Mavzu: she'r janrdagi asarlarni o'rgatishda ped texnologiyalardan foydalanish. Reja
Yangi pedagogik texnologiyalarni ta'limda tutgan o'rni
Download 79.19 Kb.
|
kurs ishi 3 (1)
1.Yangi pedagogik texnologiyalarni ta'limda tutgan o'rni
Hozirgi kunda 11 yillik majburiy ta'lim kesimiga yangi inovatsiyalar,qaror va yangiliklar yurtboshimiz tomonidan tatbiq qilinmoqda. Bu esa yosh avlod- ning jahon miqyosida raqobatlasha oladigan kaqdrlar yetishtirishimiz uchun shart sharoitlar desak mubolag'a bo'lmaydi, haqiqatdan ham hozirgi yosh- larimiz dunyo shohsupalarida turli yo'nalishlarda yutuqlarga erishib kelmoqda. Sport, san'at, ta'lim sohasidagilari shular jumlasidandir.Bunga sabab qilib yurtboshimizning mustahkam va izchil siyosatini ko'rsatishimiz mumkin. Xalqaro baholash dasturlaridan hammamizning habarimiz bor. O'zbekistonni bu baholash dasturlarga kirgani esa yoshlarimizning jahon miqyosidagi tengdosh raqiblar bilan bellasha olishining yaqqol isbotidir. PIRLS va PISA xalqaro baholash dasturlari butun jahon maktab o'quvchilarini o'qish savod- xonligini tekshirib, baholab beradi. Demak, yosh avlodga ham ulkan bir mas'- uliyat yuklanmoqda. Biz pedogoglarga esa ikki hissa ko'p mas'uliyat yuklaydi.Ta'limda bolalarni eski metod va usullardan holi qilgan tarzda darsni olib borishimiz, maktab o' quvchilarini yangi pedtexnologiyadagi darslar bilan tanishtirish biznig yelkamizga yuklatilgan vazifamizdir. Darslarda o'quvchi- larga teng munosabatda bo'lishimiz, o'zlashtirishi past yoki sust o'quvchi- larni ham boshqa bolalar singari mavzuni tushunishiga yordam borishimiz kerak. Aslida o'quvchi yomon bo'lmaydi, balki yomon o'qituvchi bo'lishi mumkin. Chunki hali hayotni ko' rmagan, bilmagan , boshlang'ich sinf o'quvchi- lari ga tog'ri ta'lim berish,ularni atrofdagi narsalardan bohabar qilish o'qituv- chining zimmasidagi vazifadir. Pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holatda dars o'tish bolalarni darsga qiziqtirish bilan bir qatorda o'tilayotgan mavzularni o'quvchiga oson va esdaqolarli qilib yetkazib beradi. Bir xil va zerikarli dars orqali pedagog hech qachon o'zi xohlagan maqsadga erisha o'lmaydi. Bolalarga nima ko'proq yoqadi? albatta o'yin. Agar mavzularni o'yin shaklidagi pedagogik texnologiyalardan foyladalanib yo'lga qo'yishni dasturiamal qilib olsak, bolalar bilan bo'lgan munosabatimiz yaxshilanadi va oqil ustozlar hohlagan natijalarga guvoh bo'lamiz. Yorqin, qiziqarli va yuqori tempdagi har bir dars o'quvchini dars jarayonida o'ziga jalb qila oladi. Shu bilan ularning hotirasida dars emas, o'yin shaklidagi murakkab mavzular ham oson o'rna- shib qoladi. Bu esa pedogogning eng oliy yutug'idir.Asosan o'qituvchi yuqori bilim egasi bo'lishi va bir vaqtning o'zida hech qanday meod va texnologiyalardan umuman habari bo'lmasligi ham mumkin .Bu vaziyat hozirgi kunda achchiq bo'lsa ham ayrim o'qituvchilarda kuzatilayotgan hunik holat- lardan biridir.Bu bilan bolaning butun boshli taqdirini ko'kka kul qilishligi mumkin, afsuski. Metod texnologiya va inovatsiyalar bilim va shaxs o'rtasi- dagi ko'prigidir . Ular orqali biz o'z bilimlarimizni o'quvchiga yetkazib bera olamiz. Darsdagi muloqot jarayonida o'quvchi uchun pedagogning har bir harakati mukammal shaxs sifatida gavdalanadi. Shu sababli ham biz pedogoglar dars jarayonida nafaqat ped texnologiyalardan foydalanish balki, hatti harakatlarimizni ham shunga munosib tutishimiz kerak. Gapirayotganimizda yoki mavzu yuzasidan misollar keltirayotganimizda ham juda ehtiyotkorana munosabatda bo'lishimiz kerak. Bolalarga tarbiya ta'lim jarayonida berib boriladi. Ya'ni ta'imsiz tarbiya tarbiyasiz esa ta'lim mukammal bo'la olmaydi. Quyidagi biz darsda qo'llashi-miz mumkin bo'lgan ped texnologiyalar bilan tanishamiz. "Sirli raqamlar" metodi.Bu metod matematika,onat ili va san'at fanlari bilan integratsiyalana oladi.Mustahkamlovchi va ochiq darslarda dars sifa tini yaxshilaydi. Fan va mavzuga oid atama, qoida, kalit so'zlar harfning alif- bo tartibidagi raqami bilan almashtiriladi. Rangli listga rangli ruchkalar bilan raqamlar joylashtiriladi.Bu metod guruhlashtirgan tartibida qo'llanilsa o'quv- chilarda hamjihatlik,nutq ravonligi, tezlik, topqirlik va darsga bo'lgan mas'uli- yatni oshiradi Agar bu metodimizni she'r janrlaridagi asarlarda qo'llaydigan bo'lsak she'rdagi kalit so'zlarni aynan shu usulda joylashtirib o'quvchi o'zla- shtirishini tekshirib ko'rsak bo'ladi. Darsimiz uchun ham takrorlanmas va temperamentli usullaridan biri hisoblanadi. "Sirli maktub" metodi.San'at, mantiqiy fikrlash, ona tili kabi fanlar bilan integratsiyalanadi. Mustahkamlovchi va ochiq darslarda sifatli qo'l- lanilsa, darsni past o'zlashtiradigan o'quvchilarni ham darsdagi faol ishtro- kini ta'minlay oladi. Mavzu va darsga doir atama, qoida, kalit so'zlar,maxsus tayyorlangan matnga ba'zi so'zlarning imlodagi xatolari orqali joylashtiriladi. Guruhlarga matn taqdim etilgach, o'quvchilar dastlab , imlosi xato so'zni topadi,o'sha xato qo'llanilgan so'zlarni tartib bilan joylashtirib so'zlarni yasa-qo'llanilishi mumkin bo'lgan inovatsion ped texnologiyalardan biri desak tog'ri bo'ladi. Bu usul orqali she'riy doston va she'rlarlarda qo' llash tavsiya etiladi.Yani she'rdagi atama, kalit so'zlar tanlab olinib sodda hatolar orqali matn yoki gaplarga joylashtiriladi.Bu metodimiz biroz murakkab bo'lganligi uchun ham yuqori sinfda ya'ni 4-11-sinflarda qo'llanilishi tavsiya etiladi. "Kakografiga" metodini davomi desak ham bo'ladi.Chunki,metodimizning ma'nosi "hatolar orqali matn tuzish" deb nomlangan faol metodlardan sa-naladi. "Bingo" metodi. Metod san'at,matematika,onatili fanlari bilan integrat- siyalanadi.Bu metod fanga oid tarixiy sana, atama, kalit so'zlarni o'quvchilar qay darajada o'zlashtirishgani tekshirishda qo' llaniladigan usullardan biri. Oq banner listga 5 qator, 5 ustun katakchalar joylashtirib, kalit so'zlar, aya- ma, yil sanalar rangli qalam va ruchkalarda joylashtiriladi.O'qituvchi plakatni o'quvchilargan ko'rinadigan qilib joylashtiradi va yozilganlar ma'lumotlar ichi dan birinig ta'rifni ketma-ketlikda aytib boradi , o'quvchi ta'rifga mos keluv- chi atama ,kalit so'zlar, yil sanani to'g'ri topib belgilay olishikerak bo'ladi. Bu usul darsda tarbiyalanuvchi e'tiborni tortadi ,fikrini o'tkirlab, darsga bo'lgan qiziqish va ma'sulyatini oshiradi.Bu metodimizni ham o'zimiz istagan ko'ri- nishda darsga va mavzuga bog'lasak bo'ladi ydi. Bu usul ham darslarda ju-da qo'l keladi. Pedogogik texnologiyalardan foydalanish hozirgi kunda Rossiya,Amerika, Germaniya davlatlarida ilg'or sanaladi.Boshqa davlatlar ham asta sekin jahon standartlariga muvofiq darslarini zamonaviy uslublarda yo'lga qo'ymoqda. Maxoratli pedagog darsga avvaldan tayyorlanib kirishligi kerak. Sababi bolalar bilan o'rnatishimiz mumkin bo'lgan aloqalarimiz ham bizning darsga bo'lgan mas'uliyatimiz bilan o'lchanadi. 10 yil avvalgi yoshlar bilan hozirgi yoshlarni farqi yer bilan osmoncha. Shu sababli ham bolalar oldida hech qachon o'qituvchi adashmasligi va ideal shaxs sifatida gavdalanishi kerak.Mana yurtimizda ham ta’lim tizimining barcha bo’g’inlari yangi ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlanmoqda. Biz o'qituvchilarga qo’yilayotgan talablar asosida o’z faoliyatimizga yangiliklar kiritib borayabmiz. Yosh avlodga ta’- lim-tarbiya berish jarayonida fan, texnika va ilg’or tajribalardan foydalanish bilan bir qatorda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda. Bu jarayon biz bo'lajak o’qituvchilarning mas’uliyatini yanada oshirmoqda. Pedagogik texnologiya deganda ko'zimiz oldida nima gavdalanadi? Bu savollarga javob berish uchun biz avvalo dars jarayoni, undagi pedogoglar faoliyatini keng o’rganishimiz kerak? Dars – o’qituvchi rejissorli-gidagi samarali mehnat.Yana shuni ham ta'kidlash joizki, darsning vaqtini ham inobatga olib qo'yishimiz kerak. Ya'ni darsga emotsional hissiyotlari- mizni va ruhiy kechinmalarimizni aralashtirmagan holda tashkil qilishimiz va avvaldan maxsus rejalashtirgan metod va texnologiyalardan samarali foydalanishimiz kerak. Mavzu yuzasidan tashkil qilayotgan darslar o'quvchi ruhiyati va fikrlash doirasiga mos shakllarda tayyorlashi kerak. Chunki biz foydala-nishimiz mumkin bo'lgan uslub faqatma-faqat o'quvchi darsni o'zlashtirishi uchun muhim.Agar yaxshi bir metod tayyorlasak, ped texnologiyalardan sa-marali foydalansag-u ammo o'quvchi salohiyati va o'zlashtirishi uchun qiyin, notanish, murakkab bo'lsa ham pedagog o'ylagan natijaga erishmaydi .Ak-sincha, bola ruhiyatida "Men yaxshi o'zlashtira olmayman,men baribir tushunmayman" degan notog'ri fikrlar paydo bo'lishli ehtimoli yuqori bo'ladi. Mahoratli pedogogning quroli bu uning darsga bo'lgan tayyorgarligi va favqulotda savollarga tayyor tura olishidir. Boshlang'ich sinflar biz bilamiz dars jarayonida, yangi texnologiyalarni uchratganda va biz o'tayotgan metod materillarini ko'rganda tabiiy ravishda savol beradi. Ana o'sha vaziyatda savollarga javob bera olmasligimiz,bizning butun tayyorlanganlarimiz-ni oson yuvib keta oladi. Yoki aksincha bola ruhiyatida" mening o'qituvchim hamma narsani biladi"deb faxrlanuvchi o'quvchilarimiz ko'payadi. Meva sabzavotlarning asli emas balki maketidan foydalanish (biror ped texnologiya-lar bilan o'tayotganimizda) maqsadga muofiq bo'ladi.Agar o'qish kitobidagi mevalar, kuz yoki shunga o'xshash rang-barang mavzularda tajriba sifatida bolani doskaga chiqarib, ta'm bilish uchun yordam so'rashimiz ham qaysidir ma'noda boshqa bolalar ruhiyatida yaxshi holatni gavdalantirmaydi. Yoki hamma bo'laga bo' lishi yoki hech qaysiga teng bo'lmasligi ancha foydaliroq sanaladi. Download 79.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling