Mavzu. Shaxs sotsiologiyasi va deviant xulq-atvor reja


Deviant xulq-atvor sotsiologiyasi


Download 105.06 Kb.
bet2/5
Sana03.12.2023
Hajmi105.06 Kb.
#1798431
1   2   3   4   5
Bog'liq
ma\'ruza 5 (1)

5.2. Deviant xulq-atvor sotsiologiyasi. Deviant so'zi - lotincha ―deviatio‖ so'zidan olingan bo'lib, chekinish, buzilish degan ma'noni anglatadi9. Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda o'rnatilgan axloq me'yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xattiharakat , ijtimoiy xodisadir. Deviant xulq-atvor - jamiyatda o'rnatilgan axloq me'yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo'lib, yolg'onchilik, dangasalik, o'g'irlik, ichqilikbozlik, giyohvandlik, o'z joniga qasd qilish va boshqa ko'plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi.
Deviant xulq deganda, quyidagilar nazarda tutiladi:

  1. jinoyatchilik. Muayyan davlatda o'rnatilgan qonun va me'yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi.

  2. ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud: 1) Alkogolni har-har zamonda iste'mol qilish. 2) Alkogolni ko'p iste'mol qilish - spirtli ichimliklarni muntazam, ya'ni xaftada bir martadan bir necha martagacha yoki, birvarakayiga o'rtada tanaffus bilan ko'p miqdorda (200 ml. dan oshiq). Bu ko'pincha alkogolizmga olib keladi. 3) Alkogolizm - spirtli ichimliklarga patologik (muttasil) o'rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik.

v) giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga doimiy
ro‘ju qo'yish va tibbiy ko'rsatmalarsiz iste'mol qilish.
Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R.Merton ishlab chiqqan ta‘limot sotsiologiyada yetakchi o`rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiya g`oyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta‘rif beradi: ―Deviant xulq-atvor jamiyatda e‘lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir‖.
Deviant xulq-atvor yozilgan va yozilmagan me‘yorlarga mos kelmaydigan har qanday xatti-harakat va faoliyatni nazarda tutadi. Ayrim jamiyatlarda an‘analardan chetga chiqish jiddiy xato, nojo`ya ish kabi keskin qoralangan. Masalan, ayrim jamiyatlarda inson sochining uzunligi ham, ko`rinishi ham, xulq-atvori ham nazorat ostida bo`ladi.
Deviatsiyaga qarshi kurash aksariyat holda his-tuyg`ular, fikr va hattiharakatlar turli-tumanligiga qarshi kurashga aylangan. Odatda, bu narsa hech qanday natija bermagan, ya‘ni deviatsiya yanada yorqinroq ifodalanishi mumkin. Masalan, 80-yillarda yoshlar G`arb modellariga taqlid qilgan, jamiyat bunga qarshi hech narsa qila olmagan.
Ko`p jamiyatlarda deviant xulq-atvor nosimmetrik bo`ladi: yomon tomonga og`ish qoralanadi, yaxshi tomonga og`ish qo`llab-quvvatlanadi. Jamiyatda odamlarning aksariyat qismi deviant bo`lishi mumkin (bunga o`g`rilar ham, aldanganlar ham, ishga kechikkan, avtobusda bilet olmagan, mumkin bo`lmagan yerda sigaret chekkanlar ham kiradi). Bunday sharoitda me‘yordan chetga chiqish miqdori yoki shakliga e‘tibor berish kerak. Deviant xulq-atvor turlari ko`p bo`lib, ularga oddiy, elementar tartib buzishdan tortib katta jinoyatlargacha kiradi.
Ma'lumki, zamonaviy G'arb sosiologiyasida deviant xulq-atvorga turlicha qarashlar mavjud. Deviant xulq-atvorning eng ko'p tarqalgan va jamiyatda yaqqol namoyon bo'lish turi jinoyatchilik bo'lib, ijtimoiy me'yorning buzilishi sifatida ushbu xodisa fanda juda qadimdan o'rganilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib pozitivistik maktab shakllanishi bilan, jinoyatchilikni ham sababiylikda o'rganuvchi ta'limotlar paydo bo'la boshladi. Jumladan, italiyalik psixiatr Ch. Lombrozo Italiya qamoqxonalaridagi 14 ming maxbus ustida tekshirish olib borib, ―jinoyatchilar tug'ma bo'lishadi‖ degan xulosaga kelishadi. Uning shogirdi E.Ferri jinoyatchilik sosiologiyasi asarida ushbu omilga qo'shimcha ravishda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillarni ham ko'rsatadi. Keyinchalik ushbu ta'limotlar turli tanqidlarga uchragan bo'lsada, hozirgi kungacha ham G'arb sosiologiyasining ba'zi namoyondalari ushbu ta'limotning u yoki bu yo'nalishlarini rivojlantirib kelishmoqda.
Ushbu ta'limotlarga qarama-qarshi o'laroq, sotsiologiyada ijtimoiy me'yor buzish jarayonlarini to'la ijtimoiylikda tushuntiruvchi dastlabki ta'limot E.Dyurkgeymning anomiya10 g'oyasi edi. Bunga ko'ra eski me'yorlar va qadriyatlar mavjud munosabatlarga mos kelmay qolishi va yangiliklarining o'rnatilmaganligi natijasida individlar xulq-atvorini tartibga soluvchi qat'iy axloqning mavjud emasligi tushuniladi.
Deviatsiyaning sabablari nimada? Zamonaviy sotsiologiyada jamiyatning maqsadlari va shu maqsadlarni amalga oshirishning ijtimoiy qo`llabquvvatlaydigan vositalari o`rtasidagi uzilish deviatsiyaga olib keladi, deb hisoblanadi. Amerikalik sotsiolog R.Merton bunga muvofiq; ravishda jamiyatga moslashish deb hisoblangan hatti-harakat turini ajratib ko`rsatadi11.
Merton buni amerikaliklarning boylikka ega bo`lishi maqsadlari muammosini tahlil qilish orqali tushuntiradi. Uning fikricha, hatti-harakatning quyidagi turlari mavjud:

  1. konformlik – madaniy maqsadlar va vositalarga muvofiqlik, ya‘ni boylikka ega bo`lish uchun ishlash, o`qish, biznes qilish yoki me‘ros olish kerak;

  2. innovatsiya – maqsadlarni tan oladi, lekin shu maqsadga erishishning ijtimoiy qo`llab-quvvatlanadigan vositalarini inkor etadi (reket, narkotik sotish, o`g`rilik kabilar);

  3. ritualizm – maqsadni inkor etib, shu maqsadga erishishning jamiyat tomonidan qo`llab-quvvatlanadigan vositalarini ma‘qullaydi (byurokratizm, rasmiylikni mutlaqlashtirish);

  4. isyon – hukmron maqsad va vositalardan begonalashuv hamda yangi maqsad va vositalarning shakllanishini nazarda tutadi.

Ijtimoiy me‘yorlarning buzilishi jiddiy, nojiddiy, ongli yoki anglanmagan holda bo`lishi mumkin. Qonunga to`g`ri kelmaydigan xatti-harakat toifasiga kiruvchi ongli yoki anglab etilmagan barcha jiddiy hatti-harakatlar delinkvent deyiladi.
Deviant va delinkvent hatti-harakat quyidagicha farqlanadi: deviant hattiharakat nisbiy, delinkvent hatti-harakat mutlaq bo`ladi. Jinoyatlarga o`g`rilik, firibgarlik, vandalizm, sanoat josusligi, qimor o`ynash, o`t qo`yish, qalbaki hujjatlar tayyorlash, poraxo`rlik kabilar kiradi. Delinkvent xatti-harakat mamlakatdagi qonunlarga nisbatan mutlaq bo`ladi.
E.Saterlendning differensial, katta o'rin tutuvchi ta'limotlardan biri aloqalar ta'limotidir. Bunga ko'ra, har qanday xulq-atvorga, shu jumladan me'yor buzuvchi xulq-atvorga ham u ham o'rganiladi, ya'ni mavjud jamiyat a'zolari tomonidan mazkur xulq-atvor me'yorlari boshqalarga o'rgatiladi.

Download 105.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling