Mavzu: Shaxs, rivojlanish, faoliyat, ijtimoilashuv jamiyat. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari. Reja


Download 32.23 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2022
Hajmi32.23 Kb.
#1073886
1   2   3
Bog'liq
Shaxs, rivojlanish, faoliyat, ijtimoilashuv jamiyat. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari

Ijtimoiy pеdagogika - shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pеdagogik faoliyatning samarali usullari tеxnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo’llashga qaratilgan pеdagogika sohasi.



Pеdagogikaning ham, ijtimoiy pеdagogikaning ham obyеkti- bu bola, biroq o’rganish prеdmеtlari turlicha. Pеdagogikaning o’rganish prеdmеti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, Ijtimoiy pеdagogikaning prеdmеti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari
hisoblanadi.

Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy sifati.


Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash uzluksnz ta’lim tizimda amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi o`quv yurtlarida olib boriladi: o`rta kasbiy ta’lim muassasalari (litsey va kollejlar) va oliy kasbiy ta’lim maktablari (Institut va universitetlar).
O`rta kasbiy ta’lim muassasalarida kichik sinflar va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi. O`rta ma’lumotli pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga kiyin vaziyatlarni yengib o`tishga yordam beradi, bolalarning ishonishiga ko`maklashuvchi faoliyat turlarini tashkillashtiradi. Bolalarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning ota—onalari bilan xamkorlik qilish, o`z malakasini oshirish maqsadida mustaqil ravishda o`kib borishdan iboratdir. O`rta kasbiy ta’lim bilim yurtini tugatgach ular oliy ta’lim muassasida o`z o`kishini davom ettirishi mumkin.
Ijtimoiy pedagog - faqat o`qituvchigina emas, u bola kanday ukiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va xis etadigan shaxsdir. U bola xayotini, kechinmalarini xuddi o`zinikidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axlokiy rivojlanishiga yullanmalar bera oladigan mutaxassis bulmogi kerak.SHuning uchun xakikiy pedagog faqat o`z fanini bilibgina kolmay, ayni vaktda bolalar va kattalar bilan ijodiy mulokot kila oladigan, o`z ustida ishlaydigan inson bulishi muxim axamiyatga ega.
Ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish natijasida o`quvchi inson moxiyatini anglaydi. O`z xayoti dovomida inson to`grisida xosil qilingan tushunchalar asosida mukammal shaxs va xakikiy fuqaro bo`lib yetishadi.
Insonparvarlikka asoslangan ta’lim – ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funktsiyalarini kengaytiradi, ta’lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va uning dunyokarashi yaxlitligini ta’minlaydi.
Ta’limni insonparvarlashtirishdan ko`zlangan asosiy maqsad yoshlarga tegishli bilim, kunikma va malaka, ularning insoniy dunyokarashini shakllantirishdan iborat. U bulajak fuqarolar tomonidan insonlar faoliyatining turli soxalarida insonparvarlik g`oyasi va kadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo`lib xizmat kilsin.
Ta’limda xayot tajribasiga ega bulish ziddiyatli xolatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chikishni takozo etadi.
Download 32.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling