Mavzu: shaxs rivojlanishida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar reja


Download 76.07 Kb.
bet3/7
Sana03.12.2023
Hajmi76.07 Kb.
#1797423
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu shaxs rivojlanishida yuzaga kelishi mumkin bo\'lgan muammo-fayllar.org

Ta’lim-tarbiyaning ta’siri.
Jamiyatning bolalar ongiga ta’sir o’tkazishi asosan ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Inson kamolotida ta’lim-tarbiya yetakchi rol o’ynaydi. Chunki:
1.Ta’lim-tarbiya jarayonida kishi organizmining o’sishi va muhitning stixiyali ta’siri bera olmaydigan narsalarni o’rganib oladi. Masalan, tilni odamlarning ta’sirida o’rganib olish mumkin. Lekin o’qish, yozishni maxsus ta’lim orqali o’rganadi.
2. Ta’lim-tarbiya yordamida hatto kishining ba’zi tug’ma kamchiliklari ham kerakli tomonga o’zgartirish mumkin. (ko’r, kar, soqov).
2. Ta’lim-tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’siri natijasida yuz beradigan kamchiliklarini ham tugatish mumkin. (Bolalarning karta o’ynashi, so’kishi, chekishi).
2. Ta’lim-tarbiya natijasida bolada bilimlar, ko’nikma va masalalar hosil bo’libgina qolmay, balki dunyo qarash ham shakllanadi, kamolotga yetib boradi. Bilmlarning egallanishi uning jismoniy va ma’naviy jihatdan o’sishiga yordam beradi. Masalan, Sarimsoqov 29 yoshida akademik, N. I. Lobachevskiy 14 yoshida Qozon universitetiga o’qishga kirgan, 23 yoshida professor darajasiga erishgan. O’zbek olimlaridan Shavkat Alimov, Shavkat Ayupov, va Rahim Hayitovlar ham shu yoshlarda professorlik nasib etgan.

Shaxsiy faollikning ahamiyati

Qobiliyat va iste’dodning ro’yobga chiqishida insonning muayyan faoliyatiga qiziqib qarshi bilan bir qatorda uning o’z uyida tinmay ishlashlari, mehnat qilishlari shart. Albatta bola buning mohiyatini dastlab yoshli paytida anglab yetmaydi, shuning uchun uni yo’naltirish bevosita tarbiya natijasida olib boriladi. Masalan, mashhur grek notig’i - Demosfenning (eramiedan oldingi IV asr) omma orasidagi dastlabki nutqlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan, uni hatto masqara qilishgan. U duduq, ovozi xasta, qisqa-qisqa nafas oladigan kishi edi. Lekin u aktyor satirning maslahati bilan o’z nutqidagi kamchiliklarni tuzatdi. U o’z kamchiliklarini tugatishda irodalilik va qat’iyatsizlik ko’rsatdi: u og’ziga mayda toshlar va sopol parchalarni solib, so’zlarni talaffuz qilishni mashq qildi, dengiz bo’yida to’lqinlar shovqinini nutq so’zladi, oyna oldida turib yuz harakatlarini bir maromga keltirdi. Uy shiftiga qilchini osib qo’ydi, u odati bo’yicha yelkasini har uchirganda, qilich sanchilardi. U haftalab uydan chiqmay notiqlikni o’rgandi. Uydan chiqmaslik uchun sochining yarimini qirdirib tashladi. Bunga o’xshash misollarni ko’plab keltirish mumkin. Masalan, Alisher Navoiy, Ibn Sino qund bilan kitob mutolla qilganlari, A. V. Suvorov, Amir Temurning harbiy san’atini egallash borasidagi mehnatlari fikrimizning dalilidir.



Download 76.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling