Mavzu: shaxsning irodaviy sifatlari reja: 1
Download 102.11 Kb. Pdf ko'rish
|
21 - MA\'RUZA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IRODA
- QAROR QABUL QILISH
MAVZU: SHAXSNING IRODAVIY SIFATLARI REJA: 1. Shaxsning irodaviy sifatlari. Ularning klassifikatsiyasi. Irodaviy sifatlarning tuzilishi. Ixtiyoriy reaksiyalarning kelib chiqishi. 2. Irodaviy xulq-atvorning ontogenetik xususiyatlari. 3. Shaxsning irodaviy sifatlari rivojlanishi. TAYANCH SO’ZLAR: MOTIVLAR KURASHI - qaror qabul qilish bilan bog‘liq irodaviy harakatlar bosqichi IRODAVIY ZO‘R BERISH - irodaviy xarakatlarning sub’ektiv komponenti bo‘lib, kuchli kechinmalarni kechinishi. IRODA - psixik aks ettirish jarayonlaridan bo‘lib, bu tashqi yoki ichki to‘siqlarni yengish bilan bog‘liq harakatlarni tanlash qobiliyatida namoyon bo‘ladi. IMPULSIV HARAKATLAR - ixtiyorsiz bajariladigan va ong bilan yetarli darajada nazorat qilinmaydigan ish harakatlar. QAROR QABUL QILISH - masalani hal qilish, yechish variantlaridan, usullaridan birini tanlash. IRODA KUCHI - maqsadga erishish irodaviy zo‘r berishning zaruriy darajasi (qatiylik, uddaburonlik va h.k.) Shaxsning irodaviy sifatlari. Ularning klassifikatsiyasi. Irodaviy sifatlarning tuzilishi. Ixtiyoriy reaksiyalarning kelib chiqishi. Kishining irodaviy sifatlari ya'ni iroda kuchi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo’ladi. Irodaviy sifatlarning klassifikasiyasi sxema tarzida quyidagicha ifodalanadi. Har bir kishida irodaning ayrim sifatlari umr bo’yi mustahkamlanib, shu odamning xususiy sifatlari (ya'ni doimiy xislatlari) bo’lib qolishi mumkin. Shaxsning bu o’ziga xos xususiyatlari xarakter xislatlari deb ataladi. Har bir kishidagi biron bir irodaviy sifatlarning har qanday namoyon bo’lishi shu kishi xarakterining xislati bo’lavermaydi. Ayrim hollarda hatto tasodifiy ravishda kishi kuchli iroda ko’rsatishi mumkin, ayrim hollarda mazkur kishining irodasi, umuman kuchli iroda kuchi shu kishi xarakterining xislati ekanligidan dalolat beravermaydi. Bu kishining irodasi kuchli deb aytish uchun uning iroda kuchini bir marta emas, bir necha marotaba namoyon qilganini bilmoq kerak. Kishining xarakterini ta'riflaganimizda falon kishi dadillik qildi, rost gapirdi demasdan, balki bu odam dadil, rostgo’y, to’g’riso’z deb ataymiz. Buning ma'nosi shuki dadillik va rostgo’ylik, to’g’riso’zlik shu odamning xususiyatlaridir, xarakter xislatlaridir, tegishli sharoitda bu kishi dadillik, rostgo’ylik, to’g’riso’zlik xislatlariga ega ekanligini namoyon qildi deb aytamiz. Kishi xarakterini, xislatlarini bilib olgach, uning biron ish-harakatda qanday yo’l tutishini ancha aniq bilib olamiz, oldindan aytib bera olamiz. Intizomlilik Irodaviy sifatlar Maqsadga intiluvchanlik Tashabbuskorlik Dadillik Qat'iyatlik Printsipiallik Mustaqillik O'zini tuta bilish Matonatlilik Download 102.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling