Mavzu: Shnegli kombayn kompanovka sxemasi va asosiy qismlari
Download 282 Kb.
|
KON MASHINALARI VA KOMPLEKSLARI MARUZA FANIDAN 1 MUSTAQL ISH 1CHIaaaaaaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Shnegli kombayn kompanovka sxemasi va asosiy qismlari (KSH-1K 1K-101 2K-52 GSH68 KSH-3M)
Mavzu:Shnegli kombayn kompanovka sxemasi va asosiy qismlari (KSH-1K 1K-101 2K-52 GSH68 KSH-3M). Kon mashinalari yuritgichi (Privod) boshqarish mexanizm va sistemalari (yuritgich, yuritmalar, dvigatel, reduktor, tezlik variatori, soatlik, uzoq muddatlik quvvat, ish rejimi, boshqarish uskunalari, kommutatsiya apparaturalari). Yuklash mashinasi unumdorligini hisoblash. Reja: 1. Shnegli kombayn kompanovka sxemasi va asosiy qismlari (KSH-1K 1K-101 2K-52 GSH68 KSH-3M) 2. Kon mashinalari yuritgichi (Privod) boshqarish mexanizm va sistemalari (yuritgich, yuritmalar, dvigatel, reduktor, tezlik variatori, soatlik, uzoq muddatlik quvvat, ish rejimi, boshqarish uskunalari, kommutatsiya apparaturalari). 3. Yuklash mashinasi unumdorligini hisoblash. 1.Shnegli kombayn kompanovka sxemasi va asosiy qismlari (KSH-1K 1K-101 2K-52 GSH68 KSH-3M) Zamonaviy qazish kombaynlari konstruktsiyasida shnekli ishchi a`zolar eng ko‘p tarqalgandir. Bular 2K52M, 1K101, 1GSH68, KSH1KG, KSHZM, K102, K120, K128P kombaynlaridir. SHneklarning asosiy ishlatish afzalliklari qatlamni butun qalinligi bo‘yicha qazib olish, qatlam gipsometrik o‘lchamlarida ishchi a`zolarning qazish qalinliklarini oson o‘zgartirish, yuqori unumdorlik, frontal burg’ilash imkoniyatlarining mavjudligidir. Ishlab chiqarilayotgan shnekli kombaynlar kesishga qarshiligi 220—300 kN/m bo‘lgan qatlamlarda samarali ishlatilmoqda. Ish bajaruvchi organlarning qamrash kengligini quyidagicha qabul qilish tavsiya etiladi: 1,2—2,5 m qalinlikdagi qatlamlar uchun 0,63 m; 1,2 m dan tor qalinlikdagi qatlamlar uchun 0,8 m; 2,5 m dan oshiq qalinlikdagi qatlamlar uchun qamrash kenligi 0,5 m. Ko‘mir sanoatida eng ko‘p tarqalgan qazib olish kombaynlari quyidagilardir. Kombayn 1BK.T — mokisimon ishlovchi, 0,55—0,8 m qalinlikdagi, 35° gacha qiyalikdagi, shipi o‘rtacha barqaror bo‘lgan ko‘mir qatlamlarini qazib olishni mexanizatsiyalashtirishga mo‘ljallangan. Kombayn ish bajaruvchi organi ikkita oldinga va orqaga simmetrik joylashgan bir xil qismlardan iborat. Ish bajaruvchi organi har biri ikkitadan burg’ilash koronkasiga, uchta gorizontal aylanish o‘qli disk va bitta vertikal o‘qli diskdan tashkil topgan. Qamrash kengligi 0,8 m. Kombayn 1K101–mokisimon ishlovchi, 0,7—1,2 m qalinlikdagi, 25° gacha qiyalikdagi, shipi o‘rtacha barqaror bo‘lgan ko‘mir qatlamlarini qazib olishni mexanizatsiyalashtirishga mo‘ljallangan. Kombayn ish bajaruvchi organi ikkita (700 yoki 900 mm) bir xil shneklardan iborat. Ko‘mirning kesishga bo‘lgan qarshiligi 250 kN/m. Download 282 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling