mavzu. Shaxsning hissiy-emotsional sohasi (2 soat ma’ruza, soat amaliy mashg‘ulot). Reja


Irodaning fiziologik asoslari va sifatlari to‘g‘risida tushuncha


Download 47.88 Kb.
bet13/13
Sana24.12.2022
Hajmi47.88 Kb.
#1057505
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-mavzu. Shaxsning hissiy-emotsional sohasi (1)

Irodaning fiziologik asoslari va sifatlari to‘g‘risida tushuncha
Iroda – odamning o‘z ustidan, o‘z his-tuyg‘ulari, o‘y-fikrlari, xatti-harakatlari ustidan hukmronlik qilishidir, boshqacha aytganda, iroda – insonning o‘z xulq-atvorini ongli ravishda boshqara olishi, har qanday qiyinchiliklarga qaramay, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erisha olish qobiliyatidir. SHaxsning ichki to‘siqlarni bartaraf qila bilishi uning tashqi to‘siqlarni ham muvaffaqiyatli engishiga imkoniyat yaratadi. Masalan, xizmatchi yugurish musobaqalarida qatnashib, ma’lum masofaga yugurishi, yo‘lda uchraydigan suv yoki boshqa g‘ovlardan o‘tishi, yomon ahvoldagi yo‘lakdan yugurishi lozim. Qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli engib, xizmatchi mazkur qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun zaruriy irodaviy sifatlarni o‘zida mujassamlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. SHu bois irodaviy harakatlar – shaxsning ko‘zlagan maqsadiga erishish uchun ham ichki, ham tashqi to‘siqlarni engishi bilan uzviy bog‘liq ongli xatti-harakatlardir.
Insonning irodaviy harakatlari va bunday harakatlarga qobilligi mehnat hamda ijtimoiy faoliyatda, ta’lim jarayonida yuzaga kelgan. Ijtimoiy turmush sharoitlari, tobora o‘sib boruvchi turli xususiyatli ehtiyojlar odamlardan bu ehtiyojlarni qondirish maqsadida borliqni o‘rganish, o‘zlashtirish va uni qayta qurishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlarni taqozo etgan. Hamkorlikdagi jamoaviy mehnatda odamda nerv sistemasi, xususan uning yuksak qismi – bosh miya rivojlanib, takomillashib boradi, shu bois shaxsning psixik hayoti miyaning mahsuli yoki xossasidir, shuning uchun miya faoliyatining buzilishi tufayli psixikada ham o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bosh miya po‘stlog‘idagi barcha bo‘linmalarning o‘zaro mutanosib ishlashi shaxsning me’yordagi ruhiy faoliyatini ta’minlab turadi.
Ilmiy natijalar tahlilining ko‘rsatishicha, iroda faqat tashqi xatti-harakatlarda namoyon bo‘lib qolmasdan, balki insonning ortiqcha, noto‘g‘ri harakatlarni qilmasligida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. SHunday qilib, irodaviy harakatlar ham qo‘zg‘alish, ham tormozlanish jarayonlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, har ikkalasi bir-biriga uzluksiz ravishda ta’sir o‘tkazib turadi. I.P.Pavlovning tabiricha, biz, normal kishilar doimiy ravishda ma’lum harakat va so‘zlardan o‘zimizni tiyib turamiz-ku, bu esa katta yarim sharlarning muayyan punktlariga tormozlanish impulslari yuborish emasmi, axir.
Shuning uchun har qanday irodaviy harakatning fiziologik asosida bosh miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining murakkab dinamik munosabati yotadi. Qo‘zg‘alish jarayonlari zaif, kuchsiz bo‘lsa, u holda odamda irodaviy faollik susayadi, ba’zan, hatto apatiya holati vujudga keladi. Tormozlanish jarayonlarining kuchsizlanishi shunday ruhiy holatga olib keladiki, bunda shaxs o‘zini o‘zi nazorat qilish, og‘irliklarga bardosh berish, o‘zini tuta bilish, o‘z xatti-harakatlarini tartibga solishga qurbi etmay qoladi. Demak, tana a’zolari (organizm) faoliyatini va uning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasining tartibga soluvchi, idora qiluvchi katta yarim sharlar po‘stlog‘ining sog‘lom holati va me’yorda ishlashi insonga o‘zini, o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarish xususiyati faqat inson zotigagina xosdir.
Ma’lumki, odamlar hayvonlardan qanchalik ko‘p uzoqlasha borsalar, ularning tabiatga ta’sir qilishlari shuncha ko‘p oldindan o‘ylash, rejali, oldindan belgilangan, ma’lum maqsadga qaratilgan ish tusiga kira boradi. SHuning uchun jamoa bo‘lib mehnat qilish jarayonida odamlarda maqsadni anglash va o‘z oldiga maqsad qo‘yish, ishni bajarishdan oldin reja tuzib olish, ishga faol ravishda kirishish va keraksiz xatti-harakatlardan o‘zini tiyish, maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan qiyinchiliklarni engish, o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarish qobiliyati, uquvi, zehni o‘sa boradi. Borliqdagi tashqi ta’sirlar atrof-muhitning ta’sir ko‘rsatishi tufayli odamlarda irodaviy sifatlar takomillashadi, demakki iroda tarkib topadi. Buyuk allomalarning fikricha, tashqi dunyo kishilarda paydo qiladigan taassurotlar uning miyasida ifodalanadi, unda his-tuyg‘u, fikr, mayl, irodaviy harakatlar yoki “ideal intilishlar” tarzida aks etadi. YAna bir donishmandning mulohazasicha, kishining intilish va xohishlari, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari ob’ektiv dunyo tomonidan vujudga keltirilgan.
Download 47.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling