Mavzu: Shnegli kombayn kompanovka sxemasi va asosiy qismlari


Download 282 Kb.
bet4/5
Sana22.04.2023
Hajmi282 Kb.
#1376882
1   2   3   4   5
Bog'liq
KON MASHINALARI VA KOMPLEKSLARI MARUZA FANIDAN 1 MUSTAQL ISH 1CHIaaaaaaa

Harakteristika– IYoD ko’rsatkichlarining, qolgan parametrlar o’zgarmas bo’lganda, bir yoki bir necha parametrlarga bogliqligining grafik ifodasidir.
Yeyilish – kontaktdagi ishqalanuvchi yuzalar siljishida paydo bo`ladigan ishqalanish bilan o`zaro bog`langan jarayondir. Amalda optimal sharoitlar va ish rejimini ta`minlab detallar yeyilishini faqatgina kamaytirish mumkin. Bunda moylovchi moyning sifati katta rol o`ynaydi.
Karyer avtomobillari 3 ta asosiy qismdan tashkil topadi: dvigatel, shassi va kuzov (yuk platformasi).
Dvigatel–mexanik energiya manbayi bo‘lib, avtomobilni harakatga keltiradi. Avtomobillar uchun dvigatel sifatida siqilgan yoqilg‘i issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beruvchi ichki yonuv dvigatellari ishlatiladi.
Karyer yuk avtomobillarida dizel yoqilg‘isida ishlovchi yoqilg‘ini siqish hisobiga o‘t oluvchi dvigatellardan foydalaniladi.
Hozirgi kunlarda karyer avtosamosvallarida yuqori aylanish chastotali to‘rt taktli 6, 8 va 12 silindrli V – shaklli dvigatellar ishlatilmoqda. Ularning aylanish chastotasi 1500-2000 ayl/min, quvvati 250 dan 1700 kVt gachani tashkil etadi.
Hozirgi kunlarda vatanimiz va xorijiy mamlakatlarda yuk avtosamosvallarining birdan-bir kuch beruvchi qismi sifatida ichki yonuv dvigatellari ishlatilib kelinmoqda.
Shassi – dvigateldan yetaklovchi g‘ildiraklarga aylanish momentini uzatishga xizmat qiladigan barcha qism va mexanizmlar (Transmissiya), yuruvchi qismlar va boshqarish mexanizmlaridir.
Transmissiya – kuch uzatuvchi qismlar. Avtomobil harakatlanganda unga ta’sir etuvchi kuchlar har bir daqiqada uzluksiz va ixtiyoriy ravishda o‘zgarib turadi. Avvalambor, avtomobilga ta’sir etayotgan kuchlarning o‘zgarishi yo‘l sharoitiga, uning tezligi va tezlanishiga bevosita bog‘liq bo‘lib, bularning vaziyatiga qarab avtomobilning yetaklovchi g‘ildiraklariga dvigateldan kelayotgan burovchi momentni o‘zgartirib turish lozim bo‘ladi. Bu vazifalarni bajarish uchun avtomobilda kuch uzatmasi (transmissiya) qo‘llaniladi.

Download 282 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling