurlarimizni sezilarli darajada kengaytirdi. Shunga qaramay, sun’iy intellekt yaratish borasidagi ishlar, «fikrlovchi mashinalar»ning paydo bo’lishi va «axborot portlashi» va kompyuter inqilobining boshqa natijalari, xususan shaxmat o’yinida hatto jahon chemionlarini ham yutishga qodir superkompyuterlarning yaratilishi inson ongining mohiyati va imkoniyatlari haqidagi masala yangidan qo’yilishiga sabab bo’ldi. Shunday qilib, avvalgi savollarga javob olish barobarida yangi muammolar ham paydo bo’ldi. Biroq ular ong muammosini echishga nisbatan har xil, ba’zan bir-birini istisno etuvchi nuqtai nazarlar va falsafiy yondashuvlar sonini aslo kamaytirgani yo’q.
Inson qalbiga yo’l

Ma’naviyat haqida bir qancha da’vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o’ylangan tizimli ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz ko’zlangan maqsadga erisholmaymiz, ya’ni, inson qalbiga yo’l topolmaymiz.


Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi, shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosini eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot – o’qituvchi va murabbiyalarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.
Bu yorug’ olamda har bir odam o’zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlarga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg’usi bilan yashaydi. Inson o’z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta’lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs vamalakali mutaxassis bo’lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz.
Muxtasar aytganda, maktab degan ulug’ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o’qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o’lchab, qiyoslab bo’lmaydi.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o’ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. Chindan ham, o’qituvchi nainki sinf xonasiga faz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, o’z o’quvchilariga haqiqatan ham hayot maktabini beradigan mo’tabar zotdir. Ona tilimizda «maktab ko’rgan», «maktab yaratgan» degan chuqur ma’noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning, zahmatkash o’qituvchi mehnatining davlat va jamiyat hayotida qanchalik muhim o’rin tutishidan dalolat beradi.
Yangi jamiyat bunyodkori bo’lmish yangi insonni tarbiyalashda hozirgi paytda mahallalarimizda samarali faoliyat olib borayotgan, bu noyob tuzilmani tom ma’noda o’zini o’zi boshqarish idorasiga aylantirishga katta hissa qo’shib kelayotgan mahalla oqsoqollari va faollari, fuqarolar yig’inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy masalalar bo’yicha maslahatchilarining ijobiy ta’siri tobora ortib bormoqda. Aynan ana shu insonlarning odamlar ko’ngliga yo’l topib, ularning dard-u tashvishiga sherik bo’lib, o’z vaqtida berayotgan amaliy yordamlari, to’g’ri va o’rinli maslahatchilari tufayli oila va mahalla muhitida, butun diyorimizda tinchlik va osoyishtalik, o’zaro mehr-oqibat tuyg’ulari kuchayib borayotganini el-yurtimiz yuksak qadrlaydi. Ayniqsa, yosh yigit va qizlarimizning mustaqil hayotga kirib borishi, yosh oilalarning jamiyatdan o’ziga munosib o’rin topishida bu fidoyi va mehribon, jonkuyar odamlarning qanchalik muhim rol o’ynayotganini hurmat bilan e’tirof etishimiz lozim.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlarning amaliy natijasi o’laroq, adabiyot va san’at, madaniyat, matbuot sohasi mafkuraviy tazyiqdan butunlay xalos bo’lganini qayd etish joiz. Har qanday ijod namunasi, badiiy asar sinfiy bo’lishi va qandaydir g’oyaga, kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qilishi kerak, degan qarashlar bugun o’tmishga aylandi. Erkin ijod uchun, milliy qadriyatlarimiz va boy ma’naviyatimizni, xalqimiz tarixini, uning bugungi sermazmun hayotini to’laqonli va haqqoniy aks ettirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Bugungi kunda o’z hayotini ana shunday ma’suliyatli sohaga bag’ishlangan ko’plab iste’dod sohiblari yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyatning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, komil insonni tarbiyalash yo’lida munosib hissa qo’shib kelmoqda. Ayniqsa, hozirgi vaqtda dunyoda kuchayib borayotgan turli ma’naviy tahdidlarning oldini olish, «ommaviy madaniyat»ning zararli ta’siridan farzandlarimizning ong-u tafakkurini himoya qilishda ilm-u fan va madaniyat jamoatchiligi, ijod ahlining o’rni va roli tobora ortib bormoqda.
Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo’lsa, so’z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta.
Adabiyot, so’z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat ijrochisi bo’lib keladi. Xususan, mustaqillik yillarida yurtimizda ma’naviyatimizning g’oyat muhim va uzviy qismi bo’lgan adabiyotni rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizning ezgu mehnatini qadrlash va munosib rag’batlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’z hosilini berayotgani, badiiy adabiyotimiz mavzular ko’lami jihatidan ham, janrlar nuqtayi nazaridan ham rang-barang bo’lib borayotgani, adabiyot maydonida yangi-yangi nomlar paydo bo’layotgani kitobxon xalqimizni albatta quvontiradi. Bularning barchasi milliy tiklanish jarayonlari qalam ahlining ijodiy izlanishlari uchun qanday katta ufqlar ochib berganini yana bir bor ko’rsatadi. Deylik, hozirgi paytda tarixiy mavzuni yoritishda – bu Imom Buxoriy yoki Imom Termiziy bo’ladimi, Jalolliddin Manguberdi yoki Amir Temur siymosini yaratish bo’ladimi, olis va yaqin o’tmishimizning hali ochilmagan sahifalarini aks ettirish bo’ladimi - buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yo’li tasvirlangan ko’plab asarlar dunyoga kelmoqda.
Hammamiz yaxshi tushunamiz – adabiyotda tarixiy haqiqatni tiklash bilan birga, xalqimiz adiblarimizdan bugungi kunimiz haqida, zamonamiz qahramonlari haqida yangi-yangi asarlar kutayotgani tabiiydir. Keyingi yillarda ana shunday ruh bilan yo’g’rilgan bir qancha she’riy asarlar paydo bo’layotganini mamnuniyat bilan ta’kidlash joiz.
Bugungi kunda xalqaro hamjamiyat safidan munosib va mustahkam o’rin egallab borayotgan O’zbekistonimizga, uning tarixan qisqa davrda qo’lga kiritgan ulkan marralariga, el-yurtimizning ma’naviy ildizlari, urf-odat va an’analariga, bir so’z bilan aytganda, o’zbek xarakteri, o’zbek tabiatiga butun dunyoda qiziqish va hurmat tobora ortib bormoqda. Tabiiyki, uzoq-yaqindagi xorijiy do’st-u birodarlarimiz, jahon jamoatchiligi eng avvalo bizning zamonaviy adabiyotimiz va san’atimiz orqali o’zlarini qiziqtiradigan ana shunday savollarga javob topishni istaydi. Ijtimoiy falsafa inson muammosiga olam, borliqning tarkibiy qismi sifatida qaraydi vash u nuqtai-nazardan «Inson inma? Uning mohiyati qanday? Inson olamda qanday o’rin tutadi?», «Inson omili deganda nima nazarda tutiladi? Kabi savollarga javob beradi. Inson borliqning oliy ko’rinishi. Uning kelib chiqishi, hayoti, taraqqiyoti olam, borliqqa bog’liq. Inson va jamiyat olam taraqqiyoti tabiat evolyutsiyasining mahsuli va ko’rinishi bo’lib hisoblanadi.
Inson hamma zamonlarda ham o’zining kimligini, o’zligini bilishga intilgan. Inson muammosiga bag’ishlangan xilma-xil qarashlar, gipotezalar, nazariyalar yaratilgan.
Inson muammosi ijtimoiy fikr tarixida 3 xil nuqtai nazardan o’rganilgan: mifologik, diniy va ilmiy-nazariy.
Inson haqidagi dastlabki qarashlar qadimgi Sharq mamlakatlari, ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Turon xalqlari tomonidan yaratilgan ertaklar, dostonlar, afsonalarda o’z ifodasini topgan. Hamma narsaga qodir inson obrazi Qadimgi Hind Vedalarida tasvirlangan. Ularda aytishlicha, eng qadimgi inson Puruja mingta boshli, mingta ko’zli, mingta oyoqli bo’lgan emish. Bu insoning aql-zakovati-oy, ko’zi-quyosh qorib-toliqish-olov, nafasi esa – shamol emish. Hozirgi odamlar Prujadan tarqalgan ekanlar. Aytilishicha, uning qo’lidan – kematron (harbiylar), voysh (dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar), shudra (gadolar) kabi jamiyatning turli qatlamlariga mansub odamlar kelib chiqqan emish. Vedalarda yozilishicha, inson ikki mohiyat: tana bilan jonnig qorishmasidan iborat. Tana inson jismining asosini tashkil etadi, bu asosni braxman yaratgan, jon esa ruh (atmang) tomonidan yaratilgan. Agar insonnig erdagi faoliyati turli nopokliklar bilan bog’lanmasa, Atman va braxmanlarning aralashish jarayoni sodir bo’ladi. Mabodo, inson faoliyati erdagi nopokliklar bilan aloqador bo’lsa, uning joni ko’rinishida emas, balki hayvoniy tana sifatida qayta tug’iladi. Xind Vedalarida olam bir butun, tirik zotlarning hammasi butunning ajralmas zaralaridir. Odam esa o’sha tirik zotlarning o’ziga xos shakli, ko’rinishidir, deyiladi.
Qadimiy Xitoy afsonalarida dastlabki inson – odamato Panga qiyofasida namoyon bo’ladi. Odamning boshqa tirik mavjudotlardan farq qiluvchi insoniy xislatlari haqidagi dastlabki mulohazalarni qadimiy Xitoy manbaalarida ko’rish mumkin. Inson haqidagi dastlabki falsafiy qarashlar Xitoyda eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda shakllangan. Qadimgi Xitoy faylasuflari fuqarolarning baxtli yoki baxtsiz bo’lish sabablarini osmondan emas, balki ular yashayotgan ijtiomiy muhitdan izlaganlar. Ularning ta’kidlashicha, ja’mi yaxshilik va yomonliklar odamlardan tarqaladi. Xitoyda keng tarqalgan Konfutsiy (e.a. 551-479 y.) ta’limoti bo’yicha, odamlar o’z tabiatlariga ko’ra xammasi bir, faqat tarbiya tufayli ular bir-birlaridan farq qiladilar. Konfutsiyning inson to’g’risidagi fikr-mulohazalari, shogirdlari bilan bo’lgan suhbatlarni aks ettiruvchi «Suhbatlar va mulohazalar» asarida ifodalangan. Jamiyatda sodir bo’layotgan turli ahloqsizliklardan tashvishga tushgan Konfuytsiy fuqarolarni tarbiyalashga harakat qiladi, ularni insofga chaqiradi. U insoniylikning turli fazilatlarini o’zida mujassamlashtirgan inson faqat o’zi uchun emas, balki jamiyat uchun, boshqalar uchun yashamog’i darkor, deb hisoblaydi.
Inson to’g’risidagi qarashlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda O’rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida, xususan Turonda keng tarqalgan diniy-falsafiy ta’limotlarda, chunonchi zardushtiylik ta’limotida aks etgan. Bu ta’limotning markaziy muammosi – odam bilan olam va ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik. Ushbu ta’limotga muvofiq butun olam, shu jumladan odam borlig’i ham to’g’ri unsurdan: tuproq, suv. havo, olovdan iborat. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, olam qarama-qarshi kuchlar, xususan, yaxshilik va yomonlik, nu rva zulmat orasidagi kurashga asoslangan. Bu kurashni hech qachon murosaga keltirib bo’lmaydi, bu kurash butun koinotni qamrab olgan. Yaxshilik, yorug’lik Axura Mazda, yomonlik zulmat esa Axriman xudolari timsolida namoyon bo’ladi. Butun olamni, undagi barcha narsalarni, shu jumladan odamni ham ezgulik xudosi Axura Mazda yaratgan emish. U yaratgan er yuzida paydo bo’lgan birinchi Odam Ato Iyim, deb nomlangan ekan.
Axura Mazdaning ko’rsatmasiga muvofiq Iyim er yuziga turli jonli mavjudotlar, xususan, odamlar, hayvonlar, qushlar urug’ini sochibdi, ularni parvarish qilibdi. Shu asnoda, Iyim er yuzida 900 yil yashaydi. Odam bolasining soni ko’payib er yuzi unga porlik qila boshlabdi. Ana shunda Iyim xudoga murojaat qilib, erni kengaytirishni so’raydi va bunga erishibdi ham. Bir kuni Axura Mazda er yuzini muzlik bosib kelayotgani xaqida Iyimni ogohlantiribdi. Iyim er yuzida mavjud tirik mavjudotlarni saqlab qolish uchun maxsus uy qurib, barcha tirik mavjudotlarning eng yaxshi zotlari, eng zo’r navlaridan bir juftdan saqlab qolibdi. Zardushtiylik ta’limotida inson faoliyatini boshqarib turadigan eng katta kuch-axloq normalari ekanligi xaqidagi g’oya ilgari surilgan. Shuning uchun Zardusht Oliy ibtido – Axura Mazdadan insoning kundalik amaliy faoliyatini boshqaruvchi qonun-qoidalarni aniqlab berishni so’ragan. Manna shunda Axura Mazda butun olam borlig’i ikki boshlang’ich asos – ezgulik va yovuzlik atrofida mujassam ekanligini xabar qiladi. Bunda ezgulik musaffo, beg’ubor osmonga, yovuzlik esa jahannamga qiyos qilinadi. Odamlar Axura Mazda tomonidan yuborilgan axloqiy normalar, tartiblarga amal qilsalar, yaxshilikning yomonlik ustidan g’alabasi ta’minlanadi. Yaxshilik bilan yomonlik orasidagi kurashda hal qiluvchi rolni – inson, uning iymon-e’tiqodi o’ynaydi, deyiladi zardushtiylik ta’limotida Zardushtiylikda ta’kidladiki, inson iymon-e’tiqodini uchta yirik tayanchi mavjud: fikrlar sofligi, so’zdagi sobitlik hamda faoliyatining insonparvarligi.



Download 99.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling