1
_____________________viloyati
_____________tumani
____- umumiy o`rta ta`lim maktabi
10- sinf o`quvchisi _______________________ning
Biologiya fanidan laboratoriya va amaliy ish
daftari
2
Umumiy o`rta ta’lim maktablarida
BIOLOGIYA
fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS va o‘quv
dasturi, laboratoriya ishlarini o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar
asosida tuzildi
3
Tuzuvchi
: Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
54- umumiy o`rta ta’lim maktabi biologiya fani
o`qituvchisi
Sharipova Barno A’zamovna
Sana______________
AMALIY MASHG‘ULOT. HAYOTNING TUZILISH DARAJALARINI
MODELLASHTIRISH.
Maqsad:
Modellashtirish orqali hayotning tuzilish darajalari mohiyatini tushunish,
komponentlari va ularga xos jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash.
Organik olam tuzilishi jihatidan turli murakkablik darajasiga ega biologik sistemalarni
o‘zida mujassamlashtiradi.
Biologik sistema–muayyan funksiyani bajaradigan, rivojlanish, o‘z-o‘zini barpo
etish va atrof-muhitga moslanish qobiliyatiga ega bo’lgan o‘zaro bir-biri bilan bogliq
tarkibiy qismlarni o‘zida birlashtiradi. O‘simlik yoki hayvon organizmi hujayra, to‘qima,
organ va organlar sistemalaridan tashkil topgan biologik sistema. Hujayra, to‘qima va
organlar o‘zaro aloqada bo‘lib, organizmning yaxlit sistema sifatida ko‘payishi va tashqi
muhitga moslanishini ta’minlaydi. Bu organizm darajasidagi biologik sistema sanaladi.
Hayotning har bir tuzilish darajasi biologik sistemalardir.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |