Mavzu. Shaxs sotsiologiyasi va deviant xulq-atvor reja
Download 105.06 Kb.
|
ma\'ruza 5 (1)
5.4. Sotsial me’yor turlari.
Ijtimoiy me‘yorlar – jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo`lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhitga mos-lashtiruvchi qoidalar majmuyidir. Me‘yorlar xulq-avtorning chegarasi, shart-sharoiti, shaklini munosabatlar xarakteri va unga erishish maqsad hamda usullarini belgilaydi. Me‘yorlar xulqatvorning umumiy tamoyillari va uning konkret parametrlarini belgilagani uchun ham boshqa qadri-yatlarga qaraganda keraklilik, darkorlikning to`la modeli, o`lchovini berishi mumkin. Deviant xulq-atvor sotsiologiyasi muammolari bo`yicha O`zbekistonda ko`plab ishlar qilingan. Deviant xulq-atvorning turli ko`rinishlarini respublikamiz olimlari o`z tadqiqot obyekti doirasida o`rganganlar. Respublikamiz faylasuflaridan X.Shayxova, Q.Nazarov, M.Xolmatova, N.Komilov (shaxs tarbiyasida ma‘naviy-axloqiy tarbiyag ta‘siri masalalari), sotsiolog M.B. Bekmurodov (ijtimoiy me‘yorlarga jamoatchilik fikrining ta‘siri ja-rayonlari), huquqshunoslardan A.Qulahmetov, Y.Karaketov, M.Usmonali-yev (jinoyatchilikning umumiy jihatlari va o`smirlar jinoyatchiligi masalalari), psixolog olimlar G`.V.Shoumarov, N.A.Soshnov, S.A.Axunjonova, Z.R.Qodirova, E.Sh.Usmonov, B.M.Umarov (o`z joniga qasd qilish va jino-yatchilik muammolarining ruhiy-psixologik asoslari), pedagog-olimlardan O.Musurmonova, D.J.Sharipovlarning (oilada barkamol shaxsni tarbiyalash hamda giyohvandlik, ichkilikbozlik, chekish kabi illatlarning oldini olish muammolari) olib borgan ilmiy ishlarini shunday ishlar jumlasiga kiritish mumkin. Me‘yorning buzilishi ijtimoiy guruh, jamiyat tomonidan aniq salbiy munosabatni vujudga keltiradi. Shuning uchun ham, me‘yorlar deviatsi-yaga qarshi kurash vositasi, tartib o`rnatish hamda ijtimoiy barqarorlik vositasi bo`ladi. Me‘yorlar muayyan xulq-atvorga bo`lgan talab oqibatida vujudga ke-ladi. Ijtimoiy reallik va talablarning turli-tumanligi me‘yorlar turli-tuman-ligini keltirib chiqaradi. Me‘yorlarni turli asoslarga tayanib tasnif qilish mumkin. Sotsiologiya uchun me‘yorlarni subyektga, shu me‘yorni tashuv-chilarga ko`ra ajratish katta ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, umu-minsoniy me‘yorlar, jamiyat, guruh va jamoa me‘yorlarini ajratib ko`rsa-tishi mumkin. Zamonaviy jamiyatda ushbu me‘yorlar uzviy bog`liq va bir-biriga ta‘sir ko`rsatadi. Zamonaviy sotsiologiya ijtimoiy me‘yorlarni quyidagicha tasniflaydi: Obyektga yoki faoliyat sohasiga ko`ra munosabatlarning muayyan turida amal qiluvchi me‘yorlarni ajratish mumkin. Bular – siyosiy, iqti-sodiy, estetik, diniy va boshqalardir. Mazmuniga ko‘ra mulkiylik munosabatlarini tartibga soluvchi, shaxs-ning huquq va erkinliklarini ta‘minlovchi, muassasalar faoliyati hamda davlatlararo o`zaro munosabatlarni muayyan tartib-qoidalarga bo`ysun-diruvchi me‘yorlar bo`lishi mumkin. Me’yoriy – qadriyatlar iyerarxiyasidagi o`rniga ko`ra asosiy va ikkin-chi darajali, umumiy va konkret me‘yorlar. Tashkil bo‘lish va qayd etish shakliga ko`ra qat‘iy belgilangan, qat‘iy qayd etilgan va o`zgaruvchan, egiluvchan me‘yorlar. Qo‘llanish ko`lamiga ko`ra me‘yorlar umumiy va mahalliy me‘yorlarga bo`linadi. Ta’minlanish usuliga ko`ra ichki ishonch, jamoatchilik fikri yoki majburlash, davlat apparati kuchiga tayanuvchi me‘yorlar. Funksiyasiga ko`ra baholovchi, yo`naltiruvchi, nazorat qiluvchi, jazolovchi, rag`batlantiruvchi me‘yorlar. Barqarorlik darajasiga ko`ra ijtimoiy ko`nikmalar, urf-odatlar, an‘analarga tayanuvchi va aksincha, shunday asosga ega bo`lmagan me‘yorlar. Aksariyat hollarda ijtimoiy me‘yordan chetga chiquvchi xulq-atvor ijtimoiy sanksiyalar yordamida tartibga solinadi. Me‘yordan chetga chiqishning epizodik shakllari kishilar orasidagi o`zaro ta‘sir tartibining buzilishi bilan bog`liq va jamoatchilik fikri tomonidan qayd etiladi va o`zaro ta‘sir ishtirokchilari tomonidan tahrir qilinadi. Ijtimoiy me‘yordan chetga chiqishga qarshi kurash usuli va vositalari ijtimoiy ong va hukmron elita to-monidan chetga og`ish qay darajada xavfli ekanligiga qarab, belgilanadi. Ko`pincha, ijtimoiy me‘yordan kuchli chetga og`ish tizimning rivoj-lanish vositasi bo`ladi va u konservativ va reaksion xulq-atvor standartlaridan voz kechishga yordam beradi, ya‘ni pozitiv o`rin tutadi. Deviant xulq-atvor nazariyasida ijtimoiy me'yor markaziy o'rin tutar ekan, avvalo ijtimoiy me'yorning o'zi nima va uning qanday turlari mavjudligini shuningdek, deviant xulq-atvorning eng ko'p uchraydigan va yaqqol namoyon bo'ladigan turlari; jinoyatchilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik nima ekanligini aniqlab olishimiz kerak. Ijtimoiy me'yor - jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo'lib, ma'lum shart-sharoitlarda shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorining morslashishi vositalaridan biri va ularning xulq-atvorlarini jamiyat tomonidan nazorat qilish vositasidir. Ijtimoiy me'yorning bir qancha turlari mavjud; Huquq. Individga nisbatan ob'yektiv, tashqi uning xulq-atvorini boshqaruvchi qoidalar tizimi. Har qanday jamiyatda huquq xukmron tabaqa demokratik ko'pchilik yoki butun xalqning yagona irodasini namoyon etuvchi va shu sababli hech qanaqa o'xshatmasi yoki muqobili bo'lmagan yagona me'yorlar majmuidir. Axloq. Etika mutaxassislarining fikricha, umumiy va xususiy manfaatlarning moddiy determinatsiyalashgan qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Insonning o'zini takomillashtirish va o'z imkoniyatlarini rivojlantirish qobiliyatlarini anglatadi. Huquqdan farq qilib, axloq birinchidan, baholash vazifasini bajaradi (yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz), ikkinchidan, uning me'yorlari birinchi navbatda nomus, burch, vijdon, adolat va shu kabi tushunchalarni mujassamlashtirgan ichki ruhiy kechinmalar orqali faoliyat yurgizadi. Urf-odatlar. Ushbu me'yoriy tizim xulq-atvorning erkin moslashuvchi, shu sababli odatga aylangan tarixiy shakllangan namunalari, asosan kishilarning birga yashash qonuniyatlarini ifodalaydi. Axloqiy me'yorlardan farq qilib, urfodatlar aniq va bir xil,ba'zan to'la shakllangan ko'rinishga ega bo'ladilar. Diniy me'yorlar. Ushbu tizim juda qadimiy bo'lib, diniy ta'limot tavsifiga ko'ra diniy me'yorlar ham turlicha bo'ladi. Shuningdek, mazmuniga ko'ra diniy me'yorlar turli, huquqiy, axloqiy, urf-odat, estetik va tashkiliy me'yorlarni o'z ichiga oladi va shu sababli ko'pincha yuqoridagi me'yoriy tizimlarning har birining boshqaruv xxususiyatlarini qamrab olishi mumkin. Diniy me'yorlar ichki ta'qiqlar bilan birga tashqi ta'qiqlar orqali ham ta'sir qiladi. Tarixiy tajribada, hamda hozirgi jarayonlar, ayniqsa islom davlatlarida aksariyat diniy me'yorlar dindorlar uchun kuchli ta'sir vositalari hisoblanib, ularni turli jinoyatlar, fohishabozlik va ichkilikbozlik kabi illatlardan saqlab turuvchi vosita ekanligini ko'rsatmoqda. Deviant xulq-atvorni fanda turlarga ajratib o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda ushbu jarayonlarni turlicha tasniflash mavjud bo'lib, shulardan biri ularning ham ob'ektiv ham sub'ektiv tomonlari bilan bog`liq bo'lgan tasniflashdir. Bunga ko'ra deviant xulq-atvor turlari 2 guruhga bo'linadi; tashqi muhitga yo'naltirilgan xulq-atvor (ekstravertiv (masalan, jinoyatchilik)); shaxsning o'ziga yo'naltirilgan xulq-atvor (intravertiv (masalan, ichkilikbozlik)). Ijtimoiy me'yor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo'lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muxitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me'yorning bir necha turlari mavjud bo'lib, huquqiy, axloqiy, diniy hamda urf-odatlarga oid me'yorlar shular jumlasidandir. Ijtimoiy me'yorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan me'yorlarga moslashtirib borilgan shaxslar ko'pchilik tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari o'rnatilgan me'yorlar ham eskirib boradi va yangi me'yorlar o'rnatiladi. Yangi me'yorlarni o'rnatish jarayoni jamiyatda o'rnatilgan mavjud me'yorlar doirasini kengaytirish va o'zgartishdan iboratdir. Jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmasdan, balki unga to'siq bo'luvchi me'yordan og'ish holatlari ham mavjud bo'lib, sosiologiyada bu narsa «deviantlik holatlari», undan tug'iluvchi xulq-atvorni «deviant xulq-atvor» deb nomlanadi. Deviant xulq-atvor bir shaxsning salbiy xulq-atvordan iborat faoliyatini, shuningdek, muayyan guruhning og'ma xulq-atvorlarini ham ifodalovchi tushunchadir. Ma'lumki, ijtimoiy me'yorlar va ulardan chekinishlar haqidagi qarashlar insonning ijtimoiylashuv jarayoni bilan bir vaktda paydo bulgan. Qadimgi xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xususan Misr, Hindiston va Xitoy diniy qonun-qoidalaridagi axloqiy me'yorlar bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. Ushbu «qonunlar»da barcha huquqlar insonga xudolar tomonidan beriladi va qonun buzuvchilarni xudolar jazolaydi, deb hisoblangan. Bunday qarashlar dastlab yunon va Rim faylasuflari asarlarida o'z ifodasini topdi. O'rta asrlarda axloq me'yorlari diniy qarashlar ta'siri ostida rivojlandi va ulardan chekinish diniy nuqtai nazardan baholangan. Yevropada xristian dini barcha sohada xukmronlik qilgan bo'lsa, sharq dunyosida axlokiy-huquqiy me'yorlar va ular xaqidagi ta'limotlar islom falsafasi ta'sirida rivojlandi. XVII-XVIII asrlarga kelib, Yevropada jamiyat rivojining kuchayishi, axloq me'yorlarining xristiancha talablari doirasiga sig'may qoldi. XVIII asr mutafakkirlari ijtimoiy me'yor va undan chekinish muammosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. Sh.L. Monteskye, J.J. Russo, Ch. Bekkaria, K. Gelvesiy, D. Didro, P. Golbax, Morelli va Sh. Furyelar o'z ilmiy izlanishlarida ijtimoiy me'yorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo'lgan qonuniyatlarni topishga intildilar. XIX asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar taraqqiyotiga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Xususan, sosiologiyada ijtimoiy me'yordan og'ish holatlarini tushuntiruvchi dastlabki ta'limot, E.Dyurkgeymning «anomiya» g'oyasi edi. E. Dyurkgeym fanga o'zi kiritgan «anomiya» atamasi orqali qonunchilikni, qonunlarni tan olinmasligi va ularga amal qilinmaslikni tushunadi. Bu g'oyani zamonaviy ilm-fanda P.Solis, M.Klaynerd va boshqalar rivojlantirib kelishmoqda. Download 105.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling