Mavzu: Shaxs shakllanishida psixologik pedagogik masalalar Reja


Download 86.81 Kb.
bet4/8
Sana11.09.2023
Hajmi86.81 Kb.
#1675848
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shaxs

Ikkinchi nuqtai nazar –  shaxslararo aloqalar muhiti shaxsni aniqlash va mavjudlik sohasi bo‘lib xizmat qilganida shaxsni tushunish vositasi sifatidagi interindivid shaxsiy atributsiya.
Ko‘rib chiqishning uchinchi nuqtai nazari  – metaindivid shaxsiy atributsiya. Ushbu holatda individning o‘z faoliyati orqali boshqalarga ko‘rsatadigan ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ta’siri ko‘zda tutiladi. SHaxsga yangicha nazar bilan qaraladi: uning individ sifatlari qatoridagi muhim xususiyatlarini faqat o‘zida emas, balki boshqa odamlardan ham izlash taklif etiladi. Bunda shaxs boshqalarda ideal tarzda tasavvur etilishi, ularning o‘zga turmush tarzi, uning shaxs sifatida alohidalanishida yuzaga keladi.
Bunday ideal tasavvur etishning mohiyati  – sub’ekt faoliyati yoki uning hamkorlikdagi faoliyatini yuzaga chiqaradigan boshqa odamning aqliy va affektiv-ehtiyojiy sohasidagi real faol o‘zgarishlardan iborat. Bunday holatda gap shaxsning boshqalarda o‘z hayotini davom ettirishi mumkin bo‘lgan faol jarayon haqida, boshqalarda o‘zining davomiyligini ko‘ra bilishi haqida ketadi. Individ o‘limidan so‘ng shaxs butunlay yo‘qolib ketmasdan o‘zgalar hayoti bilan davomiyligini saqlab qoladi. A.S.Pushkin so‘zlarini esga olsak: «Yo‘q, butunlay o‘lmayman … dunyoda bitta bo‘lsa ham shoir qolmagunicha».
SHaxsning psixologik tuzilishini quyidagi ko‘rinishda tasavvur etish mumkin (16.1 rasm).

6.1. Rasm. Shaxsning psixologik tuzilishi.

3.Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy nisbatlar muammosi. Inson shaxsidagi biologik va ijtimoiy nisbatlar muammosi – hozirgi zamon psixologiyasining markaziy muammolaridan biri. Psixologiya fanining bunyodga kelishi va taraqqiyoti jarayonida «psixik», «ijtimoiy» va «biologik» tushunchalar o‘rtasidagi mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan aloqalar ko‘rib chiqildi. Psixik taraqqiyot to‘laligicha ham biologik va ijtimoiydan mustaqil bo‘lgan muayyan jarayon sifatida, ham faqat biologik yoki faqat ijtimoiy rivojlanishning hosilasi sifatida, yoki ularning intividga ko‘rsatadigan parallel ta’sirining natijasi sifatida tushuntirilgan edi. SHunday qilib, ijtimoiy, psixik va biologik nisbatlarni turli xilda izohlovchi konsepsiyalarning bir nechtasini ajratish mumkin.
Psixik taraqqiyotning ichki ta’sir natijasida vujudga kelganligini isbot qiluvchi konsepsiyalar guruhida psixik nisbat biologik va ijtimoiy nisbatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zining ichki qonunlariga to‘laligicha bo‘ysunadigan hodisa sifatida o‘rganiladi. Bunda ushbu konsepsiyalar nuqtai nazaridan inson organizmiga psixik faoliyatning qandaydir «sig‘imi» sifatida o‘rin ajratiladi. Bunday fikrlarni bizlar ko‘proq psixik hodisalarning diniy kelib chiqishini e’tirof etuvchi mualliflar ishlarida uchratamiz.
Biologik konsepsiyalarda psixik nisbat organizm taraqqiyotidan keyin sodir bo‘ladigan hodisaning chiziqli funksiyasi sifatida o‘rganiladi. Bu konsepsiyalarga asosan, inson xossalari va holatlari, psixik jarayonlarning barcha xususiyatlari biologik tuzilishning xususiyatlari bilan belgilanadi, ularning taraqqiyoti esa biologik qonunlarga bo‘ysunadi. Ko‘p hollarda bu konsepsiyalarda psixik taraqqiyotni tushuntirib berishda asosiy biogenetik qonun – rekapitulyasiya qonuni qo‘llaniladi, bu qonunga ko‘ra, individ taraqqiyoti o‘zi tegishli bo‘lgan tur evolyusiyasining asosiy ko‘rinishlarida amalga oshiriladi. Ushbu e’tirofning ifodalanishi ruhiyatning tabiatda mustaqil hodisa sifatida mavjud bo‘lmasligi, barcha ruhiy hodisalarni biologik (fiziologik) tushunchalar yordamida ta’riflash yoki tushuntirish mumkinligi haqidagi fikr hisoblanadi. Bunday nuqtai nazarning fiziologlar o‘rtasida juda keng tarqalganligini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Masalan, I.P. Pavlov ushbu nuqtai nazarning tarafdori edi.
Odamning ma’lum biologik tur vakili sifatida dunyoga kelishini hech kim tomonidan inkor etilmaydi. SHu bilan birga, inson ma’lum ijtimoiy muhitda tug‘ilgani uchun faqat biologik ob’ekt sifatida emas, balki, ma’lum jamiyat vakili sifatida ham rivojlanadi. Bu kabi ikki qarash doimiy ravishda o‘zaro ta’sirda bo‘lganliklaridan psixologiya uchun o‘zaro aloqalarining xususiyatini aniqlash muhimdir.
Odamning psixik taraqqiyoti qonuniyatlari ustida olib borilgan ko‘p sonli tadqiqotlar individ psixik taraqqiyotining boshlang‘ich sharti uning biologik rivojlanishi, deb hisoblash imkonini beradi. Individ ruhiy taraqqiyotining asosi bo‘lgan ma’lum biologik xossalar va fiziologik mexanizmlar to‘plami bilan dunyoga keladi. Lekin bu shartlar odam insonlar jamiyati sharoitida mavjud bo‘lgandagina amalga oshishi mumkin.
Inson ruhiy taraqqiyotidagi biologik va ijtimoiy nisbatning o‘zaro faoliyati va o‘zaro ta’siri muammosini ko‘rib chiqib, odam tuzilishining uch darajasini ajratish mumkin, bular: biologik daraja, ijtimoiy daraja va ruhiy darajalardir. SHunday qilib, shuni ko‘zda tutish lozimki, gap uchlikdagi: «biologik – ruhiy – ijtimoiy» o‘zaro ta’sirlashuv haqida ketadi. Boshqacha aytganda, shaxs tuzilishidagi  biologik – ruhiy – ijtimoiylik uzluksiz birlikni tashkil etadi.
Mashhur rossiyalik ruhshunos B.F. Lomov, shaxs shakllanishi muammosini tadqiq qilib, shaxsdagi biologik va ijtimoiy nisbatning barcha murakkabligi va turli mohiyatliligini ochib berishga harakat qildi. Uning bu muammoga qarashlari quyidagi asosiy fikrlarga borib taqaladi. Birinchidan, individ taraqqiyotini tadqiqi etib, alohida ruhiy vazifalar va holatlar tahlili bilan chegaralanib bo‘lmaydi. Barcha ruhiy vazifalar shaxs shakllanishi va taraqqiyoti ma’nosida ko‘rib chiqilishi lozim. SHu munosabat bilan biologik va ijtimoiy nisbat muammosi organizm va shaxs nisbati muammomi sifatida namoyon bo‘ladi. Ikkinchidan, shuni nazarda tutish lozimki, bu tushunchalardan biri biologik fanlar doirasida, ikkinchisi esa ijtimoiy fanlar doirasida shakllangan. Lekin ikkovi ham odamga ham Homo sapiens turining vakili sifatida, ham jamiyat a’zosi sifatida munosabatda bo‘ladi. SHu bilan birga, bu tushunchalarning har birida inson xususiyatlarining turli tizimlari: organizm tushunchasida – inson individi tuzilishi biologik tizim sifatida, shaxs tushunchasida esa – insonning jamiyat hayotida qatnashishi aks etgan. Uchinchidan, psixologiya shaxs shakllanishi va taraqqiyotini tadqiq etib, shaxs – individning ijtimoiy sifati ekanligidan kelib chiqadi, bunda odam inson jamiyatining a’zosi sifatida namoyon bo‘ladi. Individning bu sifati jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘lolmasligidan, «individ – jamiyat» munosabatlari tahlilidan tashqarida tushunish etish mumkin emas. Individ shaxsiy xususiyatlarining ob’ektiv asosi bo‘lib, uning o‘zi yashab, rivojlanib kelayotgan ijtimoiy munosabatlar tizimi xizmat qiladi. Va, nihoyat, to‘rtinchidan, shaxsning shakllanish va rivojlanish jarayonini inson tomonidan ushbu jamiyatda ma’lum tarixiy bosqichda tarkib topgan ijtimoiy dasturlarning o‘zlashtirilishi sifatida ko‘rib chiqish zarur. Bunda jamiyat tomonidan bu jarayonning maxsus ijtimoiy institutlar, birinchi navbatda, ta’lim va tarbiya tizimi yordamida yo‘naltirilishini ko‘zda tutish lozim.
Bundan kelib chiqqan holda quyidagi xulosani keltirish mumkin: individ taraqqiyoti xususiyatlarini belgilovchi omillar tizimli xususiyatga ega bo‘lib, yuqori dinamika bilan ajralib turadilar, ya’ni, rivojlanishning har bir bosqichida turli xil o‘rinlarni egallaydilar.

Download 86.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling