Mavzu: shaxs yo‘nalganligi va faoliyat motivi reja


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana12.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1768568
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


MAVZU: SHAXS YO‘NALGANLIGI VA FAOLIYAT MOTIVI 
REJA: 
1. Shaxsning faolligi
2. Shaxsning malaka va odatlari 
3. Shaxsning psixologik tuzilish modellari tahlili
 
Taynach iboralar: Shaxs yo‘nalganligi va faoliyat motivi haqida tushuncha. 
Motivatsiya haqidagi nazariyalar. Motivatsion soha rivojlanishining asosiy 
qonuniyatlari.
 
Mustaxakamlash uchun savollar: 
1. Shaxsning faolligi nima? 
2. Shaxsning malaka va odatlarini gapirib bering. 
3. Shaxsning psixologik tuzilish modellari tahlilinikeltiring.
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: 
1. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent-1996 
2. O`zbеkiston Rеspublikasi “Ta’lim to`g`risidagi” qonuni T.,1992 
3. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T., 1997 
4. Karimova V. M. «Psixologiya» T.Sharq 2002y. 
5. G‘oziyev E. G‘. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent-2002y. 
6. Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T.: O‘zbekiston 
faylasuflar milliy jamiyati, 2008 yil 
7. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va 
texnologiyalar 2010 yil 
8. Климов Е.А. «Общая психология». Реч, Москва-2001 
9. Штерн А.С. «Введение в психологию» М.: Академия Спб 2002. 
10. David G. Myers “Psychology”. NY, 2010. WORTH PUBLISHERS
118p. 
 
 
 
Shaxsning faolligi 
Shaxs o’zining faoliyati tufayli tevarak-atrofdagi olam bilan faol munosabatda 
bo’ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga 
ko’rsatadigan ta'siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar 
ham o’zaro munosabatda bo’ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib 
yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashibgina qolmasdan, uni 
o’zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, 
ehtiyojlarida namoyon bo’ladi. XX asr boshlarida avstriyalik psixolog Z.Freyd shaxs 
faolligini quyidagicha tushuntiradi. Odam o’zining avlodlaridan nasliy yo’l bilan 
o’tgan instinktiv mayllarining namoyon bo’lishi tufayli faoldir, instinktiv mayllar 
asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo’ladi Z.Freyd shaxsning faolligini 
jinsiy mayllar bilan bog’laydi. Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy 
psixologiyasi to’g’ri hal qilib beradi. Inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning 
ehtiyojlar, deb tushuntiradi.


Psixologik nuqtai nazardan borliq to’g’risida mulohaza yuritilganda, tirik 
mavjudotlarning (oddiy tuzilishga ega bo’lganidan tortib, to murakkabigacha) 
tevarak-atrof bilan hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan turli xususiyatli bog’lanishlarni 
ta'minlab turuvchi faoliyati (qaysi darajasi, shakli ekanligidan qat'iy nazar) ularning 
barchasi uchun umumiy bo’lgan xususiyat hisoblanadi. Ularning faolligi tufayli 
murakkab tuzilishli faoliyat yuzaga kelib, (ongning mahsuli sifatida) turli-tuman 
mohiyatli har xil ko’rinishdagi ehtiyojlar (ularning toifalarga aloqadorligi kelib 
chiqishi jihatidan biologik, moddiy, ma'naviy va boshqalar)ni qondirish uchun 
xizmat qiladi. Xuddi shu boisdan faollik faoliyatning asosiy mexanizmlaridan biri 
bo’lib, tirik mavjudotlarning o’z imkoniyati darajasida tashqi olam ta'sirlariga javob 
qilish uquvchanligining tarkibi sanaladi. Shu o’rinda A.Maslouning ehtiyojlar 
ierarxiyasini keltirib o’tish zarur. 
Psixologik manbalarga asoslanib, fikr yuritishimizda ehtiyoj - jonli 
mavjudotning tobe ekanligini ifoda etuvchi va mazkur shart-sharoitlarga nisbatan 
faolligini namoyon qiluvchi holat tariqasida ifodalaniladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling