Mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Download 40.57 Kb.
bet3/7
Sana14.11.2021
Hajmi40.57 Kb.
#173989
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-seminar U. Pedogogika

Ijtimoiy omillar

Ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy tafakkur, turmush tarsi, shaxslararo, guruhlararo, millat va halqaro munosabatlarning muvofiqligi

Biologic omillar

Genlar, irsiy, anatomic, fiziologik, ruhiy tashkiliy jihatlar orqali o’tadigan birliklar

Ruhiy omillar

Inson psixikasidagi hissiy, aqliy faoliyat sohalaridagi o’zgarishlar

harakatlarining belgilangan, aniqlangan usuli bo‘lib, sabab tasavvurlar va qarashlarni qamrab oladi, ya'ni shaxs shakllanadigan manba hisoblanadi.



Shaxsning kamol topishidagi asosiy omillar

Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishidagi o'rni nihoyatda beqiyosdir. Irsiy belgilarning rivojlanishi insoniy-ijtimoiy muhitda yashashga bog'liqligiga ko'plab misollar keltirish mumkin. Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitda emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko'rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat bo'lmaydi. (1920 yilda hindistonlik doktor Singx Midnapur shahri yaqinidagi bo'ri uyasidan topib olgan qizchalar Kamola va Amola hayoti bunga misol bo'ladi). Yoki Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” asaridagi bosh qaxramon- Robinzon yashagan orol sohillariga uning xaloskor kemasi yelkan otmaganida edi, u shaxs sifatida degradatsiyaga19 uchragan bo‘lardi.

Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakllanishidagi o'rni mo'him bo'lib, Alisher Navoiy - shoir, Eynshteyn- fizik, Ulug'bek-astronom, Ibn Sino-tabib bo'lib tug'ilmagan, albatta. Ulardagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi, iste'dodga aylanishida ijtimoiy muhit, ta'lim -tarbiya mo'him o‘rin egallaydi. Davlatimizning barkamol inson tarbiyalash borasidagi siyosatida ham shaxs shakllanishida muhitning o'rni muhimligi ko'rsatiladi.

Ta'lim - tarbiya insonning shakllanishida etakchi o‘rin egallaydi.Ta'lim -tarbiya natijasida irsiyat va muhitning stixiyali ta'sirini o'qish, ¸zizish, mehnat qilish, musiqa bastalash va boshqa malaka va ko'nikmalar egallanishi evaziga o‘zgartirish, xatto tug'ma kamchiliklar(karlik, zaif ko‘rish, soqovlik)ni bartaraf etish mumkin. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda qobiliyatli, iste'dodli va iqtidorli bolalarga aloqida e'tibor berila boshlandi, Bugungi kunda “Nihol”, Zulfiya nomidagi davlat mukofotlari, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy nomidagi va Prezident stipendiyalarining ta'sis etilganligi ham yoshlarga berilayotgan e'tiborning timsolidir.

Ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ma'naviy meros – ularning asarlarida komil insonni ma'naviy rivojlantirish g‘oyasi o‘z ifodasini topgan. Xususan, “Avesto”, Qur'oni Karim, Sharq mutafakkirlarining noyob asarlaridagi komil inson g‘oyasi, Sharqona axloq kodeksi va bugungi kundagi O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida sog‘lom avlod tarbiyasi haqida o'lmas g'oyalar keltirilgan. Har bir inson shaxs sifatida turlicha namoyon bo'lar ekan, uning ijtimoiy voqyelikka, mehnatga, insonlar va jamiyatga bo'lgan munosabati, faollik darajasi, axloq-odob borasidagi etukligi turlicha bo‘ladi. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat qonun-qoidalariga amal qiladi va voyaga yetadi. Pedagogikada shaxsning kamolotga etishishi murakkab va ziddiyatli jarayon sifatida qaraladi. Shaxsning kamolotga erishishida irsiyat, muhit, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim -tarbiya va albatta o‘zining mustaqil faoliyati, iroda safarbarligi mo'him ahamiyat kasb etadi.

Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning ob'ektiv omillariga kiradi. Inson organizmidagi anatomik tuzilish, fiziologik harakat, asab tipi, asosiy shartsiz reflekslarni ota-onasidan meros qilib oladi. Zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlarida odam shaxsi va xulqi rivojlanishida biologik omillarning rolini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi bixeviorizm, progmatizm, biogenetik oqimlar mavjud bo'lib, ularning ayrim vakillari (E.Torndayk ) odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo'lajak shaxsga xos barcha xususiyatlarga ega bo'ladi, degan fikrni ilgari surishsa, ayrimlari ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o'tadi,- degan g‘oyani ma'qullaydilar. Ba'zi ( ) olimlar shaxsning axloqiy jihatdan o'sishini ham irsiyatga bog'laydi.Shunday qilib, irsiylik shaxsning o‘ziga xosligini belgilab beradigan anatomik, fiziologik, psixologik, tashkiliy jixatlar, ota-ona tomonidan irsiy o‘zgaruvchilar orqali o‘tadigan birliklardir.

Biologik omilning inson shakllanishidagi o'rni mo'him va o'ziga xos, albatta, irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi, insonga xos xususiyatlar - aqliy va jismoniy mehnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug'ma o'tishi mumkinligi, lekin bu tug'ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar orasida yashashi, jamiyatda munosabatlar o‘rnatishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi va ma'lum xulq- odob qoidalariga amal qilishi lozimdir. Insonning shaxs sifatida shakllanishida muhit (geografik, ekologik, axborot vositalarining uzoq-yaqinligi, ota-ona, bobo-buvilar tarbiyasining to‘laqonligi, tashqi muhit va h.k) beqiyos amiyat kasb etadi.

Shaxsning rivojlanishida «faoliyat», «faollik» tushunchalarining o'rni beqiyos. Buyuk insonlar o'z sohalarida yuksaklikka erishish uchun tinmay mehnat qilganlar. Inson o'z intilishi va faolligi bilan yuksak natijalarga erishishi mumkin, qobiliyat va iste'dodni ro‘yobga chiqarish uchun ham o'z ustida ishlanishi zarurdir. Masalan, buyuk iste'dod sohibi Muxtor Ashrafiy kunlardan bir kun shogirdinikiga tashrif buyuribdi. Shogirdi fortopiano oldida o‘tirib, kuy bastalayotgan ekan. Shogirdining rafiqasi ilhom parisi kelganda, turmush o‘rtog‘iga halal bermaslik uchun ustozga bir pas o‘tirib turishni maslahat beribdi. Bir necha daqiqadan so‘ng shogird Muxtor Ashrafiy yoniga peshvoz chiqibdi. Salomlashgach, Muxtor Ashrafiy shogirdiga qarata:”Men bugun kechasi bir kuy bastaladim. Marhamat, tinglab ko‘r, debdi va fortopiano yoniga kelib, bir necha daqiqa oldin yangragan kuyni ijro etibdi. Shogird hangu-mang bo‘libdi. Qanday qilib, ikki kishi bitta kuyni bastalashsa?! Biron nota ham o‘zgarmasa? Bunaqa sira bo‘lishi mumkin emas-ku?!,-deb hayron qolibdi. Shunda Muxtor Ashrafiy xandon urib kulibdiyu, hazillashayotganini aytibdi. Muxtor Ashrafiydagi buyuk iste'dod, xotirlash qobiliyatining kuchliligiga shogird tasanno aytibdi. Shunday qilib, mashhur musiqachi, bastakor Muxtor Ashrafiy o‘zining buyuk iste'dod egasi ekanligini namoyon qilgan ekan. 58



Yoki yana bir iste'dod sohibi, birdaniga bir necha sohalarda faoliyatini namoyish qilgan buyuk rassom, arxitektor, matematik Leonardo Da Vinchi o‘z ustida tinmay izlangan, mashaqqat bilan mehnat qilganligi hyech kimga sir emas. Yoshligida juda qashshoq yashagan Leonardo kunlarning birida tabiat quynida rasm chizish uchun Florensiyaning chekka qishlog‘iga kelibdi va yashash uchun ijaraga kichik hujra tanlabdi. Vaqt o‘tibdi, ammo Leonardo hujra pulini to‘lay olmabdi. Hujra egasi xasis va qitmir ekan. U rassomni tanimabdi va undan ijara haqqini talab qilibdi. Rassom ikki soatlardan so‘ng pulni to‘lashga va'da beribdi. Oradan ikki soat o‘tgach Leonardo Da Vinchi mo‘jazgina tugunchasini ko‘tarib, hujradan chiqibdi va pulni stol ustida qoldirganligini aytib, hujra egasi bilan xayrlashibdi. Xasis hujra egasi xonaga kirsa, stol ustida yaraqlab turgan bir uyum tilla tangalarni ko‘ribdi va ochko‘zlik bilan ularga qo‘l cho‘zibdi, ammo qo‘li stolning ustida mohirlik bilan chizilgan rasm ustida qolganligini ko‘rib, hayratdan yoqa ushlabdi... Ancha vaqtdan keyin hujraning egasi ushbu stolni juda katta pulga sotishga muvaffaq bo‘lib, mislsiz darajada boyib ketibdi.

Demak, qobiliyat tinimsiz mehnat va izlanish natijasida iste'dodga aylanishi, insonni kamolotga yetaklashi muqarrardir.

«Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi»20. Bola aynan turli faolliklar yordamida shakllanadi, o'zligini namoyon qiladi. Demak, tahsil oluvchilarning faoliyatlari passiv jarayon bo'lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Ya'ni, faoliyat-o'quvchi ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o'z-o'zini o'zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o'ziga xos faollik shaklidir. Bu-o'quvchining darslarda muayyan predmetlar mohiyatini o'z tasavvuri doirasida, malum bir echim orqali bilishga, yangi kashfiyotlar yaratishga qaratilgan faoliyatdir. O'quvchining aqliy harakatlari-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham qamrab oladi. Bola shaxsining rivojlanishida harakatlar quyidagi ko'rinishda bo'lishi kuzatiladi:

-pereptiv-bunda o'quvchi ongida jismlar va hodisalar to'grisidagi yaxlit siymo (obraz) shakllanadi;

-mnemik faoliyat- narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi va bog'liq murakkab faoliyat turi;

-imajitiv faoliyat-(«imaje» -«obraz»)-ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda saqlashni taqozo etadi.

O'qitish jarayonida tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o'tish yuz bergan bo'lsa, bunday jarayon pedagogika va psixologiyada interiorizaiya deb nomlanadi, aksincha, aqlda shakllangan g'oyalarni bevosita tashqi harakatlarga yoki tashqi faoliyatga ko'chirilishi ksteriorizaiya deb yuritiladi.

Faoliyat turlari ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko'ra ham farqlanadi. Ayrim xatti- harakatlar boshida har bir harakatni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishini va bunga butun diqqat-e'tiborni, ongning yunalishini talab etadi. Lekin vaqt o'tgach, ongning ishtiroki kamayib, ko'pgina qismlar avtomatlashib boradi.

Buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy shaxs kamolotida faoliyatning mo'him o'rnini alohda qayd etib, uning turlarini bir necha bosqichlarga ajratadi va amalga oshirish usullari, vaqt va fazoviy ta'rifi, fiziologik mexanizmlari to'grisidagi g'oyani ilgari suradi. Bugungi kunda zamonaviy pedagogikada insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash masalalari ustida tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu izlanishlar samarasi har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga mo‘ljallangan strategiyalardan iborat bo‘lib, shaxsning eng asosiy huquqlaridan biri - bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, aqliy jihatdan rivojlanish, yoqtirgan kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqini ro'yobga chiqarishga mo‘ljallangan.

Ta'lim xizmatlarining iste'molchisi sifatida shaxsga Davlat tomonidan ta'lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko'rish kafolotlanadi. Ta'lim jarayonida shaxs Davlat ta'lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. Ta'lim xizmatlarining amalga oshiruvchi sifatida shaxs munosib darajada malaka darajasini olgach, bilim va tajribalarni ta'lim jarayonida yosh avlodga o'rgatish, moddiy ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat va maishiy xizmat sohalarida faoliyat ko'rsatish bilan shug'ullanadi.

Har bir odam faqat ta'lim, ijtimoiy tarbiya va ma`naviy kamolot, kasb-hunar o'rganish tizimi vositasidagina shaxs bo'lib shakllanadi.

Natijada shaxsning ijtimoiy kamol topishi- uning jamiyat uchun foydali funkiyalarni bajarishi, o'z vazifa va burchlarini puxta va ijodiy anglab, boshqalar bilan teng, mustaqill munosabatlarga kirishuvi yuz beradi.

Kadrlar tayyorlash tizimida shaxsning o'rni va roli, huquq va majburiyatlari qonuniy himoyaga olingan va tegishli hujjatlarda batartib bayon etilgan.

Pedagogikadagi eng asosiy kategoriyalardan yana biri – tarbiyadir.

Tarbiya – uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchida aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Tarbiyachi o'zi hohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma'lum maqsadga ko'ra tizimli ta'sir ko'rsatadi. Jahon pedagogikasida «tarbiya» atamasi keng qamrovli tushuncha sifatida baholanganligi tufayli, uning mohiyati xususida turli nazariyalar mavjud. Tarbiyani kattalar (o'qituvchilar, murabbiylar va ota-onalar)ning bolalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni sifatida tushunish eng ko'p tarqalgan tendeniyadir. Bu o'rinda kattalar to'g'ri, deb hisoblaydigan, baholaydigan ideallar, maqsadlar, vazifalar, normalar va talablarga muvofiq tarzda ta'sir ko'rsatish ko'zda tutiladi.Tarbiyani bunday tushunish haqiqatga yaqinroq, biroq u bir tomonlama xususiyatga ega bo'lib, mazkur jarayonning faqat muayyan qismini aks ettiradi, xolos. Tarbiyaga bunday ta'rif berishda bolaga kattalarning ta'siri yo'n altirilgan ob'ekt sifatidagina qaraladi.Zamonaviy pedagogika tashabbuskor va mustaqil shaxslarni tarbiyalashni nazarda tutib, tarbiyalanuvchiga pedagogik jarayonda faol harakat qiluvchi sub'ekt rolini beradi.

Islom madaniyatining tarkibiy qismi-tasavvuf (sufizm) falsafasida inson ma'naviyatining, ruhiyati o'ziga xos uslublar orqali aks ettirilgan. Hazrat Abu Hamid Al-G'azzoliy, Attor, Aqmad Yassaviy, Abduxoliq G'ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubroning ta'lim -tarbiyaga, xulq axloqiga oid qarashlari, Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», «Kitob al musiqi al kabir», «Katta musiqa», «Ritmlar tartibi xaqida», Beruniyning «Masud Qonuni», «Hindiston», «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydona», «Axloq xaqida risola»sidagi ma'naviy-ma'rifiy masalalar, Abu Ali ibn Sinoning «Tadbiri manozil», «Axloq xaqida risola», «Donishnoma», «Salamon va Ibsol», «Xay ibn Yakzon», «Tib qonunlari», Alisher Navoiyning: «Makorim ul-axloq», («Mukarram xulklar»), «Badoiy ul-bidoya», («Go'zallikning boshlanishi»), «Navodir un-Nihoya», («Nodirliklar nihoyasi»), «Xazoyin ul-Maoniy», («Ma'nolar xazinasi») asarlarida insonni tarbiyalash g'oyalari hozirgi zamon g‘oyalari bilan hamohandir.

Abdulla Avloniy, Maxmudxuja Beqbudiy, Xamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Abrauf Fitrat, Cho'lpon asarlaridagi ma'naviy-ma'rifiy qarashlar bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Buyuk ma'rifatparvar ziyolilarning g'oyalari milliy g'oya va istiqlol mafkurasining teran tomirlari bo'lib qolaveradi. Demak, tarbiyada pedagogik muhit muhim ahamiyat kasb etadi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.

Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti va obekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarining iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta'riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.




Download 40.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling