Mavzu: shaxsning irodaviy sifatlari reja: 1


Download 143.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana16.11.2023
Hajmi143.71 Kb.
#1781656
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu shaxsning irodaviy sifatlari reja 1



MAVZU: 
SHAXSNING IRODAVIY SIFATLARI
 
REJA: 
1.
 
Shaxsning 
irodaviy 
sifatlari. 
Ularning 
klassifikatsiyasi. 
Irodaviy 
sifatlarning tuzilishi. Ixtiyoriy reaksiyalarning kelib chiqishi. 
2.
 
Irodaviy xulq-atvorning ontogenetik xususiyatlari.
3.
 
Shaxsning irodaviy sifatlari rivojlanishi. 
 
TAYANCH SO’ZLAR: 
MOTIVLAR KURASHI - qaror qabul qilish bilan bog‘liq irodaviy harakatlar bosqichi 
IRODAVIY ZO‘R BERISH - irodaviy xarakatlarning sub’ektiv komponenti bo‘lib,
kuchli kechinmalarni kechinishi. 
IRODA - psixik aks ettirish jarayonlaridan bo‘lib, bu tashqi yoki ichki to‘siqlarni yengish 
bilan bog‘liq harakatlarni tanlash qobiliyatida namoyon bo‘ladi. 
IMPULSIV HARAKATLAR - ixtiyorsiz bajariladigan va ong bilan yetarli darajada 
nazorat qilinmaydigan ish harakatlar.
QAROR QABUL QILISH - masalani hal qilish, yechish variantlaridan, usullaridan 
birini tanlash. 
IRODA KUCHI - maqsadga erishish irodaviy zo‘r berishning zaruriy darajasi (qatiylik, 
uddaburonlik va h.k.) 
Shaxsning irodaviy sifatlari. Ularning klassifikatsiyasi. Irodaviy sifatlarning 
tuzilishi. Ixtiyoriy reaksiyalarning kelib chiqishi. 
Kishining irodaviy sifatlari ya'ni iroda kuchi, mustaqilligi jihatidan ayrim 
hollarda turlicha namoyon bo’ladi. Irodaviy sifatlarning klassifikasiyasi sxema 
tarzida quyidagicha ifodalanadi.


Har bir kishida irodaning ayrim sifatlari umr bo’yi mustahkamlanib, shu 
odamning xususiy sifatlari (ya'ni doimiy xislatlari) bo’lib qolishi mumkin. 
Shaxsning bu o’ziga xos xususiyatlari xarakter xislatlari deb ataladi. Har bir 
kishidagi biron bir irodaviy sifatlarning har qanday namoyon bo’lishi shu kishi 
xarakterining xislati bo’lavermaydi.
Ayrim hollarda hatto tasodifiy ravishda kishi kuchli iroda ko’rsatishi mumkin, 
ayrim hollarda mazkur kishining irodasi, umuman kuchli iroda kuchi shu kishi 
xarakterining xislati ekanligidan dalolat beravermaydi. Bu kishining irodasi kuchli 
deb aytish uchun uning iroda kuchini bir marta emas, bir necha marotaba namoyon 
qilganini bilmoq kerak.
Kishining xarakterini ta'riflaganimizda falon kishi dadillik qildi, rost gapirdi 
demasdan, balki bu odam dadil, rostgo’y, to’g’riso’z deb ataymiz. Buning ma'nosi 
shuki dadillik va rostgo’ylik, to’g’riso’zlik shu odamning xususiyatlaridir, xarakter 
xislatlaridir, tegishli sharoitda bu kishi dadillik, rostgo’ylik, to’g’riso’zlik 
xislatlariga ega ekanligini namoyon qildi deb aytamiz. Kishi xarakterini, 
xislatlarini bilib olgach, uning biron ish-harakatda qanday yo’l tutishini ancha aniq 
bilib olamiz, oldindan aytib bera olamiz.
Intizomlilik 
Irodaviy sifatlar 
Maqsadga intiluvchanlik
Tashabbuskorlik 
Dadillik 
Qat'iyatlik 
Printsipiallik 
Mustaqillik 
O'zini tuta bilish 
Matonatlilik 



Download 143.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling