Mavzu: Shaxsning biogenetik va sosiogenetik nazariyalari. Shaxs faolligi va yetaklovchi faoliyat Mashg’ulot rejasi


Psixologiyaning shakllanish tarixi


Download 34.76 Kb.
bet7/11
Sana08.04.2023
Hajmi34.76 Kb.
#1341717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-Seminar KP

3.3. Psixologiyaning shakllanish tarixi. Psixologiya fanining o’z oldiga vazifa qilib qo’yadigan muammolari juda xilma-xil bo’lib, u eng avvalo, psixik faoliyatning asosiy qonunini belgilash, uning rivojlanish yo’llarini aniqlash, har bir psixik prosessning asosida qanday mexanizm borligi, uning o’zgarish jarayonlarini ochib berish masalalarini o’rganadi. Psixologiya psixik faoliyatning u yoki bu sharoitda qanday ro’yobga chiqqanligini o’rganish bilangina shug’ullanib qolmasdan, bu jarayonlarni qanday boshqarib borish masalalarini ham ilmiy asosda o’rganadi. Shuning uchun ham ilmiy psixologiya boshqa barcha o’rganilayotgan predmetlar orasida eng asosiy fanlardan hisoblanadiki, uning jamiyat rivojlanishi bilan ahamiyati yanada ortib va takomillashib boraveradi. Psixologik fenomenga turlicha nazariya bilan yondashish mumkin. Biologik yondashuv miyadagi jarayonlarni va jismoniy o‘zgarishlarini o‘rganadi, masalan, yuz qizarishi, asabiylashish holatlari.
3.4. Shaxsning kasbiy shakllanish bosqichlari. Maktabgacha bolalik. Hammaga ma’lumki, bolalar o’zaro o`yinlarida kattalarga taqlid qilishadi va ular harakatlari va faoliyatlariga o’xshatishga intilishidadilar. Maktabgacha yoshda sujetli - rolli o`yinlar keng tarqalgan bo’lib, ular kasbiy yo`naltirilgan xarakatlarga ega bo’ladi. Bolalar shifokori, sotuvchi, tarbiyachi, transport vositasining xaydovchisi rollariga kirishib o`ynaydilar. Kelgusi kasbiy o’zlikni anglashda birinchi mehnat sinovlari muhim ahamiyatga ega - unga murakkab bo’lmagan, ya’ni kiyim, o’simliklar parvarishi, xonalarni yig’ishtirish va boshqa xarakatlarni bajarish kabilar kiradi. Bu mehnat xarakatlari mehnatga bo’lgan qiziqishni rivojlantiradi, xar qanday faoliyatga ijodiy yondashish tarbiya asosini tashkil etadi, kattalar mehnati haqida bolalarning tasavvurlarini boyitadi. Kelgusidagi kasbiy o’zlikni anglashga kattalar mehnati xakidagi bilimlar ijobiy ta’sir kursatadi. Bu bilimlarning shakllanishi uchun kattalar mehnatini kuzatib, keyin bajarilgan mehnat mazmunini tasvirlashga to`g’ri keladi. Kasbiy rolli o`yinlar oddiy mehnat turlarini bajarish, kattalar mehnatini nazorat qilish natijasi - mehnat turlarini farqlash xamda turli xisoblarni taqqoslash asosida maktabgacha tarbiyalanuvchilarining “o’zini anglashidir”.

Download 34.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling