Mavzu: Shaxslararo munosabatlar psixokorrektsiyasi
Download 0.53 Mb.
|
shpsixokorrektsiya
Mavzu:Shaxslararo munosabatlar psixokorrektsiyasiReja:1.Shaxslararo munosabatlar va uning kichik maktab yoshida va o’smirlik davrida rivojlanishi 2.Kichik makatab yoshida shaxslararo munosabatlarni korrektsiyalash 3.O’smir va yuqori sinf o’quvchilarida shaxslararo munosabatlar psixokorrektsiyasi Shaxslararo munosabatlar va uning kichik maktab yoshida hamda oʻsmirlik davrida rivojlanishi Odamlar o`rtasidagi munosabatlar bo`yicha muammolar psixologik maslahat oʻtkazish amaliyotida juda ko`p uchraydi va mijoz ular borasida toʻg`ridan-to`g`ri gapirmasa ham, shaxsiy mazmundagi boshqa muammolardan shikoyat qilganida, bu aslida unda shaxslararo munosabatlar boʻyicha uning muammosi yo`qligini anglatmaydi. Hayotda esa ko`p hollarda buning aksi bo`lib chiqadi: agarda mijozni shaxslararo munosabatlar bo`yicha mavjud holati tashvishlantirsa, shunday holatda har doim unda o`z xarakteriga taalluqli shaxsiy mazmundagi muammosini ham aniqlash mumkin bo`ladi. Bundan tashqari, bu ikkala muammoni amaliy hal etish usullari ko`p jihatdan bir-biriga o`xshashdir. Shunga qaramay, bu muammolarni alohida ko`rib chiqish kerak, chunki ular har doim shaxsiy mazmundagi muammoga qaraganda, bir muncha boshqacharoq hal qilinadi. Shu odamning boshqa odamlar bilan munosabatlarini boshqarish yoʻli bilan hal etiladi. Bundan farqli ravishda o`z shaxsiy muammosini har doim odam individual va boshqa odamlar bilan bevosita aloqa qilmay ham hal etishi mumkin.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling