Quvonch - qiziqish, hayratlanish, iztirob chekish, g‗azablanish, nafratlanish, jirkanish, qo’rquv, uyalish – bular hissiyotning asosiy belgi va ko’rinishlaridir. Kishining fikrlari va xatti-harakatlari yo’nalishini belgilaydigan barqaror, chuqur va kuchli his-tuyg‗u ehtiros deb ataladi.
Muhabbat – hissiy ijobiy munosabatning ob‘ektini boshqalarga qaraganda ajratib ko’rsatadigan, hamda uni sub‘ektining barqaror hayotiy ehtiyojlari va qiziqishlari markaziga qo’yadigan yuksak darajasidir.
Ta‘lim berish jarayonida talabalarda intellektual tuyg‗ularni shakllantirish, bilishga qiziqish va ishtiyoq uyg‗otish masalasi hamisha dolzarb hisoblangan. Ma‘lumki, agar talaba ta‘lim olishida bilimga ishtiyoq ustunlik qilmasa, agar u doimo yangi narsani bilib olayotganidan shodlik va baxtiyorlikni his etib turmasa, u holda talaba o’qishda va mehnatda yuksak natijaga erisha olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |