Mavzu: shaxsning hissiy irodaviy sohasi va kasbga moslanish. Reja


Kasb tanlash va unga beriladgan tavsiyalar


Download 54.67 Kb.
bet7/7
Sana09.06.2023
Hajmi54.67 Kb.
#1475113
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
refrat

3. Kasb tanlash va unga beriladgan tavsiyalar
Kasb tanlash – har bir inson hayotidagi eng muhim tanlovlardan biri. Kasb – nafaqat daromad topish manbayi, balki umrning asosiy qismi sarflanadigan faoliyat hamdir.
Psixologlar bunday mas'uliyatli qaror qabul qilishda faqatgina atrofdagilarning tavsiyasiga tayanish emas, tahlilning boshqa muqobil variantlarini ham qo‘llashni taklif qilishadi.
Psixologik testlar
O‘zingizda qaysi kasbga moyillik va qiziqish yuqori ekanini psixologik testlar orqali birlamchi bosqichda aniqlab olishingiz mumkin. Faqatgina bunda onlayn platformalarda duch kelgan testga emas, soha mutaxassislari ishlab chiqqan professional testlarga tayanish kerak.
Shuni esda tutish kerakki, test natijalariga «hukm» deb qarash kerak emas. Ular faqatgina moyillik yo‘nalishini belgilab beradi.
Bilimlaringizni kengaytiring
Turli kasbiy yo‘nalishlar, istiqbolli soha va mutaxassisliklar to‘g‘risida bilimlarni mustahkamlash kerak.
Har yili o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha kitoblar nashr qilib boriladi. Ularda hattoki maktab o‘quvchilariga tanish bo‘lmagan kasblar bilan ham tanishish mumkin. Ehtimol, ulardan biri sizning tanlovingiz bo‘lishi mumkin.
Kasblar bilan yaxshiroq tanishib chiqing
Maktabni bitirish arafasida o‘spirin ko‘pincha kasblar haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘ladi. Ular tanlagan kasblarining faqat ijobiy yoki aksincha salbiy jihatlarini ko‘rishadi. Bunda ota-onalar farzandlariga ko‘p narsalarni aniqlashtirishda yordam berishlari kerak.
9-sinfdan boshlab asta-sekin o‘zingiz tanlagan yo‘nalish bilan tanishish maqsadida institut va universitetlardagi «Ochiq eshiklar» kunlarida ishtirok etish maqsadga muvofiq.
Istaklarni tizimlashtiring
Qog‘oz oling. O‘zingizni qiziqtirayotgan kasblarni vertikal ravishda va tanlanajak kasbdan nimani istashingizni gorizontal ravishda joylashtirib chiqing. Jadvalni iloji boricha batafsil to‘ldirish kerak. Tanlangan kasb sohasi va kishi undan nimalarni kutayotgani bir-biriga mos kelsa, «+», mos bo‘lmasa «-» ishoralarini qo‘yishingiz lozim. Bu o‘z istaklarini aniqlashtirishga yordam beradi va shu istakka mos kasb haqidagi tasavvurni aniqlashtiradi.
Amaliyot
Qaysi kasbni tanlash haqida bir qarorga keldingiz, deylik. Endi o‘zingizni shu yo‘nalishda sinab ko‘rish kerak. Buning uchun turli o‘quv-guruhlari bo‘lgan ko‘plab ixtisoslashgan maktablar va kurslar mavjud bo‘lib, ular transport vositalari mexanikasidan tortib, tadbirkorlikkacha o‘zingizni sinab ko‘rish imkoniyatini beradi.
Zaxira aerodromi
Asosiy tanlovdan tashqari, qo‘shimcha ravishda e'tiborga olinuvchi «zaxira» tanlov ham bo‘lishi kerak. Chunki hayotni oldindan prognozlashtirib bo‘lmaydi, unda har qanday holat ro‘y berishi mumkin.
Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha o‘qishga kira olmay qolgan taqdirda tushkunlikka tushmaslik, boshqa optimal variantlarni ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
Qaror faqat mustaqil qabul qilinadi
Ota-ona tomonidan beriladigan maslahatlar foydali, lekin ular yakuniy qaror bo‘lmasligi, yordamchi ta'sirga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Yoki ona/ota o‘z yoshligida egallay olmagan, armon bo‘lib qolgan kasbga farzandini yo‘naltirishi ham noto‘g‘ri. Farzand – alohida shaxs va uning o‘z istaklari bor. Bu istaklar avvalroq armon bo‘lgan xohishlar uchun qurbon bo‘lmasligi kerak.
Oilaviy an'analarni davom ettirish majburiy emas
Farzand onasi yoki otasining kasbini davom ettirmoqchi bo‘lsa, bu juda yaxshi. Lekin bunga uni majburlash noto‘g‘ri. Otaning shu kasbda o‘z baxti va muvaffaqiyatini topgani o‘g‘ilda ham xuddi shu ssenariy takrorlanadi degani emas.
Inson yoqtirmagan ishi bilan butun hayot davomida shug‘ullansa, o‘zini baxsiz his qiladi.
Umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak:
– Sizni yaqindan biluvchi insonlar – oila a'zolaringiz, do‘stlaringiz bilan maslahatlashgan holda, o‘zingizga qaysi kasb ko‘proq mos kelishi haqida so‘rab olishingiz mumkin.
– Ommaviy axborot vositalari yangi kasb sohalari haqida ko‘proq ma'lumot olishga yordam beradi. Maxsus manbalar (adabiyotlar, onlayn platformalar) talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar haqida ma'lumotlar beradi.
– Istaklaringiz va hayotdagi maqsadlaringizdan kelib chiqing.
– To‘plagan ma'lumotlaringizni chuqur tahlil qiling. «Hayotda menga nima kerak?» degan savolga javob berishga harakat qiling.
– Imkoniyat bo‘lsa, kasb tanlash bo‘yicha malakali mutaxassis bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq.
Hozirgi kunda yoshlarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri oʻz imkoniyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlariga mos kasbni tanlashdir.
Maʼlumki, kasb tanlash, kasbga yoʻnaltirish haqida qanchalik fikr yuritmaylik, maxsus testlarni ishlab chiqmaylik, baribir hayotda kim boʻlish kerakligini ota-ona ham bitiruvchi ham bilmaydi. Shu bois, bu muammoni samarali hal qilish maqsadida psixologlar quyidagi tavsiyalarga amal qilish zarurligini taʼkidlaydilar.
1. Oʻzingizni sinab koʻring. Aksariyat kasb tanlash bosqichida boʻlganlar faqat bitta narsani bilishadi. Undan keyin nima qilish kerakligini umuman bilmasliklari barchamizga ayon. Shuning bilan birga qaror qabul qilish natijasida oʻziga xos qarama-qarshiliklar yuzaga keladi. Buning uchun sizga tanlagan kasbingizga mos yoki mos kelmasligingizni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan testlarni maslahat beramiz. Shuni unutmang, siz bir vaqtning oʻzida3-4 ta testdan oʻtsangiz, ularning natijalari mutlaqo bir-biriga teskari boʻlishi mumkin. Bunday paytda siz kasbga yoʻnaltirish boʻyicha qulay testni tanlashingiz lozim. Psixolog E.Suslovaning fikriga koʻra, test toʻplami mazkur soha mutaxassislari tomonidan tayyorlanish hamda individual ravishda tanlashi kerak. Shuni esda tutish kerakki, test natijalariga “hukm” deb qarash kerak emas. Biz psixik xususiyatlar va intellektni hisobga olgan holda aniq bir faoliyat turiga nisbatan moyillik xususida fikr yuritamiz.
2. Bilimlaringizni kengaytiring. Mazkur muammoni biroz osonlashtirish maqsadida siz mehnat faoliyati va undagi yoʻnalishlar, istiqboli mavjud boʻlgan soha va mutaxassisliklar toʻgʻrisida bilimlaringizni mustahkamlashingiz kerak. Har yili oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha kitoblar nashr qilib boriladi. Ularda siz hattoki, maktab oʻquvchilari koʻpincha bilmaydigan kasblar bilan ham tanishishingiz mumkin. Ehtimol ulardan qaysi biridir sizning tanlovingiz boʻlishi mumkin.
3. Kasblar bilan yaxshiroq tanishib chiqing. Maktabni bitirish arafasida oʻspirin kasblar haqida xato va notoʻgʻri tasavvurga ega boʻladilar. Koʻpincha ular tanlagan kasblarini faqat ijobiy tomonlarini yoki aksincha salbiy jihatlarini koʻradilar. Buning uchun ota-onalar farzandlariga koʻp narsalarni aniqlab olishlari uchun yordam berishlari kerak. Shuning uchun 9-sinfdan boshlab asta–sekin oʻzingiz tanlagan yoʻnalishingiz bilan tanishish maqsadida institut va universitetlardagi “Ochiq eshiklar” kuniga tashrif buyurishni unutmagan holda qaror qabul qilishingiz lozim.
4. Oʻz xohishlaringizni tizimlashtiring. Baʼzi soha mutaxassislari maslahat berganidek, oʻzingiz uchun stol tayyorlashingiz mumkin. Sizni yuragingizga yaqin boʻlgan kasblarni vertikal ravishda va faoliyatingizda nimani xohlashingizni gorizontal ravishda joylashtirishga harakat qiling. Jadvalni iloji boricha batafsil toʻldirishingiz kerak. Agar tanlagan kasb sohasi va ishga qoʻyilgan talablar bir-biriga mos keladigan boʻlsa, “+”, agar mos boʻlmasa “-” ishoralarini qoʻyishingiz lozim. Shunday qilib, tanlovni amalga oshirishga yordam beradigan yoki tanlov doirasini va fikrlarni sezilarli darajada aniqlashga qaratilgan tasvir shakllantiriladi.
5. Soʻzdan amalgacha. Shunday qilib, biz biror narsa toʻgʻrisida qaror qildik yoki biror narsani tanladik. Endi siz oʻzingizni sinab koʻrishingiz kerak. Buning uchun turli oʻquv- guruhlari boʻlgan koʻplab ixtisoslashgan maktablar va kurslari mavjud boʻlib, ular sizga transport vositalarini mexanikasidan tortib, tadbirkorlikkacha oʻzingizni sinab koʻrish imkoniyatini beradi. Mazkur taʼlim muassasalarining aksariyat qismida darslar bepul amalga oshiriladi.
6. Zaxira aerodromi. Sizni oʻzingiz xohlagan aniq tanlovingiz boʻlishi bilan birga har holda qoʻshimcha ravishda eʼtiborga olishingiz kerak boʻlgan kasbingiz ham boʻlishi kerak. Hayotni oldindan aytib boʻlmaydi chunki har qanday narsa yuz berishi mumkin. Shu bois, tanlagan universitet va yoʻnalishingizga qobiliyatlaringiz mos kelmaganligi sababli kira olmay koʻnglingizda jarohat hosil boʻladi. Siz shunchalik ertalab uygʻonishingiz mumkin va oʻzingizni tanlovingizdan xafsalangiz pir boʻlib, uni oʻzgartirishga harakat qiling.
7. Qaror faqat mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Ota-onangiz tomonidan beriladigan maslahatlar foydali lekin ularni fikri yakuniy qaror boʻlmasligi kerak. Psixologlarning taʼkidlashicha, biz koʻpincha atrof-muhitga, qarindoshlar, oʻqituvchilar, doʻstlarimizga eʼtibor qaratamiz. Odatda bunday vaziyatda ikkita yoʻldan boramiz yaʼni ularning fikriga amal qilamiz yoki aksincha. Oʻzi oʻsmir uchun nima kerak? Masalan, ona butun hayot davomida oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullandi lekin u bu faoliyatidan allaqachon voz kechish kerak edi. Endi oʻzi xohlagan narsasiga qizi orqali erishishiga harakat qiladi. Bunday vaziyatda qanday yoʻl tutish kerak? Qarorni tinchlik yoʻli bilan qabul qilishga harakat qiling. Masalan, raqs oʻqituvchisi yoki ximiya oʻqituvchiligidan qaysi birini tanlashingiz uchun ota-onangiz va doʻstlaringizning maslahatlariga amal qiling. Baribir yakuniy qarorni oʻzingiz qabul qilishingiz lozim.
8. Kasb tanlashda oilaviy anʼanani davom ettirish shart emas. Siz oʻzingizni ishingiz undagi imkoniyatlar qulayliklar shuning bilan birga farzandingiz uchun muvaffaqiyatli martaba haqida oldindan bashorat qilib gapirishingiz mumkin. Agar farzandingiz sizni yoki otasini kasbini davom ettirmoqchi boʻlsa bu juda yaxshi. Lekin majbur qilishning oʻzi notoʻgʻri. Agar inson oʻzi yoqtirmagan ishi bilan butun hayot davomida shugʻullangandan keyin oʻzini baxtsizdek his qiladi.
Shunday qilib fikrlarimiz asosida quyidagi xulosalarni keltirib oʻtamiz:
- oila aʼzolaringiz va doʻstlaringiz bilan maslahatlashilgan holda ularning fikriga koʻra, siz tanlagan kasbingiz oʻzingizga mos keladi;
- ommaviy axborot vositalari yangi kasb sohalari haqida koʻproq maʼlumot olishga yordam beradi va maxsus manbalar (adabiyotlar internet va boshqalar) sizga jamiyatda ehtiyoji yuqori boʻlgan yoʻnalishlar haqida maʼlumotlar beradi;
- oʻzingizni xohishingiz va hayotingizdagi ustanovkalaringizni esingizga oling;
- olingan materiallarni har tomonlama koʻrib chiqing, yaxshilab tahlil qiling va oʻzingizga “Hayotda menga nima kerak?” degan savolga javob berishga harakat qiling.
- imkoniyatingiz boʻlsa, kasb tanlash boʻyicha malakali mutaxassis bilan maslahatlashishingiz zarur.


Xulosa
Kishi uchun sub'yektiv hisoblangan his-tuyg'ular uning ehtiyojlari qondirilishi jarayoni qanday kechayotganligining belgisi sifatida namoyon bo'ladi.
Munosabat va faoliyat jarayonida paydo bo'lgan ijobiy hissiy holatlar (zavqlanish, mamnunlik va shu kabilar) ehtiyojlarni qondirish jarayonining xush keladigan tarzda kechganligidan dalolat beradi. Ehtiyojlarning qondirilmasdan qolishi salbiy hissiy kechinmalarga (uyalish, o'kinish, hasrat va shu kabilarga) olib keladi.
Barcha psixik jarayonlar kabi emosional holatlar, ularning kechishi ham miya faoliyatining natijasi hisoblanadi. Emosiyalarning paydo bo'lishi tashqi olamda ro'y beradigan o'zgarishlardan boshlanadi. Bu o'zgarishlar kishi hayoti va faoliyatining jonlanishiga yoki pasayishiga, bir xil ehtiyojlarning paydo bo'lishiga yoki boshqalarning yo'qolishiga, kishi organizmi ichida yuz beradigan jarayonlardgi o'zgarishlarga olib boradi.Undan tashqari kasb tanlash haqida,kasb tanlashda quyiladigan tavsiyalar haqida ma’lumotga ega bo’ldim.
Shaxs o`zi bilib olayotgan va bajarayotgan narsalarga uning barqaror munosabati his-tuyg`ularinng mazmunini tashkil etadi. Individ-barqaror his- tuyg`ulari prеdmеti, uning afzalligi, kеchinmalarining xususiyati va hissiyotlari, affеktlar, kuchli hayajonlanish holatlari va kayfiyatlari shaqlida tеz-tеz namoyon bo`lishi kuzatuvchi ko`z o`ngida kishining hissiy dunyosini, uning his-tuyg`ularini va shu asnoda uning individualligini namoyon etadi.
Kasb tanlash – har bir inson hayotidagi eng muhim tanlovlardan biri. Kasb – nafaqat daromad topish manbayi, balki umrning asosiy qismi sarflanadigan faoliyat hamdir. Maʼlumki, kasb tanlash, kasbga yoʻnaltirish haqida qanchalik fikr yuritmaylik, maxsus testlarni ishlab chiqmaylik, baribir hayotda kim boʻlish kerakligini ota-ona ham bitiruvchi ham bilmaydi. Shu bois, bu muammoni samarali hal qilish maqsadida psixologlar quyidagi tavsiyalarga amal qilish zarurligini taʼkidlar ekan: oʻzingizni sinab koʻrish, . Bilimlaringizni kengaytirish, Kasblar bilan yaxshiroq tanishib chiqish, oʻz xohishlaringizni tizimlashtirish, soʻzdan amalgacha, zaxira aerodrome, qaror faqat mustaqil ravishda amalga oshirilish, kasb tanlashda oilaviy anʼanani davom ettirish shart emasligi

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


1. Goziev E.G„. Umumiy psixologiya. Toshkent 2010
2. Kondakov I.M. “Diagnostika profеssionalno`x ustanovokpodrostkov” 1997y.
3. P.I.Ivanov va M.Zufarova Umumiy psixologiya. T., 2008 yil darslik.
4. Qodirov B.R., Qodirov I.B. “Kasbiy tashxis mеtodikalari to`plami”Toshkеnt, 2003 yil
5. Qoziеv E.Q., Mamеdov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkеnt 2003 yil
6. Z.Ibodullaev. Tibbiet psixologiyasi. T., 2008 yil darslik.
7. Z.Nishonova va Sh.Asomiddinova. Psixologik maslahat.T. 2010 yil

Foydalanilgan saytlar



  1. www.google.com

  2. Fayllar.org

  3. Uz.m.wikipedia.uz

  4. https://jdpu.uz



Download 54.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling