Mavzu: shaxsiy sug’urtaning zarurligi, ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari


Fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug’urtalashning amaliy tahlili (“Kafolat” DASK AJ misolida)


Download 427.37 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi427.37 Kb.
#1476592
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu shaxsiy sug’urtaning zarurligi, ahamiyati va o’ziga xos x

Fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug’urtalashning amaliy tahlili (“Kafolat” DASK AJ misolida).


Respublikamiz sug‘urta bozori iqtisodiy munosabatlarning tobora yangi sohalarini qamrab olmoqda. Buning amaliy natijasini xalqaro andozalarga mos
sug‘urta tizimini shakllantirish va sug‘urta xizmatini kengaytirish maqsadida hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan izchil islohotlar tasdiqlab turibdi.
“Kafolat” DASK (OAJ) sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi sifatida mazkur islohotlar ijrosida o‘z faolligini ko‘rsatmoqda. Buni muassasaning 2019 yilning faoliyat natijalari bilan ifodalasak bo‘ladi.
“Kafolat” DASK (OAJ) sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi sifatida faoliyat yuritar ekan fuqarolarni baxtsiz xodisalardan sug‘urtalashda ham keng qamrovli faoliyat turlarini egalladi. “Kafolat” DASK respublikadagi oliy ta’lim muassasalari talabalarini baxtsiz xodisalardan sug‘urtalash orqali ham o‘z faoliyatini olib bormoqda.
“Kafolat” DASK ning 2018 yil yakunlari bo‘yicha sug‘urta portfeli tuzilmasida shaxsiy sug‘urtaning ulushi 50,1 foizni ya’ni 783997,3 mln. so‘mni tashkil etdi. SHaxsiy sug‘urtaning tarkibida esa eng yuqori ulushni baxtsiz xodisalardan sug‘urtalash turi egalladi. Baxtsiz xodisalardan sug‘urtalash ulushi shaxsiy sug‘urta turlariga nisbatan 83,4 foizni ya’ni 344525,2 mln. so‘mni tashkil etdi.
2019 yilda “Kafolot” DASK tomonidan fuqarolarni baxtsiz xodisalardan sug‘urtalash turi buyicha yuridik va jismoniy shaxslar bilan 636513 ta shartnoma tuzildi. Tuzilgan shartnomalarga asosan olingan javobgarlik 687731,2 mln so‘mni tashkil etdi. 2019 yilda “Kafolot” DASKning xisob-rakamiga fuqarolarni baxtsiz xodisalardan sug‘urtalash turi buyicha yuridik va jismoniy jaxslar tomonidan kelib tushgan sug‘urta mukofotlari summasi 974449,6 mln.sumni tashkil etdi. Mazkur yilda baxtsiz xodisa natijasida zarar ko‘rgan yuridik va jismoniy shaxslarga umumiy xajmda kompaniya tomonidan 833574,6 mln.sum miqdordagi sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi.
Sug‘urta bozorida fuqarolarni baxtsiz xodisalardan sug‘urtalash turi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilishi natijasida ortirilgan ma’lumotlarga asosan xulosa qilib aytish mumkinki, ayni damda sug‘urtaning mazkur turi bo‘yicha asosiy mijozlar sifatida maktab o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari va korporativ mijozlar namoyon bo‘lmoqda. Korporativ mijozlar o‘z xodimlarining salomatligidan manfaatdor bo‘lgan ish beruvchilardir, maktab o‘quvchilarini esa odatda farzandi
haqida qayg‘urgan ota-onalar sug‘urta qildiradilar. Bolalar juda qiziquvchan va harakatchan bo‘lganlari bois turli kutilmagan xodisalarga uchrash ehtimollari baland bo‘ladi. Ona-onalar baxtsiz xodisa yuz berganda o‘z farzandlarini davolash uchun mablag‘lari etarli bo‘lishiga ishonch hosil qilishni istaydilar. Bundan tashqari, maktab joylashgan tumanni ham baholash kerak. SHaharning avtomobillar qatnovi ko‘p bulgan markaziy qismi, tog‘ning kuchki xavfi mavjud bo‘lgan tumani yoki xatar darajasi past tinch joy. Bularning bari sug‘urtalovchini qo‘shimcha xarajatlarga olib keladi.

Download 427.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling