Mavzu: she'r janrdagi asarlarni o'rgatishda ped texnologiyalardan foydalanish. Reja
She’riy asarlar matni ustida ishlash darslarini tashkil etishdagi muhim jihatlar
Download 79.19 Kb.
|
kurs ishi 3 (1)
2. She’riy asarlar matni ustida ishlash darslarini tashkil etishdagi muhim jihatlar.
She'r janridagi rang-barang mavzular boshlang'ich sinf o'quvchilariga va ularning darsliklariga yetarlicha kirgizilgan.Sheʼr matni ham savollar asosida tahlil qilinadi. Nafaqat, savollar shaklida balki, yuqorida ko'rsatilgan inovatsilar shaklida tashkil qilsak ham bo'ladi. Аmmo, sheʼr mazmuni haqi- da oʼquvchilarga koʼp savol berish tavsiya etilmaydi. Oʼquvchilar sheʼrning asosiy mazmunini tushunganliklariga ishonch hosil qilishning oʼzi kifoya. Sababi, boladan talab qilinadigan she'r namunali tarzda o'qituvchiga bayon qilishi bizning ko'zlagan natijamiz. Shuni ham aytish kerakki, bolalar hayoti, ularning oʼziga xos fikrlari, his tuygʼulari, qiziqishlarini ifodalovchi, shuning- dek, zamonamiz qahramonlari, oʼzbek xalqi, vatan himoyasi, xalqimizning qahramonona ishlari haqidagi sheʼrlar mazmunini toʼliqroq tahlil qilish talab etiladi. She'rlar orqali bola ruhiyatida nozik his- tuyg'ular, badiiy estetik didi rivojlanishini ta'minlaydi. Sheʼrlarni oqishga maxsus tayyorlaniladi : sheʼr mazmuniga asos boʼlgan tarixiy voqea haqida qisqacha soʼzlab beriladi yoki suhbat o'tkaziladi. Chunki, darsliklardagi ayrim she'rlarni bolalar mustaqil o'qib tushuna olmaydi. Fasl, tarixiy shaxs yoki biror muhim voqea haqida albatta bolalar ma'lumotga ega bo'lishi kerak. Boshlangʼich sinflarda oʼrga- niladigan koʼpgina sheʼrlarni tahlil qilib, ifodali oʼqish mashq qilingach,ifodali yod aytib berish vazifasi topshiriladi. Sheʼriy nutq yengil yodlab olinadi, bo- lada estetik his-tuygʼu uygʼotadi. Kichik yoshdagi oʼquvchilar saviyasiga mos bolalarbop ravshan til bilan yozilgan sodda ritmli jarangdor sheʼrlarni bolalar tez va oson yodlab oladilar. O'qituchi ham she'rlar bilan bog'liq mavzularda she’riy satrlarni mahorat bilan o'qib bola hissiyotlarini uyg'ota olishi kerak albatta.Kichik yoshdagi oʼquvchilarga sheʼrni qanday yodlash va qan- day usullarda o'zlashtirish oson yo'llar bilan tushuntiriladi. Buning uchun oʼqituvchi oʼquvchilar bilan sheʼrni teng satrli bir necha qismga boʼladi. Bolalar yordamida birgalashib mavzu tahlil qilinadi . Bolalarning mavzuga bo'l- gan munosabati va ma'lumotlari guruh bilan birgalashib muhokama qilinadi. Oʼquvchilarga har bir satr oxirida pauza (toʼxtam) qilish, buning uchun satr oxirida tinish belgisi boʼlishi shart emasligi, ritmik toʼxtamda ovozni nuqta- dagi kabi pasaytirmaslik lozimligi, bu tugallanmagan fikrni davom ettirishga imkon berishi tushuntiriladi va boʼlingan qismlar navbati bilan yodlatiladi. Yepik (voqeiy) sheʼrlar yoki sheʼriy usuldagi adabiy ertaklar kishilar hayotida yuz bergan yoki yuz berishi mumkin boʼlgan biror voqeani umumlashtirgan holda ifodalash bilan hikoyalarga oʼxshaydi. Asosan, she'rlarda doimo bola o'zlashtirishi va yoshiga moslashtirib beriladi shuning uchun ham to'plangan va bayon etiladigan ma'lumotlar bola sodda tushunadigan atrof muhitda uchraydigan tanish holatlar bo'lishi talab qilinadi. Voqealarni ifoda etuvchi vositalarning ohang jihatdan tartibga solinishi, kichik boʼlaklarning izchil va bir meʼyorda takrorlanishi, misralarda ohangdosh soʼzlarning qoʼllanishi bilan sheʼriy nutq sanaladi. Shu sababli bunday asarlarni oʼrganishda sheʼr va hikoya ustida ishlash metodikasidan foydalaniladi. Bola ruhiyati hali yosh, bilimga juda chanqoq bo'ladi. Shu tufayli ham o'quvchiga she'rlarni yod oldirishimiz osonroq bo'ladi. Yepik sheʼrlarni oʼqishga oʼquvchilar alohida tayyorlanadi, ularda ifoda etilgan voqealar yuz bergan davr haqida tasavvur hosil qilinadi. Bunday sheʼrlarning mazmuni qay darajada oʼzlashtirilganligiga ham alohida eʼtibor qaratilishi lozim . Bunda ta'limiy vositalar rasmlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Аsar matni ustida ishlashda uni qism- larga boʼlish, har bir qismdagi asosiy fikrni aniqlash, reja tuzish va qayta hi- koyalash, qahramonlarga tavsif berish va tarbiyaviy xulosalar chiqarish kabi tahliliy ishlar amalga oshiriladi. Yepik sheʼrlarning nasriy asarlar kabi tuguni, kulьminatsion nuqtasi, yechimi mavjud boʼladi. Shu sababli asar mazmuni savol-topshiriqlar orqali tahlil qilinadi. Savol-topshiriqlar oʼquvchilar tomoni- dan ham tuzilishi mumkin.Ya'ni uyga vazifa shaklida berila,yoki darsda mav- zudan keyin topshiriq sifatida berishimiz ham mumkin . Bunday she'rlarni tahlil qilish asar voqealari jarayonida qahramon holatlarini oʼquvchi koʼz ol - da yaqqol gavdalantirish imkonini beradi. Bunda ayrim epizodlarga rasmlar ham chizdirish mumkin. Yepik sheʼrlarning badiiy til vositalari maʼnolarini ochish, ohangdosh soʼzlarni aniqlash, band va misralar, boʼgʼinlar sonini bel- gilash, ifodali oʼqish, ayrim so'zlar ma'nosini aniqlash mavzu asosi hisobla-nadi. Shu asnoda bolalar bilan she'r janridagi asarlarni oson o'zlashtirishi-miz mumkin. Boshlangich sinflar o'qish darslarida she'riy matnlarni o'rga - nishga bag'ishlangan faoliyatning maqsad va vazifasi o'quvchilardagi badiiy idrokning togriligi, teranligini ta'minlash, ularni poetik mahorat sir-asrorlari bilan tanishtirish bilan birga asarning mohiyatiga kirish, qahramonni his qilishga erishishdan ham iboratdir. Lirikada voqealar tasviri, xarakter mantig'i emas, ruhiy holat tasviri, hissiyot ifodasi, tuygular samimiyati muhimdir.Chinakam lirik she'r tinglovchi yo o'quvchiga faqat zavq beribgina qolmay, uning emotsional-axloqiy imkoniyatlarini uyg'otadi, faoliyatga undaydi. Samimiy lirik so'z hatto real voqelik hodisa lariga qaraganda ham inson ruhiyatiga kuchliroq ta'sir ko'rsatishi mumkin ekanligini psixologiya ilmi xulosalaridan malum, degani bejiz emas. Ma'lumki, sherdagi mazmun tuyg'u bilan qorishiq. O'qish darslarida nazmiy matnni ifodali o'qishga, har bir so'z zimmasiga ortilgan yukka, tuy- g'ular ifodasiga o'quvchi e'tiborini qaratadigan savol-topshiriqlar tuzishga katta e'tibor qaratiladi. O'quvchining she'r matnini qayta hikolashiga yo'l qo'yilmasligi maqsadga muvofiqdir . Chunki mazmuni aytib berilganda, she'rning ta'sir kuchi umuman yo'qoldi. Boshlang'ich adabiy ta'limda she'riy matnlarni maromiga yetkazib ifodali o'qish, yani muallifni tuyib o'qish va bu mutoladan huzur ola bilish, she'r qay darajada idrok etilganiga baho berishning bosh omilidir. She'rxon she'rni ifodali o'qiy olmadimi yoki undan ta'sirlanmadimi, demak, nimanidir yetarli tushunmagan , obrazli ifodalarni hisobga olmagan boladi. Bu, o'z-o'zidan, she'riy matnning mohiyatiga kirishga ham ma'lum darajada aks ta'sir ko‘rsatadi. Xullas, boshlang'ich adabiy ta'limda har xil janrdagi badiiy asarlarni o'rganishda ularning har biriga xos bo'lgan asosiy xususiyatlarni diqqat markazida tutish, ularni o'qish va didaktik tahlilga tortishda mana shu jihatlarga ustuvor ahamiyat qaratish mazkur ta'lim samaradorligining garovidir. Download 79.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling