Mavzu: Shaxsning biogenetik va sosiogenetik nazariyalari. Shaxs faolligi va yetaklovchi faoliyat Mashg’ulot rejasi
Download 34.76 Kb.
|
4-Seminar KP
Individ va shaxs. Odam dunyoga odam bo`lib keladi. Bu ta'kid yuzaki qaragandagina isbot talab qilmaydigan haqiqat bo`lib va takrorlanaverib siyqasi chiqib ketgan ibora bo`lib tuyuladi. Gap shundaki, bu o`rinda xususan insoniy belgilar va fazilatlarning rivojlanishi uchun tabiiy shart-sharoitlar paydo bo`lishi genetik jihatdan oldindan belgilab qo`yilganligi ta'kidlanadi. Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatning mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aqli-xushining rivojlanishi uchun imkoniyat tugdiradi, qo`llarining shakl-shamoyili mehnat qurollaridan foydalanish istiqbolining mavjudligini ko`rsatadi va xokazo. Bular bilan chaqaloq o`z imkoniyatlari yig`indisiga binoan odam har qanday holatda ham bu xildagi fazilatlar yigindisining sohibiga aylana olmaydigan hayvon bolasidan farq qiladi. Shunday qilib, yuqorida aytilganlar orqali chaqaloqning inson zotiga mansubligi tasdiqlanadi va faqat individ tushunchasida qayd etiladi (bundan farqli o`laroq, hayvon bolasi dunyoga kelishi bilanoq va hayotning oxiriga qadar jonzot deb yuritiladi). "Individ" tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug`ilgan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaifni ham, yovvoyilik bosqichidagi kabilarning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin.
Shunday qilib, konkret individ deb ataganda biz juda ko`p narsalarni aytgan bo`lamiz. Aslini olganda, bu bilan uning potensial ravishda inson ekanligi aytilgandir. Uning bundan keyingi va hatto juda ham umumiy tarzdagi ta'rifi fazilatlarini bayon etilishi va izohlanishini taqozo qiladi. Bunday fazilatlarsiz u faqat boshqalarga o`xshamaydigan emas, balki ular kabi harakat qilmaydigan, fikrlamaydigan, iztirob ham chekmaydigan, jamiyat a'zosi sifatida, tarixiy jarayonning ishtirokchisi sifatida sotsial aloqalarga jalb ham etilmagan real kishi emas, balki demografik ma'lumotnomalardagi jonsiz birlik holida qoladi, xolos. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo`lib yetishadi. Individ hali bolaligidayoq tarixan tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar sistemasiga jalb etiladi. U bu sistemani allaqachon tayyor holda uchratadi. Kishining jamiyatdagi bundan keyingi rivojlanishi munosabatlarning shu qadar chigalliklarini vujudga keltiradiki, bu h ol uni shaxs sifatida shakllantiradi. Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta'sir o`tkazish darajasi va sifatini belgilaydigan sistemali tarzdagi sotsial fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda etiladi. Download 34.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling