3.Yuklash mashinasi unumdorligini hisoblash.
Yuklash mashinalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Kon-qidiruv
lahimlarini o’tishda tog’ jinslarini yuklash – qiyin jarayon bo’lib, umumiy lahim
o’tish davrining 60 % gacha bo’lgan vaqtini egallaydi. Yer osti qidiruv lahimlarini
o’tishda tog’ jinslarining asosiy hajmi yuklovchi mexanizmlar yordamida olinadi
va bir qismigina qo’l mehnati bilan bajariladi. Yuklovchi mexanizmlar sifatitida
yuklash mashinalari ishlatiladi.
Yuklash mashinalari yer osti lahimlarini burg’ilab-portlatish usuli bilan
o’tishda massivdan ajratilgan tog’ jinslarini transport vositasiga yuklashni
mexanizatsiyalashtirishga mo’ljallangandir. Har qanday yuklash mashinasi ikkita
asosiy funktsiyani bajaradi: massivdan portlatish ajratilgan tog’ jinsini qamrash
ya’ni ishchi organini to’ldirish yoki tog’ jinsiga botirish; yukni ma’lum balandlikka
ko’tarib transport vositasiga uzatish. Bu jarayonlarni bajarishiga qarab yuklash
mashinalarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
- ish bajaruvchi organi turi bo’yicha – cho’michli, taroqsimon, barabang’ildirakli, qamrovchi-panjali
- ish bajaruvchi organining ishlash usuli bo’yicha - davriy va uzluksiz
- tog’ jinsini qamrash usuli bo’yicha – tagidan, yonidan va ustidan
qamrovchi
- yukni transport vositasiga uzatish usuli bo’yicha – to’g’ridan-to’g’ri yoki
pog’onali yuklovchi
- mashinaning harakatlanish usuli bo’yicha – g’ildirak-relьsli, gusenitsali,
pnevmog’ildirakli
Do'stlaringiz bilan baham: |